Exinaks

Tarkibi:

Har bir yumshoq jelatin kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: presslangan exinatsea sharbatining kukuni                   140 mg; 6300 mg yangi exinatsea o‘simligi (Echinacea purpurea) ga ekvivalent. yordamchi moddalar: soya moyi, gidratlangan o‘simlik moyi, kolloid kremniy dioksidi, letsitin (35% RS), jelatin, glitserin, tozalangan suv, titan dioksidi, FD&C Red №40, brilliant ko‘ki.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

presslangan exinatsea sharbatining kukuni

Preparatning savdo nomi:

Exinaks

Farmakalogik guruhi:

immunomodulyator vosita.

Dori shakli:

kapsulalar

ovalsimon, tiniq bo‘lmagan binafsha rangli yumshoq jelatin kapsulalar.

immunomodulyator vosita.

L03AX

Shamollashda va nafas yo‘llarining surunkali infektsiyalarida samarani bir maromda saqlab turuvchi davolash uchun qo‘llanadigan immunostimulyator vositadir.

Preparatning afzalligi bo‘lib uni o‘simliklardan olinishidir, bu ba’zi dori vositalariga xos bo‘lgan bosh aylanishi kabi nojo‘ya samaralarni deyarli xolisligidan dalolat beradi. Simptomlar aniqlanganida davolovchi shifokor bilan maslahatlashing. Kam hollarda yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, masalan teri reaktsiyalari kuzatilgan.

preparatning har qanday komponentiga, shuningdek Asteraceae oilasiga mansub bo‘lgan o‘simliklarga, jumladan arnika gullari, moychechak gullari, dastorbosh, ambroziya, qo‘qongul va xrizantema gullariga yuqori sezuvchanlikda;tuberkulyoz, leykoz, kollagenoz, tarqoq skleroz, OITS, OITV kabi avj olib boruvchi tizimli kasalliklarda;boshqa autoimmun kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.

Ma’lumotlar yo‘q. Umumiy tibbiyot amaliyotida qabul qilinganidek homiladorlik va laktatsiya davrida tibbiy maslahatsiz preparatni qo‘llash mumkin emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Ma’lumotlar yo‘q. Umumiy tibbiyot amaliyotida qabul qilinganidek homiladorlik va laktatsiya davrida tibbiy maslahatsiz preparatni qo‘llash mumkin emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Exinatseyaning tavsiya etilgan dozalari yoki qo‘llash davomiyligi oshirib yuborilganida me’da-ichak yo‘llari faoliyatini buzilish simptomlari (ko‘ngil aynishi, qusish), nerv qo‘zg‘aluvchanlikni oshishi, uyquni buzilishi rivojlanishi mumkin. Dozasi oshirib yuborilganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va simptomatik va samarasini tutib turuvchi davolashni boshlash kerak.

Retseptsiz

10 kapsuladan alyumin folga va PVX kontur uyali o‘ramda. 3 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

2 yil.