Gabanervretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: gabapentin – 300 mg, metilkobalamin – 500 mkg; yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, povidon, magniy stearati, tozalangan talk, suvsiz kolloid kremniy, natriy kroskarmelloza, MSSR (rN 102), pushti Instacoat IC-S-5731. Ta’rifi: pushti rangli, uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida bo‘lish uchun chizig‘i, va boshqa tomoni silliq bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

gabapentin, metilkobalamin

Preparatning savdo nomi:

Gabanerv

Farmakalogik guruhi:

tirishishga qarshi vosita.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkala

tirishishga qarshi vosita.

N03A

Gabapentin – gabapentinning biokiraolishligi dozasiga proportsional emas. Smax ga 2-3 soatdan keyin erishadi. Ovqat gabapentinning farmakokinetikasiga ta’sir ko‘rsatmaydi, uning farmakokinetikasi takroran qabul qilinganida ham o‘zgarmaydi. Yarim chiqarilish davri 6-7 soatni tashkil etadi. U qondagi oqsillar bilan bog‘lanmaydi va buyraklar orqali chiqariladi. Gabapentinni chiqarilishi katta yoshdagi odamlarda va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lganida pasayadi, shuning uchun ushbu toifadagi patsiyentlar uchun preparatning dozasiga tuzatish kiritish kerak. Metilkobalamin – preparat katta yoshdagi sog‘lom erkak ko‘ngillilarga 120 mkg va 1500 mkg bir martalik dozalarda oq qoringa bir marta peroral qabul qilinganida qon plazmasida umumiy V12 vitamini cho‘qqi kontsentratsiyasiga har ikkala dozasi uchun 3 soatdan keyin erishiladi va ushbu ko‘rsatkich dozaga bog‘liq hisoblanadi. Qabul qilingandan so‘ng 24 soatdan keyin siydik bilan chiqariladigan V12 vitaminining umumiy miqdorini 40-90% birinchi 8 soat davomida chiqarilgan.

Kattalar va 12 yoshdan boshlab bolalarda tutqanoqda kuzatiladigan fokal tirishishlarni monoterapiya o‘tkazishda; kattalarda tutqanoqda kuzatiladigan fokal tirishishlarni qo‘shimcha davolash; neyropatik og‘riq (postgerpetik, diabetik, trigeminal, OITV ga bog‘liq bo‘lgan, alkogolli nevralgiya, orqa miya kanalini stenozidagi nevralgiya) da qo‘llanadi.

Ichga, ovqatlanishdan qat’iy nazar kuniga 1-3 tabletkadan qabul qilinadi. Davolash birinchi kunida 1 tabletka bilan boshlanadi, so‘ngra kuniga bitta tabletkaga oshiriladi. Neyropatik og‘riqlarda davolashni kuniga uchta tabletka bilan boshlash mumkin.

MNT tomonidan: uyquchanlik, toliqish, bosh aylanishi, o‘ta qo‘zg‘aluvchanlik, ataksiya, qo‘l-oyoqlar tremori va nistagm. Kam hollarda kranialgiya, astenik sindrom, fikrlashni buzilishlari va paresteziyalar bo‘lishi mumkin. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya va SAB (sistolik arterial bosim) ni pasayishi. Respirator tizimi tomonidan: kam hollarda faringit va rinit kuzatiladi. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: siydikni tutib turolmaslik bo‘lishi mumkin. Ko‘rish va eshitish a’zolari tomonidan: kam hollarda diplopiya, ambliopiya va quloqlarda tovushni subyektiv his etish kuzatilishi mumkin. Qon manzarasida preparatni qabul qilish leykopeniyani paydo bo‘lishini qo‘zg‘atishi mumkin. Preparatni qabul qilganda allergik reaktsiyalar qichishish va qizarishdan to Stivens-Djonson sindromigacha bilan kechuvchi ekzantemalar ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda partsial tirishishlarda qo‘llash mumkin emas. Neyropatik og‘riqni davolash uchun 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga buyurish mumkin emas.

Gabapentin va morfinni bir vaqtda qo‘llash og‘riq bo‘sag‘asini oshishiga olib keladi. Gabapentinni antatsidlar va burishtiruvchi vositalar bilan qabul qilish fonida uning biokiraolishligini pasayishi kuzatiladi. Gabapentinni tsitmetidin bilan bir vaqtda qo‘llash gabapentinning buyrak ekskretsiyasini susayishiga olib keladi.

Homilador ayollarda preparatni qo‘llash yuzasidan ma’lumotlar yo‘q, shuning uchun homiladorlik davrida uni ona uchun davolashdan kutiladigan foyda homila uchun kuzatilishi mumkin bo‘lgan havfdan ustun bo‘lgan holatdagina qo‘llash mumkin. Gabapentin ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi, uni emizikli bolaga ta’siri noma’lum, shuning uchun davolanish vaqtida emizishdan saqlanish kerak. Preparatni asta-sekin bekor qilish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

30ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda yorug‘lik va namlikdan himoyalangan joyda saqlansin.

Simptomlari: bosh aylanishi, ko‘zlarning oldida jismlarni ikkilanishi, nutqni buzilishi, uyquchanlik, letargiya, diareya. Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, simptomatik davolash o‘tkaziladi. Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga gemodializ o‘tkazilishi mumkin.

Retsept bo‘yicha

Plyonka qobiq bilan qoplangan 10 tabletka blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.