Galavitretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Farmatsevtik substantsiya: aminodigidroftalazindion natriy (Galavit®) – 50 mg, 100 mg.

Preparatning savdo nomi:

Galavit®

Farmakalogik guruhi:

immunomodulyator va yallig‘lanishga qarshi vosita.

Dori shakli:

mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun.

oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli kristall kukun.

immunomodulyator va yallig‘lanishga qarshi vosita.

Organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi. Mushak ichiga inyektsiyadan keyin yarim chiqarilish davri 30-40 minutni tashkil qiladi. Asosiy farmakologik xususiyatlari 72 soat davomida kuzatiladi.

Kattalarda va 12 yoshdan boshlab bolalarda immuntanqisligi holatlarni majmuaviy davolashda immunomodulyator va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida: me’da va 12 barmoq ichak yara kasalligi;virusli gepatitlar;gerpes virusi chaqirgan surunkali qaytalanuvchi kasalliklar;odam papilloma virusi chaqirgan kasalliklar;infektsion-yallig‘lanishli urogenital kasalliklar (xlamidiya va trixomonada etiologiyali uretrit, xlamidiyali prostatit, o‘tkir va surunkali salpingooforit, endometrit);kichik chanoq a’zolarining yiringli-yallig‘lanish kasalliklari;bachadon miomasi bo‘lgan bemorlarni operatsiyadan keyingi reabilitatsiyasi;reproduktiv yoshdagi ayollarda operatsiyadan keyingi davrdagi asoratlar;operatsiyadan keyingi yiringli-septik asoratlar va ularni oldini olish (shu jumladan onkologik bemorlarda);surunkali qaytalanuvchi furunkulyoz, saramas;astenik holatlar, nevrotik va somatoform buzilishlar, jismoniy ishlash qobiliyatini pasayishi (shu jumladan sportchilarda), alkogolga va narkotik qaramlikdagi ruxiy, xulqiy va postabstinent buzilishlar;markaziy va periferik nerv tizimining yallig‘lanish va infektsion-allergik kasalliklari;nerv tizimining degenerativ kasalliklari;og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavatining yallig‘lanish kasalliklari, paradont kasalliklari. Kattalar va 12 yoshdan boshlab bolalarda monoterapiyada: me’da-ichak yo‘llarining intoksikatsiya va/yoki diareya bilan birga kechuvchi o‘tkir va surunkali infektsion-yallig‘lanish kasalliklari;surunkali urogenital infektsiyalar, shu jumladan qaytalanishlar orasidagi davrda klinik remissiyani tutib turish maqsadida immunoreabilitatsion tadbirlarni o‘tkazishda. 6 yoshdan oshgan bolalarda immuntanqisligi holatlarni majmuaviy davolashda immunomodulyator va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida: yiringli xirurgik kasallliklar (kuyishli shikastlanishlar, surunkali osteomiyelit, omentit bilan gangrenoz appenditsit, peritonit, yiringli plevrit);Nafas yo‘llari va LOR-a’zolarining bakterial va virusli etiologiyali tez-tez qaytalanuvchi kasalliklari (tez-tez O‘RVI, bronxit, pnevmoniya, surunkali tonzillit, surunkali otit, surunkali adenoidit).

Mushak ichiga yuboriladi. Yuborishdan oldin preparat 2 ml inyektsiya uchun suv yoki 0,9% li natriy xloridining eritmasida eritiladi. Qo‘llash usuli, dozalari va qo‘llash davomiyligi tashxis, kasallikning og‘irligi, bemorning yoshiga qarab shifokor tomonidan tanlanadi. Me’da va 12 barmoq ichak yara kasalligining o‘tkir davrida: 2 kun 200 mg dan kuniga 1 marta, so‘ngra 100 mg dan 72 soatlik interval bilan qo‘llanadi. Kurs 15-25 inyektsiya. Surunkali davrida – 5 kun 100 mg dan kuniga 1 marta, so‘ngra 100 mg dan har 72 soatda. Kurs 20 inyektsiya.Virusli gepatitlarda boshlang‘ich doza 200 mg ni tashkil qiladi bir marta qo‘llanadi, so‘ngra 100 mg dan kuniga 2 marta intoksikatsiya va yallig‘lanish simptomlari yo‘qolgunicha qo‘llanadi. Keyinchalik kurs 100 mg dan 72 soat interval bilan davom ettiriladi. Kurs 20-25 inyektsiya qo‘llanadi.Gerpes virusi chaqirgan surunkali qaytalanuvchi kasalliklarda: 100 mg dan har kuni 5 inyektsiya, so‘ngra 100 mg dan kunora 15 inyektsiya qo‘llanadi.Papilloma virusi chaqirgan kasalliklarda 5 kun 100 mg dan kuniga 1 marta, so‘ngra 100 mg dan kunora 15 inyektsiya. Kurs – 20 inyektsiya qo‘llanadi.Urogenital kasalliklarda – xlamidiya va trixomonada etiologiyali uretrit, xlamidiyali prostatitda: birinchi kuni 100 mg dan 2 marta, so‘ngra 100 mg dan kunora. Kurs 10-15 inyektsiya (patologik jarayonning og‘irligiga qarab) qo‘llanadi.Salpingooforitda, endometritda o‘tkir davrida 2 kun 200 mg dan kuniga 1 marta, so‘ngra 100 mg dan 72 soatlik interval bilan, qo‘llashning davomiyligi kasallikning og‘irligiga bog‘liq. Xammasi bo‘lib kursga 20 inyektsiya qo‘llanadi. Surunkali davrida – 5 kun 100 mg dan kuniga 1 marta, so‘ngra 100 mg dan har 72 soatda. Kurs 20 inyektsiya qo‘llanadi.Kichik chanoq a’zolarining o‘tkir va surunkali yiringli kasalliklarida: o‘tkir davrida – birinchi kuni 200 mg dan bir marta, 3 kun 100 mg dan har kuni, so‘ngra 100 mg dan kunora 5 inyektsiya qo‘llanadi. Kurs 10 inyektsiya. Surunkali davrida – 5 kun 100 mg dan kuniga 1 marta, so‘ngra 100 mg dan har 72 soatda. Kurs 20 inyektsiya qo‘llanadi.Bachadon miomasi bo‘lgan bemorlarni operatsiyadan keyingi reabilitatsiyasi uchun va reproduktiv yoshdagi ayollardagi operatsiyadan keyingi davrdagi asoratlarda: 5 kun 100 mg dan kuniga 1 marta, so‘ngra 100 mg dan kunora qo‘llanadi. Kurs 15 inyektsiya qo‘llanadi.Operatsiyadan oldingi va keyingi davrdagi xirurgik asoratlarni oldini olish va davolash uchun (shu jumladan onkologik bemorlarda) 100 mg dan kuniga 1 marta 5 inyektsiya operatsiyagacha, operatsiyadan keyin 100 mg dan kunora 5 inyektsiya va 5 inyektsiya 100 mg dan 72 soatlik interval bilan buyuriladi. Kasallikning og‘ir kechishida boshlang‘ich doza 200 mg bir marta yoki 100 mg dan kuniga 2 marta. Kurs – 20 inyektsiya qo‘llanadi.Surunkali qaytalanuvchi furunkulyozda, saramasda – 5 kun 100 mg dan kuniga 1 marta, so‘ngra 100 mg dan kunora qo‘llanadi. Kurs – 20 inyektsiya qo‘llanadi.Astenik holatlarda, nevrotik va somatoform buzilishlarda, sarosimalik, xulqiy va postabstinent buzilishlarda, alkogolli va narkotik qaramlik bo‘lgan bemorlarda: 5 kun 100 mg dan har kuni, so‘ngra 100 mg dan har 72 soatda. Kurs 15-20 inyektsiya. Jismoniy ish qobiyatini oshirish uchun: 100 mg dan kunora – 5 inyektsiya, so‘ngra 100 mg dan har 72 soatda, kurs 20 inyektsiyagacha qo‘llanadi.Markaziy va periferik nerv tizimining yallig‘lanishli va infektsion-allergik kasalliklarida: 5 kun 100 mg dan xar kuni, so‘ngra 100 mg dan xar 72 soatda. Kurs 15-20 inyektsiya qo‘llanadi.Nerv tizimining degenerativ kasalliklarida: boshlang‘ich doza 100 mg 5 kun xar kuni, so‘ngra 100 mg dan xar 72 soatda. Kurs 15 inyektsiya qo‘llanadi.Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavatining yallig‘lanish kasalliklarida, parodontning kasalliklarida: boshlang‘ich doza 100 mg dan har kuni 5 inyektsiya, so‘ngra 100 mg dan 72 soatlik interval bilan. Kurs – 15 inyektsiya qo‘llanadi. Kattalar va 12 yoshdan boshlab bolalarda: me’da-ichak yo‘llarining intoksikatsiya va/yoki diareya bilan birga kechuvchi o‘tkir va surunkali infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida: 200 mg bir marta, so‘ngra intoksikatsiya simptomlari yo‘qotilgunicha 100 mg dan kuniga 2 marta. Keyinchalik kursni 100 mg dan 72 soatlik interval bilan davom ettirish mumkin. Kurs 20-25 inyektsiya qo‘llanadi.surunkali urogenital infektsiyalar, shu jumladan qaytalanishlar orasidagi davrda klinik remissiyani tutib turish maqsadidagi immunoreabilitatsion tadbirlarni o‘tkazishda: 100 mg dan kunora 10 inyektsiya kursi bilan qo‘llanadi. 6 yoshdan oshgan bolalarda: Yiringli xirurgik kasalliklarda (kuyishli shikastlanishlar, surunkali osteomiyelit, omentit bilan gangrenoz appenditsit, peritonit, yiringli plevrit): 6 yoshdan 11 yoshgacha bolalarga 50 mg bir inyektsiyadan har kuni – 5 inyektsiya, so‘ngra 50 mg bir inyektsiyadan kunora 10-15 kun davomida. Kurs 10-15 inyektsiya; 12-18 yoshli bolalarga – davolash shu sxema bo‘yicha 100 mg dan mushak ichiga inyektsiya ko‘rinishida o‘tkaziladi. Bog‘lovlarda galavitni inyektsiya uchun suvdagi 1% li eritmasida xo‘llangan steril salfetkalar bilan bog‘lov ko‘rinishida galavitni sirtga qo‘llash yaxshiroq (qorishmalar bilan bog‘lovlar yoki suvda eruvchi surtmalar bilan bog‘lovlar)..Nafas yo‘llari va LOR-a’zolarining Bakterial va virusli etiologiyali tez-tez qaytalanuvchi kasalliklarida (tez-tez O‘RVI, bronxit, pnevmoniya, surunkali tonzilit, surunkali otit, surunkali adenoit): 6 yoshdan 11 yoshgacha bolalarga 50 mg bir inyektsiyadan har kuni 5 kun davomida, so‘ngra 50 mg dan bir marta kunora 10-15 kun davomida. Kurs 10-15 inyektsiya. 12-18 yoshli bolalarga – davolash shu sxema bo‘yicha 100 mg dan mushak ichiga inyektsiya ko‘rinishida.

Kam hollarda allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

Shaxsiy o‘zlashtira olmaslik; homiladorlik va laktatsiya, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (qo‘llashning klinik tajribasi yo‘q).

Dori preparatini xomilador ayollar, emizikli davridagi ayollar, surunkali kasalliklari bo‘lgan bolalar, kattalarda tibbiy qo‘llashni mumkinligi va o‘ziga xosligiga ko‘rsatma Preparat xomilador ayollar, emizikli ayollar, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurilmaydi. Tibbiy qo‘llash uchun dori preparatini transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga mumkin bo‘lgan ta’siri xaqida ma’lumotlar Ma’lumotlar yo‘q. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

+15oS dan +25°S gacha haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda.

Dozani oshirib yuborish xollari aniqlanmagan.

Retsept bo‘yicha

Mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun 50 mg yoki 100 mg dan 50 ml yoki 100 ml sig‘imli flakonlarda, 3 yoki 5 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

4 yil.