Gelisal rasmini ko'rish

Tarkibi:

5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi: faol modda: oddiy pechak barglarining quruq ekstrakti (Hederae helicis folii extractum siccum 4–8:1)– 27,78 mg; yordamchi moddalar: propilenglikol, kaliy sorbati, kristallanmaydigan suyuq sorbitol (Ye420), limon kislotasi monogidrati, ksantin kamedi, arpabodiyon aromatizatori, makrogol glitserol gidroksistearati, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

pechak barglarining ekstrakti

Preparatning savdo nomi:

Gelisal

Farmakalogik guruhi:

balg‘am ko‘chiruvchi vositalar.

Dori shakli:

sirop.

Sariq-jigarrang rangli, arpabodiyon o‘tli xidli quyuq suyuqlik. Xiralashishi va cho‘kma hosil qilishi mumkin.

balg‘am ko‘chiruvchi vositalar.

R05CA12

O‘simliklardan olinadigan dori preparati bo‘lib, balg‘amli (nam) yo‘tal balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.

Ichga, ovqatdan keyin buyuriladi. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar — 1,25 ml (1/4 shprits) sirop (bu 6,945 mg oddiy pechak barglarining quruq ekstraktiga to‘g‘ri keladi) sutkada 1 marta buyuriladi. 1–4 yoshli bolalar — 2,5 ml (1/2 shprits) sirop (bu 13,89 mg oddiy pechak barglarining quruq ekstraktiga to‘g‘ri keladi) sutkada 2 marta buyuriladi; 4–12 yoshli bolalar — 2,5 ml (1/2 shprits) sirop (bu 13,89 mg oddiy pechak barglarining quruq ekstraktiga to‘g‘ri keladi) sutkada 2-3 marta buyuriladi; 12 yoshdan oshgan bolalar, kattalar — 5 ml (to‘liq shprits) sirop (bu 27,78 mg oddiy pechak barglarining quruq – ekstraktiga to‘g‘ri keladi) sutkada 2-3 marta buyuriladi;

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan reaktsiyalar (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya) haqida xabar berilgan. Tez-tezligi noma’lum Allergik reaktsiyalar (eshakemi, teri toshmalari, yuzda qizil dog‘lar, nafas olishni qiyinlashishi) haqida ma’lumotlar mavjud. Tez-tezligi noma’lum

Ta’sir etuvchi moddaga yoki Araliaceae oilasiga mansub o‘simliklariga, shuningdek har qanday yordamchi moddalarga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarida qo‘llash mumkin emas.

Xabar berilmagan. Biroq, kodein yoki dekstrometorfan kabi opiatlarni saqlovchi, yo‘talga qarshi vositalarni shifokor bilan oldindan maslahatlashmasdan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Ikki yoshgacha bo‘lgan bollarda Gelisal preparati bilan davolashni shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng boshlash lozim. 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uzoq muddatli yoki qayta takrorlanuvchi yo‘talda preparat bilan davolashni boshlashdan avval shifokor bilan maslahatlashish lozim. Xansirash, isitma va yiringli yo‘talda shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashish zarur. Kodein yoki dekstrometorfan kabi opiatlarni saqlovchi, yo‘talga qarshi vositalarni shifokor bilan oldindan maslahatlashmasdan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Gastrit va me’daning yara kasalligi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Preparatni homilador ayollarda va emizikli ayollarda qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shuningdek preparatni homilaga ta’siri bo‘yicha ham ma’lumotlar yo‘q. Preparatni faqat ona uchun foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgandagina  qo‘llash mumkin.

Original o‘ramida, 25oS dan yuqori  bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari Doza oshirib yuborilganda ko‘ngil aynishi, qusish, diareya va xavotirlik hissini chaqirishi mumkin. 1,8 g o‘simlik hom ashyosiga to‘g‘ri keladigan, oddiy pechak barglarining ekstrakti tasodifan qabul qilgan 4 yoshli bolada agressiv holat va diareya kutatilganligi  xaqida xabar berilgan. Davolash Doza oshirib yuborilgan holatlarida simptomatik davolashni o‘tkazish bilan patsiyentni holatini nazorat qilish zarur.

Retseptsiz

100 ml dan preparat kafolat xalqasi bo‘lgan buraladigan polietilen qopqoqli va bolalarni flakonni ochishiga to‘sqinlik qiluvchi xavfsizlik moslamasi bo‘lgan, adaptorli jigarrang polietilen flakonlarda. Flakonga etiketka yopishtiriladi. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va peroral yuborish uchun dozator-shprits bilan birga  karton qutilarga joylanadi.

2 yil. Flakon birinchi marta ochilganidan keyin preparatni 6 oy davomida ishlatish mumkin.