Preparatni 0,2 mg/kg dan ko‘proq yuborilganda quyidagi simptomlar yuzaga kelishi mumkin: toliqish, yurak urishini tezlashishi va arterial bosimni oshishi.
Dozani haddan tashqari oshirib yuborilganda, ayniqsa bolalarda (masalan preparatning yuqori dozalari to‘satdan yutib yuborilganda), markaziy nerv tizimi va yurak-qon tomir tizimini rag‘batlantirilishi va susayishi almashib kuzatilishi mumkin.
Markaziy nerv tizimini rag‘batlantirilishi simptomlari bo‘lib bezovtalik, qo‘zg‘alish, gallyutsinatsiyalar va og‘ir holatlarda – tirishishlar hisoblanadi.
Markaziy nerv tizimini susayishi simptomlari bo‘lib tana haroratini pasayishi, holsizlik, uyquchanlik va eng og‘ir holatlarda – koma hisoblanadi.
Shuningdek qorachiqlarni torayishi yoki kengayishi, terlash, oqarish, tsianoz, ko‘ngil aynishi, taxikardiya, bradikardiya, aritmiya, asistoliya, arterial bosimni pasayishi, qon aylanishini buzilishi, o‘pka shishi, nafas olishni buzilishi va apnoe, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, periferik qon tomirlarni torayishi, qo‘l-oyoqlarni sovushi, bronxoospazm kabi simptomlar yuzaga kelishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi, ayniqsa bolalarda markaziy nerv tizimiga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin, shu jumladan tirishishlar, koma, bradikardiya, apnoe va arterial bosimni oshishi, ular vaqt o‘tishi bilan kamayishi bilan almashinadi.
Dozani og‘ir oshirib yuborilishini (>1 mg/kg) davolashni qo‘llagandan keyin 1 soat davomida boshlagan afzal.
Erta muddatlarda davolash – me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish; nafas olish va qon aylanishini nazorat qilish; zarurati bo‘lganida – o‘pkani sun’iy ventilyatsiyasi, kislorod bilan ta’minlash.
Tirishishlarni davolash uchun tirishishga qarshi preparatlar, masalan benzodiazepam, arterial bosimni pasaytirish uchun – noselektiv α-blokatorlar (masalan doksazotsin, terazotsin) qo‘llash kerak.
Qon tomirlarni toraytiruvchi vositalarni qo‘llash mumkin emas.
Atropin faqat arterial bosimni pasayishi bilan kechuvchi klinik yaqqol bradikardiya holatida qo‘llanadi.