Fibrinolizni tarqalgan kuchayishi fonida qon ketishlari yoki qon ketishlarini rivojlanish xavfi (operatsiya vaqtidagi va operatsiyadan keyingi davrdagi qon ketishlar, tug‘ruqdan keyingi kon ketishlar, yo‘ldoshni qo‘lda ajratib olish, xorionni ko‘chishi, homiladorlikdagi qon ketishi, me’da osti bezi va prostata bezini xavfli o‘smalari, gemofiliya, fibrinolitik davolashning gemorragik asoratlari, trombotsitopenik purpura, leykozlar, jigar kasalliklari, ilgari streptokinaza bilan davolash);Fibrinolizni maxalliy kuchayishi fonida qon ketishlari yoki qon ketishlarini rivojlanish xavfi (bachadondan, burundan, me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, gematuriya, prostatektomiyadan keyingi qon ketishlar, bachadon bo‘ynini kartsinomasi yuzasidan o‘tkazilgan konizatsiya, gemorragik diatez bilan xastalangan bemorlarda tishni ekstraktsiya qilish);Qovuqda o‘tkaziladigan operativ aralashuvlar;Tizimli yallig‘lanish reaktsiyalarida, shu jumladan sepsis, peritonit, pankreonekroz, o‘rtacha va og‘ir darajadagi gestoz, turli etiologiyali shokda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalash Tarqalgan fibrinolizda preparatni v/i tomchilab tana vazniga 15 mg/kg bir martalik dozada har 6-8 soatda yuboriladi, yuborish tezligi minutiga 1 ml.
Mahalliy fibrinolizda preparatni v/i 250-500 mg bir martalik dozada yuboriladi yoki ichga 1-1,5 g dozada sutkada 2-3 marta qabul qilinadi.
Prostatektomiyada yoki qovuqdagi operatsiyalarda operatsiya vaqtida v/i ga 1 g, so‘ngra 1 g dan har 8 soatda 3 kun davomida yuboriladi, shundan keyin makrogematuriya yo‘qolgunicha ichga qabul qilishga o‘tiladi.
Qon ketishini rivojlanish xavfi yuqori bo‘lganida, tizimli yallig‘lanish reaktsiyalarda v/i ga 10-11 mg/kg dozada aralashuvdan 20-30 minut oldin yuboriladi.
Koagulopatiyalari bo‘lgan bemorlarga tishni sug‘urishdan oldin v/i ga tana vazniga 10 mg/kg dozada yuboriladi, tish sug‘urib olingandan keyin ichga 25 mg/kg dozada sutkada 3-4 marta 6-8 kun davomida buyuriladi.
Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga dozalash tartibiga tuzatish kiritish kerak.