GastroGardretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: kaltsiy karbonati – 680 mg, magniy karbonati – 80 mg; yordamchi moddalar: suvsiz kolloid kremniy, qisman oldindan jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali, kopovidon, ksilit, quyialmashingan gidroksipropiltsellyuloza, aromatizator (yalpiz, mentol), talk, magniy stearti.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

kaltsiy karbonati, magniy karbonati

Preparatning savdo nomi:

GastroGard

Farmakalogik guruhi:

Antatsid vositalar, alyuminiy, kaltsiy va magniy birikmalari bilan majmualar va komplekslar.

Dori shakli:

chaynaladigan tabletkalari.

kvadrat, ikki yoqlama bukilgan burchaklari dumaloqlangan oqdan deyarli oq ranggacha bo‘lgan tabletkalar.

Antatsid vositalar, alyuminiy, kaltsiy va magniy birikmalari bilan majmualar va komplekslar.

A02AD01.

Kaltsiy karbonat va magniy karbonat me’dada me’da shirasining kislotasi bilan reaktsiyaga kirishadi, suv va suvda eruvchan mineral tuzlarni hosil qiladi. Kaltsiy va magniy bu eruvchan tuzlarga so‘rilishi mumkin. Ammo so‘rilish darajasi konkret patsiyentga va qo‘llanadigan dozaga bog‘liq. 10% dan kam kaltsiy va 15-20% magniy so‘riladi. Sog‘lom shaxslarda so‘rilgan kaltsiy va magniyni oz miqdori odatda buyraklar orqali organizmdan tez chiqariladi. Buyrak funktsiyasi buzilganida plazmada kaltsiy va magniyni darajasi oshishi mumkin. Me’dadan tashqari turli ovqat hazm qilish sharbatlarni ta’siri tufayli, eruvchan tuzlar ichakda erimaydigan tuzlarga aylanadi va organizmdan axlat bilan chiqariladi.

GastroGard me’da shirasining yuqori kislotaligini pasaytiradi va shuningdek jig‘ildon qaynashi va meteorizmni kamaytiradi. GastroGard chaynash uchun tabletkalarini me’dada: dispepsiya, jumladan homiladorlik vaqtida ovqat hazm bo‘lishini buzilishi;ovqat va ichimliklarni haddan ziyod ko‘p ist’mol qilish;gastrit, me’da-ichak yarasi, reflyuks-ezofagit, “achchiq” kekirish, oqibatida chaqirilgan diskomfortni yengillashtirish uchun qo‘llanadi

GastroGard tabletkalarini chaynab yoki shimib ichga qabul qilish lozim. Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar: Bitta yoki ikkita tabletkani odatda asosiy ovqatni qabul qilgandan keyin bir soatdan so‘ng yoki uyqudan oldin yoki o‘tkir diskomfort hollarida chaynash yoki shimish lozim. Maksimal doza 11 tabletkani (bu 8 g kaltsiy karbonatiga to‘g‘ri keladi), tashkil qiladi. Buyrak funktsiyasi buzilganida qo‘llanishi “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” va “Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang. Bolalar 12 yoshdan kichik bolalarga qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Keksa yoshdagi patsiyentlar Maxsus qabul qilish tartibi talab qilinmaydi, ammo “qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar”ga va “ehtiyotkorlik”larga nisbatan ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya reaktsiyalar spontan tushgan xabarlarga asoslangan, shunday qilib, ularni CIOMS III uchrash tezligi mezonlariga muvofiq tasniflashni axamiyati yo‘q. Immun tizimi tomonidan buzilishlar O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari to‘g‘risida juda kam xabar qilingan. Klinik simptomlarga toshma, eshakemi, angionevrotik shish va anafilaksiya tegishli bo‘lishi mumkin. Meda-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Ko‘ngil aynishi, qusish, me’dada diskomfort va diareya paydo bo‘lishi mumkin. Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar Preparatni ayniqsa buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda, yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llash, giperkaltsemiyaga yoki gipermagniyemiyaga va alkalozga olib kelishi mumkin, va o‘z navbatida me’da-ichak yo‘llari tomonidan simptomlarni va mushak zaifligini chaqirishi mumkin (quyiga qarang) Tayanch-xarakat apparati va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar Mushak zaifligi kuzatilishi mumkin.

Antatsidlar bilan davolash vaqtida yuz beradigan me’da shirasining kislotaligini o‘zgarishi boshqa preparatlarni, ular bir vaqtda qo‘llanganda so‘rilish tezligini va darajasini pasayishiga olib kelishi mumkin. Kaltsiy va magniy tuzlari, shuningdek fosfatlar, ftoridlar va temir saqlaydigan preparatlarni so‘rilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Tiazid diuretiklar kaltsiyni siydik bilan chiqarilishini pasaytiradi. Tiazid diuretiklarni yondosh qo‘llash vaqtida giperkaltsemiyani rivojlanish xavfi oshishi sababli, kaltsiyning qon zardobidagi darajasini muntazam nazorat qilish zarur. Kaltsiy va magniy saqlagan antatsid vositalari ayrim moddalar bilan, masalan, antibiotiklar (tetratsiklin, xinolonlar) va yurak glikozidlari masalan, digoksin, levotiroksin va eltrombopag bilan, bilan komplekslarni hosil qilishi mumkin, bu esa ularni so‘rilishini pasayishiga olib kelishi aniqlangan. Bu dori vositalari birga qo‘llanganida yuqoridagini e’tiborga olish lozim. GastroGard tabletkalarini eltrombopagni qabul qilishdan 4 soat oldin yoki keyin va har qanday dori preparatini qabul qilgandan keyin 1-2 soatdan so‘ng qo‘llash lozim.

Uzoq vaqt qabul qilishdan saqlanish lozim. Ko‘rsatilgan dozadan oshirmaslik lozim va agar simtomlar 7 kun o‘tgach ham saqlansa, tibbiy mutaxassis bilan qo‘shimcha ravishda maslahatlashish zarur. Preparat buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Dori vositasini bunday patsiyentlarda qo‘llanganida plazmada kaltsiy, fosfat va magniyning darajasini muntazam ravishda nazorat qilish lozim. Buyrak yetishmovchiligida magniy tuzlari markaziy nerv tizimining faoliyatini susayishini chaqirishi mumkin. Boshqa antatsidlar bilan bo‘lgani kabi, bu dori vositasi me’dada xavfli o‘sma borligini yashirishi mumkin. Preparatni yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llash, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda giperkaltsiyemiya, gipermagniyemiya va sut-ishqor sindromi kabi nojo‘ya samaralarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Preparatni ko‘p miqdordagi sut va sut mahsulotlari bilan qabul qilish mumkin emas. Uzoq vaqt qo‘llash buyraklarda toshlarni hosil bo‘lish xavfini oshirishi mumkin. Fertillik, homiladorlik va emizish Kaltsiy karbonat va magniy karbonatni homiladorlik vaqtida ishlatilgandan keyin tug‘ma nuqsonlar xavfini oshishi kuzatilmagan. Preparatni yuqori dozalarda, davomli qo‘llanganda yoki buyrak yetishmovchiligida qo‘llanganda, giperkaltsemiya va/yoki gipermagniyemiya xavfini to‘liq istisno qilish mumkin emas. Agar GastroGard tabletkalarini ularning yo‘riqnomasiga muvofiq qo‘llansa, uni homiladorlik vaqtida ham qo‘llash mumkin, ammo preparatni yuqori dozalarda uzoq vaqt qabul qilishdan saqlanish lozim. Agar GastroGard tabletkalar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq qo‘llansa, uni emizish vaqtida ishlatish mumkin. Homiladorlik va laktatsiya davrida GastroGard tabletkalarini ovqat mahsulotlari bilan istemol qilinadigan kaltsiyga qo‘shimcha ravishda kaltsiyni axamiyatli miqdorda tushishini ta’minlanishini e’tiborga olish lozim. Shu sababli homilador ayollar GastroGard chaynash uchun tabletkalarini qo‘llashni maksimal tavsiya qilinadigan sutkalik dozagacha qat’iy cheklashlari (“Qo‘llash usuli va dozalari”ga qarang) va yondosh sut va sut mahsulotlarini haddan ziyod iste’mol qilishdan saqlanishlari kerak. Bunday ogohlantirishdan asosiy maqsad organizmga kaltsiyni haddan ziyod tushishini oldini olish hisoblanadi, chunki u sut-ishqor sindromini rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlardan foydalanish qobiliyatiga ta’siri. Ta’siri yo‘q.

25º Sdan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda, saqlansin.

Preparatni yuqori dozalarda ayniqsa buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda uzoq vaqt qo‘llash gipermagniyemiyaga yoki giperkaltsiyemiyaga va alkalozga olib kelish mumkin va u o‘z navbatida me’da-ichak yo‘llari tomonidan (ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat) simtomlarini va mushakni zaiflashishini chaqirishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va suyuqlikni adekvat miqdorda istyemol qilinishini ta’minlash tavsiya qilinadi. Dozani oshirib yuborilishini og‘ir hollarida (masalan, sut-ishqor sindromi rivojlanganida), shifokor bilan maslaxatlashish lozim, chunki boshqa regidratatsiya usullari (masalan,infuziya) kerak bo‘lishi mumkin.

Retsepsiz beriladi

Chaynash uchun tabletkalari PVX/PVDX/Al blisterlarga joylangan; har bir blister 8 tabletkani saqlaydi. 3 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.