Etodin Forteretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol modda: Etodolak – 400 mg. Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall tsellyuloza, natriy kroskarmelloza, suvsiz kolloid kremniy, polivinilpirrolidon, magniy stearati. Qobiq: Opadry OYS-34948 Pink (titan dioksidi, temir oksidi (qizil), gidroksipropilmetiltsellyuloza).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Etodolak

Preparatning savdo nomi:

Etodin Forte

Farmakalogik guruhi:

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

Dori shakli:

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Och-pushti rangli, oval shaklli, bir tomoni chiziqli va boshqa tomonida “NOBEL” gravirovkasi bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

M01AV08

Preparat ichga qabul qilinganda me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi va plazmada cho‘qqi kontsentratsiyasiga, taxminan 1 soatdan keyin erishiladi. Preparatning biokiraolishligi 100% bo‘lib, u antatsidlar yoki ovqat qabul qilinishiga bog‘liq emas. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 95% ni tashkil qiladi. O‘rtacha yarim chiqarilish davri (T1/2) 7 soatni tashkil qiladi. Organizmdan buyrak orqali, asosan (60% gacha) metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.

Revmatoid artrit, ankilozlovchi spondilit, harakatlanishni cheklanishi va og‘riq sindromi bilan kechuvchi artroz, osteoartrit kabi revmatik kasalliklarni davolash, suyaklarda metastazlar rivojlanganda va yumshoq to‘qimalar yallig‘lanishidagi og‘riqlar, posttravmatik og‘riqlar, algodismenoreya, mialgiya, tish og‘rig‘i, stomatologik operatsiyalardan keyingi og‘riqlar, qon tomir patologiyasi bilan bog‘liq bosh og‘riqlarida qo‘llaniladi.

Preparatni ichga 400 mg dan sutkada 2 marta (ertalab va kechqurun) bir stakan suv bilan qabul qilinadi. Maksimal sutkalik doza 1,2 g ni tashkil qiladi. Tana vazni 60 kg va undan kamroq bo‘lgan patsiyentlar uchun maksimal sutkalik doza 20 mg/kg dan oshmasligi kerak. Keksa patsiyentlarga dozani o‘zgartirish talab qilinmaydi.

Kam hollarda – dispepsik holatlar, bosh aylanishi, terida toshma paydo bo‘lishi; ayrim hollarda bosh og‘rig‘i kuzatilishi mumkin. Allergik reaktsiyalar (juda kam hollarda og‘ir shakllari), ultserogen ta’sir, bronxospazm, dizuriya, qon yaratilishini susayishi yuz berishi mumkin.

Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligining zo‘rayish bosqichi, me’da–ichakdan qon ketishi, homiladorlik, emizish davri, bolalik davri, etodolak va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Preparat plazma oqsillari bilan faol bog‘lanadi, shuning uchun uni proteinlar bilan bog‘lanadigan boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda dozani to‘g‘ri tanlash lozim. U oral antikoagulyantlar va geparinning, me’da shilliq qavatini ta’sirlanishini chaqiruvchi preparatlarning samarasini kuchaytirishi va sulfanilamidlarning gipoglikemik ta’sirini kuchayishini chaqirishi mumkin. Etodolak plazmada litiyning kontsentratsiyasini oshishini chaqirishi mumkinligi tufayli, litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda plazmada litiyning kontsentratsiyasini nazorat qilish lozim. Etodolak metotreksatning qonga salbiy ta’sirini kuchaytirish mumkin. Etodolak, shuningdek, diuretiklar faolligini pasaytirishi, boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarning ta’sirini kuchaytirib, yara hosil bo‘lishi va qon ketish xavfini oshirishi mumkin. Preparat fenitoinning ta’sirini kuchaytiradi. Etodolakning fenolli metabolitlarini siydikda bo‘lishi tufayli bilirubinni aniqlash uchun Erlix reagenti qo‘llanilganda soxta – musbat natija berishi mumkin.

Zarurati bo‘lganida me’da yoki o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalliklarida, anamnezida me’da–ichakdan qon ketishlari bo‘lganda, jigar yoki buyrak faoliyatining og‘ir buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Simptomlari: dozani yengil darajada oshirib yuborilishi hollarida uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriya sohada og‘riq kuzatiladi. Kam hollarda gipotenziya, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, nafas olishni susayishi yuz beradi. Dozani sezilarli darajada oshirib yuborilgan hollarda (dozani 15 marta oshishida) koma, me’da–ichakdan qon ketishlari rivojlanishi mumkin. Davolash: preparatning dozasi sezilarli darajada oshirib yuborilganda – tozalovchi xo‘qna buyuriladi. Dozani oshirib yuborilishi aniqlanganda patsiyentda darhol qusishni chaqirish yoki me’dani yuvishni o‘tkazish kerak. Faollashtirilgan ko‘mir (60 – 100 g), surgi vositalari va umumiy simptomatik davo buyuriladi.

Retsept bo‘yicha

“Etodin Forte”, qobiq bilan qoplangan tabletkalar 400 mg dan, №7, №14.

3 yil.