Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi: faol modda: aminofillin – 24 mg; yordamchi moddalar: etilendiamin, inyektsiya uchun suv.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
aminofillin (aminophylline)
Preparatning savdo nomi:
Eufillin
Farmakalogik guruhi:
bronxolitik vosita.
Dori shakli:
vena ichiga inyektsiya uchun eritma
tiniq, rangsiz suyuqlik.
bronxolitik vosita.
R03DA05
Kattalarda 60% eufillin va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda 36% eufillin plazma oqsillari bilan bog‘lanadi, qon va mushak to‘qimalarida taqsimlanadi, yo‘ldosh va gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tadi.
Preparatning 90% jigarda metabolizmga uchraydi.
Metabolitlari buyrak orqali chiqariladi, 7-13% preparat o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi.
Yarim chiqarilish davri 5-10 soatni tashkil qiladi.
Bronxial astma va turli etiologiyali bronxospazm (asosan xurujlarni bartaraf etish uchun); kichik qon aylanishida gipertenziya, yurak astmasi, ayniqsa xurujlar bronxospazm va Cheyn-Stoks tipida nafas olishni buzilishlari bilan kechganida; tserebral qon tomir xurujlari va bosh miyada qon aylanishini yaxshilash uchun; bosh miyada qon aylanishini surunkali buzilishlarida qo‘llanadi.
Vena ichiga inyektsiya yo‘li bilan yuboriladi.
Sekin yuborilsin! Yuborish tezligi minutiga 2 ml ni tashkil qiladi.
Kattalar uchun eng yuqori dozalari: bir martalik – 0,25 g (10 ml), sutkalik – 0,5 g (20 ml).
Bolalar uchun eng yuqori dozalari: bir martalik – tana vazniga 2,5 mg/kg, sutkalik – tana vazniga 5 mg/kg ni tashkil qiladi.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: jig‘ildon qaynashi, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishi.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, havotirlik, bosh aylanishi, uyqusizlik, tremor.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak ritmini buzilishi, stenokardiya xurujlari sonini oshishi, arterial bosimni hatto kollapsgacha pasayishi – vena ichiga tez yuborilganda.
Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, teri qichishishi, isitmali reaktsiyalar.
Arterial bosimni pasayishi, paroksizmal taxikardiya, ekstrasistoliyalar, tutqanoq, miokard infarktida qo‘llash mumkin emas.
Efedrin, beta-adrenostimulyatorlar, kofein va furosemid preparatning ta’sirini kuchaytiradi.
Fenobarbital, fenitoin, rifampitsin, izoniazid, karbamazepin yoki sulfinpirazon bilan majmuada qo‘llanilganda eufillinning samaradorligini pasayishi kuzatiladi, bu preparatning qo‘llanilayotgan dozalarini oshirishni talab etishi mumkin.
Preparat litiy karbonati va beta-adrenoblokatorlarning terapevtik samaralarini susaytiradi.
Beta-adrenoblokatorlarni buyurish eufillinning bronxlarni kengaytiruvchi ta’siriga to‘sqinlik qilish va bronxospazm chaqirishi mumkin.
Eufillin siydik haydovchi vositalarning ta’sirini kuchaytirishi mumkin.
Preparatni dekstroza eritmalari bilan qo‘llash mumkin emas, glyukoza, fruktoza va levuleza eritmalari bilan nomutanosib.
Jigar va buyrak funktsiyasini yaqqol buzilishlari, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Preparatni homiladorlik davrida qo‘llash zarurati bo‘lganida ona uchun kutilayotgan foyda va homila uchun potentsial xavfini solishtirish kerak.
Preparatni laktatsiya davrida qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, +25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Doza oshirib yuborilganda yuz terisining giperemiyasi, uyqusizlik, harakat qo‘zg‘alishi, havotirlik, anoreksiya, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og‘riq, me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, taxikardiya, yurak qorinchalari aritmiyalari, tremor, tarqalgan tirishishlar, giperventilyatsiya, arterial bosimni haddan tashqari pasayishi kuzatiladi.
Dozani oshirib yuborilishini davolash klinik manzaraga bog‘liq, preparatni bekor qilish, uni organizmdan chiqarilishini rag‘batlantirish va simptomatik vositalarni buyurishni o‘z ichiga oladi.
Retsept bo‘yicha Ulashish: 10 513 Views
5 ml yoki 10 ml dan ampulalarda.
10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan o‘ramda.