Etoksisklerolretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ampula (2 ml) eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: luromakrogol-400 – 10 mg, 20 mg yoki 60 mg; yordamchi moddalar: 96% li etanol 84,00/84,00/84,00 mg, natriy gidrofosfati 2,40/4,80/9,60 mg kaliy gidrofosfati 0,86/1,70/3,40 mg, inyektsiya uchun suv 2,0 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

lauromakrogol-400

Preparatning savdo nomi:

Etoksisklerol

Dori shakli:

vena ichiga yuborish uchun eritma

tiniq rangsiz yoki biroz sarg‘ish-yashil eritma.

S05VV02.

Lauromakrogol-400 ning yarim chiqarilish davri ikki fazali bo‘lib, yakuniy davri 4,09 soatni tashkil etadi; umumiy klirensi – soatiga 11,7 l; umumiy dozaning 89% qondan birinchi 12 soat davomida chiqariladi. Lauromakrogol-400 (polidokanol) ni ko‘krak sutiga tushishi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.

Varikoz kengaygan venalar, teleangiektaziyalar va gemorroidal tugunlarni sklerozini chaqirish uchun qo‘llaniladi.

Quyida keltirilgan nojo‘ya reaktsiyalarning tez-tezligi quyidagi gradatsiyaga muvofiq belgilangan: juda tez-tez (> 1/10); tez-tez (> 1/100 dan < 1/10 gacha); tez-tez emas ( > 1/1000 dan < 1/100 gacha); kam hollarda ( > 1/10000 dan < 1/1000 gacha); juda kam hollarda (< 1/10000).

lauromakrogol-400 ga va preparatning boshqa komponentlariga allergik reaktsiyalar;zo‘rayish bosqichidagi og‘ir kechuvchi tizimli kasalliklar.

Etoksisklerolni boshqa og‘riqsizlantiruvchi vositalar, shu jumladan umumiy anesteziya vositalari bilan bir vaqtda ishlatilganda, bu preparatlarning yurak-qon tomir tizimiga ta’siri kuchayishi mumkin (bradikardiya, arterial gipotenziya).

Skleroz chaqiruvchi dori vositalarni arteriya ichiga yuborish mumkin emas, chunki bu og‘ir nekrozlarga va majburiy amputatsiyaga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda shoshilinch ravishda qon tomir jarrohligi bo‘yicha mutaxassisni jalb etish lozim. Barcha skleroz chaqiruvchi preparatlarni yuz sohasida qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar, intravazal inyektsiyalar arteriyalarda bosimni o‘zgartirishi va ko‘rishni qaytmas buzilishiga (ko‘rlikka) olib kelishi mumkinligi tufayli, juda sinchkov ravishda tahlil qilinishi lozim. Oyoq panjasi va to‘piq kabi tananing ba’zi sohalarida Etoksisklerolni behosdan arteriya ichiga yuborish xavfi yuqoridir, shuning uchun ushbu anatomik sohalarda qon tomirlarini sklerozini chaqirishda Etoksisklerolni eng past kontsentratsiyada faqat ozgina miqdorini ishlatish tavsiya etiladi. Gemorroidal tugunlarni skleroterapiyasi og‘riq hissini chaqirmasligi kerak, chunki bu sohada sezuvchan nerv tolalari mavjud emas. Etoksisklerolning barcha eritmalari 5% li etanol saqlaydi. Buni anamnezida alkogolni xaddan tashqari ko‘p iste’mol qilganiga ko‘rsatmalar bo‘lgan yoki disulfiram bilan davolanayotgan bemorlarni davolashda e’tiborga olish lozim.

Etoksiklerolni homiladorlarda qo‘llash to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda reproduktiv toksiklikni borligi ko‘rsatilgan, lekin teratogen potentsial aniqlanmagan. Etoksisklerolni homiladorlik vaqtida, faqat ona uchun foyda homila uchun xavfdan ustun bo‘lgan hollardan tashqari holatlarda yuborish mumkin emas. Lauromakrogol-400 (polidokanol) ni ko‘krak sutiga tushishi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Emizish davrida skleroterapiyani o‘tkazish zarurati tug‘ilgan hollarda Etoksisklerol yuborilganidan keyin emizishni 2-3 kunga to‘xtatib turish tavsiya qilinadi.

Quruq 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparatning ancha yuqori kontsentratsiyasi yoki katta hajmi tufayli dozani oshirib yuborilishi preparat yuborilgan joyda va o‘rab turuvchi to‘qimalarda, ayniqsa paravazal inyektsiyalarda nekrozni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Retsept bo‘yicha Ulashish: 4 203 Views

5, 10, 30 mg/ml dan vena ichiga yuborish uchun eritma. 2 ml dan preparat yashil sindirish nuqtasi va rangli halqasi: 30 mg/ml kontsentratsiya uchun – ko‘k; 10 mg/ml kontsentratsiya uchun – sariq; 5 mg/ml kontsentratsiya uchun – kul rang halqasi yoki ko‘k sindirish nuqtasi va rangli halqalari: – 30 mg/ml kontsentratsiya uchun – qizil va ikkita ko‘k halqasi; 10 mg/ml kontsentratsiya uchun – qizil va sariq; 5 mg/ml kontsentratsiya uchun – qizil va ikkita oq halqasi bo‘lgan rangsiz shisha (Yevr.F. bo‘yicha 1 sinf) ampulalarda. 5 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.