Galazolin Kombi rasmini ko'rish

Tarkibi:

nazal sprey, eritma (0,5 mg+50,0 mg)/ml, Galazolin Kombi, nazal sprey, eritma (1,0 mg+50,0 mg)/ml,

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Xylometazoline+Dexpanthenol

Preparatning savdo nomi:

Galazolin Kombi, nazal sprey, eritma (0,5 mg+50,0 mg)/ml, Galazolin Kombi, nazal sprey, eritma (1,0 mg+50,0 mg)/ml,

Farmakalogik guruhi:

LOR-a’zolarining kasalliklarini davolash uchun vosita.

Dori shakli:

nazal sprey, eritma

rangsiz yoki deryali rangsiz tiniq suyuqlik.

LOR-a’zolarining kasalliklarini davolash uchun vosita.

Intranazal qo‘llangan holida, ksilometazolin gidroxloridining so‘riladigan miqdori tizimli ta’siri, masalan, markaziy nerv tizimi tomonidan va (yoki) yurak qon-tomir tizimi tomonidan namoyon bo‘lishi uchun yetarlicha bo‘lishi mumkin. Odamda farmakokinetik tadqiqotlarning ma’lumotlari mavjud emas.

Yalliqlanish kasalliklari vaqtida va jarroxlik aralashuvlaridan keyin burun bo‘shlig‘ida shilliq qavatlarini bitish jarayonlarini rag‘batlantirish va burun yo‘llarining o‘tkazuvchanligini yaxshilash maqsadida, burun yo‘llarining o‘tkazmasligini simptomatik davolash.

Preparatni yo‘riqnomaga muvofiq yoki shifokor yoki farmatsevt tavsiyasiga ko‘ra qo‘llash kerak. Xar qanday shubxa xollarida shifokor yoki farmatsevtga murojaat qilish kerak. Galazolin Kombipreparati faqat intranazal qo‘llash uchun mo‘ljallangan.Gigiyenik nuqtai nazardan preparat o‘ramini faqat bir patsiyent qo‘llashi kerak.Quyida keltirilgandan katta dozada qo‘llash mumkin emas.

Xar bir dori preparati kabi, Galazolin Kombi ham nojo‘ya ta’sirlar chaqirishi mumkin, lekin ular xar patsiyentda bo‘lmasligi mumkin. Tez-tez emas (100 patsiyentdan 1 tasidan kamida paydo bo‘ladi). yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (masalan, angionevrotik shish, eshakemi, qichishish). Kam xollarda (10000 patsiyentdan 1 tasidan kamida paydo bo‘ladi). yurak urishini kuchayishitaxikardiyaarterial bosimni oshishi Juda kam xollarda (10000 patsiyentdan 1 tasidan kamida paydo bo‘ladi). qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik, charchoqlik (masalan, uyquchanlik, sedatsiya), bosh og‘rig‘i, gallyutsinatsiyalar (asosan bolalarda);aritmiya;preparatning samarasini kamayishi bilan shilliq qavatining shishini kuchayishi, burundan qon ketishi;tirishishlar (ayniqsa bolalarda). Tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida tez-tezligini baholash imkoniyati yo‘q). burun shilliq qavatining achishishi va qurishi, aksirish. Yuqorida sanab o‘tilgan yoki bu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan xar qanday boshqa noxush ko‘rinishlar paydo bo‘lgan xolida, ular haqida shifokor yoki farmatsevtga xabar berish kerak.

Ksilometazolin gidroxloridiga, dekspantenolga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.Quruq rinit (rhinitis sicca.)Endonazol usul bilan o‘tkaziladigan xirurgik aralashuvlardan keyin va miyaning qattiq qobig‘ini ochilishi bilan kechuvchi xirurgik aralashuvlaridan keyin.2 yoshgacha bo‘lgan bolalar (Galazolin Kombi nazal sprey, eritma (0,5 mg+50,0 mg)/ml uchun).6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (Galazolin Kombi nazal sprey, eritma (1,0 mg+50,0 mg)/ml uchun).

Patsiyent qo‘llagan yoki oxirgi vaqtda qo‘llayotgan (shu jumladan nazal qo‘llash uchun preparatlar) barcha dori preparatlari, shuningdek qo‘llashni rejalashtirgan preparatlar haqida shifokor yoki farmatsevtga xabar berish kerak. – Ksilometazolinni va traniltsipromin monoaminooksidaza (MAO) tritsiklik antidepressantlar kabi ingibitorlari, shuningdek arterial bosimni oshiruvchi dori preparatlar bir vaqtda qo‘llanganda, bu preparatlarni yurak tomir tizimiga ta’siri arterial bosimni oshishi natijasida kuzatilishi mumkin.

Preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin, shifokor yoki farmatsevt bilan maslaxatlashish kerak. Quyidagi xollarda Galazolin Kombi preparatini qo‘llashda alohida extiyotkorlikka rioya qilish kerak: monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari va arterial bosimni oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa preparatlarni qo‘llash;ko‘z ichki bosimini oshishi, ayniqsa yopiq burchakli glaukoma xolida;yurak tomir tizimining kasalliklari (masalan, yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziya);feoxromtsitomalar;metabolik kasalliklar (masalan, gipertireoz, qandli diabet);simpatomimetiklarga yuqori sezuvchanlik. Agar Galazolin Kombi preparatini qo‘llash vaqtida uyqusizlik, bosh aylanishi, tremor, ritmik bo‘lmagan yurak urishi, arterial bosimni oshishi kabi simptomlar paydo bo‘lsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak. porfiriya;prostata bezining giperplaziyasi;tavsiya etilgan dozalarda yuqorisini qo‘llash mumkin emas;surunkali rinitda burun shilliq qavatining atrofiyasini xavfi tufayli, preparat faqat shifokor kuzatuvi ostida qo‘llanishi kerak;Galazolin Kombi preparatini 7 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas, chunki bundan davomiyroq qo‘llash, davolash qiyin bo‘lgan burun shilliq qavatining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin;Simpatomimetiklarni uzoq vaqt qo‘llash yoki ularni tavsiya etilgan dozalardan katta dozalarda qo‘llash, burun shilliq qavatining reaktiv giperemiyasini va natijada nafas yo‘llarining torayishiga olib kelishi mumkin. “Rikoshet samarasi” burun yo‘llarining torayishiga olib kelishi mumkin, bu patsiyentni preparatni qayta qo‘llashga majburlaydi va uni muntazam qo‘llash o‘tishi mumkin. Keyinchalik ikkilamchi medikamentoz rinit (rhinitis medicamentosa) va xatto burun shilliq qavatining atrofiyasi, rivojlanadi. Burun shilliq qavatining reaktiv giperemiyaning yengilroq xolatlarida simpatomimetik vositalarni, oldin bir burun yo‘lida (burun o‘tkazuvchanligini tutib turish uchun), so‘ngra esa simptomlar bartaraf bo‘lgandan keyin, ikkinchi burun yo‘lida qo‘llashni bekor qilish yetarli bo‘ilishi mumkin. infektsiyaning o‘tishi xavfini hisobga olib, preparat o‘ramini faqat bir patsiyent ishlatishi kerak;benzalkoniy xloridni saqlash tufayli, preparat burun shilliq qavatining qo‘zg‘atuvchanligini chaqirishi mumkin;agar bolalarda preparatni qo‘llash vaqtida qo‘zg‘aluvchanlik yoki uxlashda qiyinchiliklar paydo bo‘lsa, preparatni qo‘llashni tuxtatish kerak;Galazolin Kombi nazal sprey, eritma (0,5 mg + 50,0 mg)/ml, 2 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas;Galazolin Kombi nazal sprey, eritma (0,5 mg + 50,0 mg)/ml 6 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Agar patsiyentka homilador bo‘lsa, emizayotgan bo‘lsa, homiladorligini gumon qilsa yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsa, u preparatni qo‘llashdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslaxatlashish kerak. Homilaning rivojlanishiga preparatni ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar yetarlicha emas, shuning uchun homiladorlik vaqtida homiladorlik vaqtida Galazolin Kombini homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas. Ksilometazolinni ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma’lumotlar yo‘q, shuning uchun emizuvchi ayollar Galazolin Kombini qo‘llash mumkin emas.

250S dan yuqori bo‘lmagan haroartda saqlansin.

Agar patsiyent tavsiya etilgan dozaga nisbatan katta dozani qabul qilgan bo‘lsa, yoki tasodifan preparatni yutib yuborsa, agar ayniqsa buni bola qilgan bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

Retseptsiz

10 ml dan eritma 15 ml sig‘imli polietilen flakonlarda, nasosli alyumin qalpoqcha bilan berkitilgan, dozator va himoya kiritmali applikator bilan. Flakonga etiketka yopishtirilgan. 1 flakondan ilova-varaqasi bilan karton qutiga joylangan.

3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddatidan so‘ng ishlatilmasin. Flakon ochilgandan so‘ng 12 hafta davomida ishlatish kerak.