Evkalipt Farmstandart rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bitta ballon quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: sulfanilamid natriy – 0,750 g, sulfatiazol natriy pentagidrati – 0,750 g, timol – 0,015 g, evkalipt moyi – 0,015 g, qalampir yalpiz moyi – 0,015 g. yordamchi moddalar: 95% li etanol (etil spirti) – 1,800 g, natriy saxarinati – 0,045 g, glitserol (glitserin) – 2,100 g, polisorbat-80 (tvin-80) – 0,900 g, tozalangan suv – 30 ml gacha, azot – 0,3 g dan 0,4 g gacha.

Preparatning savdo nomi:

Evkalipt Farmstandart

Farmakalogik guruhi:

LOR a’zolari kasalliklarini davolash uchun vosita.

Dori shakli:

mahalliy qo‘llash uchun aerozol

Siqilgan gaz bosimi ostidagi uzluksiz ta’sirga ega klapanli ballonda bo‘lgan  oq-sariqdan to‘q-sariq rangligacha bo‘lgan tiniq suyuqlik. Preparat ballondan chiqishida timol va mentolga xos hidli oqim hosil qiladi.

LOR a’zolari kasalliklarini davolash uchun vosita.

R02AA20

Tonzillit, faringit, laringit, aftoz stomatitda qo‘llanadi.

Mahalliy qo‘llanadi. Ballondan himoya qalpoqchasini olib, vositani og‘iz bo‘shlig‘iga 1-2 sekund davomida purkaladi. Og‘iz oldindan qaynagan suvda chayiladi va sutkada 3-4 marta purkaladi.

Allergik reaktsiyalar, tomoqda qisqa muddatli achishish yoki qirilishni his etish kuzatiladi. Nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganda preparatni qo‘llashni bekor qilish va shifokorga murojaat etish kerak.

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik; homiladorlik, emizish davri; 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Boshqa dori preparatlari bilan mutanosib, klinik ahamiyatli o‘zaro ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud emas.

Evkalipt preparatini bolalarda faqat shifokor tavsiyasi bo‘yicha qo‘llash mumkin! Bolalarda, preparatni aerozol qo‘llanganida og‘izdagi yot jismga (applikatorga) qarshilik ko‘rsatmaydigan va preparat sepilganida nafasni tutib turaoladigan yoshda bo‘lganlarida qo‘llash mumkin. Ballon ochilmasin va qizdirilmasin Preparatni yuborish vaqtida ballon vertikal holatda ushlab turish kerak (rasmga qarang)!

Homiladorlik va emizish davrida Evkalipt preparatini qo‘llash mumkin emas. Preparatning tarkibiga mahalliy qo‘llanilganda yo‘ldosh orqali o‘tadigan, homila qonida aniqlanadigan sulfanilamidlar kiradi. Teratogen ta’sir rivojlanishi mumkin. Preparatni laktatsiya davrida qo‘llash zarurati bo‘lganida, emizishni to‘xtatish kerak; ko‘krak sutiga o‘tadi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yadroviy sariqlik chaqirishi mumkin.

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Ichga qabul qilinganidagi o‘tkir zaharlanish belgilari: ko‘ngil aynishi, qusish, me’dada og‘riqlar. Jabrlangan darhol shifokorga murojaat qilishi kerak. Doza oshirib yuborilganida ko‘riladigan yordam choralari: preparatni me’da-ichakdan yo‘qotish (me’dani yuvish, sun’iy tarzda qustirish, tuzli surgi vositalarni ishlatish, klizma, ichak adsorbentlarini – faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash), simptomatik davolash. Zarurati bo‘lganida oksigeno- va transfuzion davolash o‘tkaziladi.

Retseptsiz

Mahalliy qo‘llash uchun aerozol. 30 ml dan uzluksiz ta’sirga ega klapanlar va himoya qalpoqchalari bilan ta’minlangan, monoblokli alyumin aerozol ballonlarda. Har bir ballon purkagich va davlat va rus tillaridagi qo‘llash yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

3 yil.