Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Preparatning savdo nomi:
Geksavit
Farmakalogik guruhi:
polivitamin
Dori shakli:
draje
sharsimon shaklli, sariq-to‘q-sariqdan to ko‘kimtir-sariq rangligacha bo‘lgan, kuchsiz o‘ziga xos hidli draje.
polivitamin
A11BA.
Gipovitaminozlarni oldini olish.
Organizmning infektsion va shamollash kasalliklarga qarshiligini oshirish uchun; ishi yuqori diqqatni talab qiluvchi shaxslarda ko‘rish o‘tkirligini oshirish uchun; antibiotiklar bilan uzoq muddatli davolashda qo‘llanadi.
Ichga buyuriladi.
“Geksavit” drajesi gipovitaminozlarni oldini olish uchun kuniga 1 drajedan qolgan xolatlarda: kattalarga – 1 drajedan kuniga 3 marta; bolalarga: 3 yoshdan 7 yoshgacha – 1 drajedan kuniga 2 marta, 7 yoshdan oshganlarga 1 drajedan kuniga 3 marta buyuriladi.
Preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Saxaraza/izomaltaza tanqisligi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukozo-galaktoz malabsorbtsiyada qo‘llash mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun boshqa polivitamin kompleklarni bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Siydik sariq rangga bo‘yalishi mumkin, bu umuman zararsiz va preparatda riboflavinning borligi bilan tushuntiriladi.
Dozani oshirib yuborishdan saqlanish uchun boshqa polivitamin preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi: Geksavit homiladorlikda faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun xavfdan ustun bo‘lgandagina buyurish mumkin.
Vitaminlarning sutkalik ehtiyoji normasiga muvofiq kuniga 1 drajedan oshiq qo‘llash mumkin emas.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati: Preparat avtotransportni boshqarish yoki aniq mexanizmlar bilan ishlash vaqtida reaktsiya tezligiga ta’sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 25oS yuqori bo‘lmagan haroratda.