Etambutolretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: etambutol gidroxloridi (100% quruq moddaga qayta xisoblaganda) – 400 mg; yordamchi moddalar: kaltsiy gidrofosfat digidrati, povidon, natriy laurilsulfati, talk, magniy stearati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

etambutol

Preparatning savdo nomi:

Etambutol

Farmakalogik guruhi:

Tizimli qo‘llash uchun mikroblarga qarshi vositalar. Mikobakteriyalarga ta’sir etuvchi vositalar. Tuberkulyozga qarshi vositalar. Etambutol.

Dori shakli:

tabletkalar

oq rangli, dumaloq shaklli, yassi yuzali, faska va riskali tabletkalar.

Tizimli qo‘llash uchun mikroblarga qarshi vositalar. Mikobakteriyalarga ta’sir etuvchi vositalar. Tuberkulyozga qarshi vositalar. Etambutol.

J04AK02

Ichga qabul qilinganida preparatning 75-80% ovqat hazm qilish yo‘llaridan so‘riladi. Bir vaqtda ovqat qabul qilish so‘rilish jarayonini kuchaytiradi va tezlashtiradi. Etambutolning qondagi maksimal kontsentratsiyasiga taxminan 2 soatdan keyin erishiladi va preparat 25 mg/kg dozada yuborilganida 4-5 mkg/ml ni va preparat 50 mg/kg dozada yuborilganida 8-9 mkg/ml ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi qabul qilingan dozaga bog‘liq va 10-40% ni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 3,3-3,5 soatni tashkil qiladi. Etambutolning farmakokinetikasini o‘ziga xosligi, uni tanlab eritrotsitlarda to‘planishi xisoblanadi (kontsentratsiyasi qon plazmasidagiga qaraganda 2 marta yuqori). Etambutol orqa miya suyuqligiga, yo‘ldosh orqali va ko‘krak sutiga o‘tadi. Preparat asosan o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Etambutolning taxminan 10-20% ahlat bilan faol bo‘lmagan metabolitlari (aldegidlar, dikarbon kislotalari) ko‘rinishida chiqariladi. Buyrak faoliyatini buzilishida etambutolni buyurish, uni organizmda to‘planishiga olib kelishi mumkin.

O‘pka va o‘pkadan tashqari tuberkulyozning hamma shakllarini davolashda (boshqa tuberkulyozga qarshi vositalar bilan majmuada) qo‘llanadi.

Kattalarga birlamchi davolashda Etambutol ichga tana vazniga 15 mg/kg dozada sutkada 1 marta buyuriladi. Takroriy kurs o‘tkazishda preparat sutkada 1 marta 25 mg/kg dozada 2 oy davomida buyuriladi, keyin davolash 15 mg/kg dozada davolashning hamma davri davomida buyuriladi. Preparat tana vazniga 25 mg/kg dozada qo‘llanganida okulistning har oylik kuzatuvi tavsiya etiladi. Boshlang‘ich davolashda maksimal sutkalik doza 2 g dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Bolalarga 13 yoshdan Etambutol ichga sutkada 15-25 mg/kg dozada buyuriladi. Bolalar uchun maksimal sutkalik doza – 1 g. Davolash kursi davomiyligi tuberkulyozning shakliga bog‘liq va 6 oydan 12 oygachani tashkil qiladi. Etambutolni ovqatdan keyin qabul qilish uning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi. Buyraklarning funktsional yetishmovchiligida, Etambutol kreatinin klirensining ko‘rsatgichiga qarab buyuriladi: Kreatinin klirensi (ml/min)Sutkalik doza100 dan yuqori70-10070 dan pastGemodializdaDializ kunisutkada 20 mg/kgsutkada 15 mg/kgsutkada 10 mg/kgsutkada 5 mg/kgsutkada 7 mg/kg

Yurak-qon tomir tizimi: perikardit, miokardit, arterial gipotenziya, taxikardiya. Qon tizimi va limfatik tizimi: leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya, eozinofiliya, limfadenopatiya. Nerv tizimi: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ongni chalkashishi, oriyentatsiyani buzilishi, gallyutsinatsiyalar, dezoriyentatsiya, depressiya, periferik nevritlar, oyoq-qo‘llarda paresteziyalar, uvishishi hissi, parezlar. Ko‘rish a’zolari: ko‘ruv nervining retrobulbar yallig‘lanishi, ko‘ruv nevropatiyasi, ko‘rish o‘tkirligini bir tomonlama yoki ikki tomonlama pasayishi, shu jumladan qaytmas ko‘rlik, rang ajratishni buzilishi (asosan yashil va qizil ranglarni), markaziy yoki periferik skotomani rivojlanishi, ko‘rish maydonini cheklanishi, to‘r pardaga qon quyilishi. Ko‘z tomonidan buzilishlarni paydo bo‘lishi davolash davomiyligi va ko‘rish a’zolarini oldingi yoki mavjud bo‘lgan kasalliklariga bog‘liq. Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari: eozinofiliya, bilan yoki usiz o‘pkalarda infiltratlari, pnevmonit. Gepatobiliar tizimi: jigar faoliyatini buzilishi, jigar transaminazalari faolligini oshishi, gepatit, sariqlik. Ovqat hazm qilish yo‘llari: og‘izda metall ta’mi, ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, jig‘ildon qaynashi, qorin og‘rig‘i, diareya, anoreksiya, soxtamembranoz kolit (rifampitsin va izoniazid bilan birga qo‘llanganda). Siydik chiqarish tizimi: kreatinin darajasini oshishi, mochevina darajasini oshishi, interstitsial nefrit. Teri va teri osti kletchatkasi: toshma, qichishish, giperemiya, dermatit, chimchilanish hissi. Tayanch-xarakat tizimi va biriktiruvchi to‘qima: artralgiya. Metabolizmni buzilishi: qon zardobida siydik kislotasi klirensini pasayishi, siydik kislotali diatezning ko‘rinishlari, podagrani zo‘rayishi. Immun tizimi: anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalar, shu jumladan anafilaktik shok, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi (toksik epidermal nekroliz), bronxospazm, vaskulit. Umumiy buzilishlar: tana haroratini oshishi, etni uvishishi, umumiy holsizlik, shishlar.

preparatga yuqori snzuvchanlik;ko‘ruv nervining nevriti;katarakta;ko‘zlarning yallig‘lanish kasalliklari;diabetik retinopatiya;og‘ir buyrak yetishmovchiligi, surunkali buyrak yetishmovchiligi;ko‘rishning holatini tekshirish mumkin bo‘lmagan vaziyatlar (og‘ir holat, ruxiy buzilishlar) da qo‘llash mumkin emas.

Preparatni quyidagilar bilan bir vaqtda qo‘llanganida: tuberkulyozga qarshi dori vositalari bilan – tuberkulyozga qarshi dori vositalarining samarasi kuchayadi. Tuberkulezni etambutol bilan majmuaviy davolashda izoniazid, paraaminosalitsil kislota (PASK), streptomitsin, tsikloserin, pirazinamidni qo‘llash mumkin; bir vaqtda tsiklosporin A izoniazid bilan qo‘llanganidan – transplantatni ko‘chib ketish xavfi bilan tsiklosporin A ning parchalanishi kuchayadi; digitoksin bilan – digitoksinning samaradorligi pasayadi. tsiprofloksatsin, aminoglikozidlar, asparaginaza, karbamazepin, litiy preparatlari, imipenem, metotreksat, xinin bilan – yuqorida ko‘rsatilgan dori vositalarining samaralari kuchayadi va neyrotoksikligi oshadi; alyuminiy preparatlari va boshqa antatsid vositalar bilan – etambutolni so‘rilishi yomonlashadi; disulfiram bilan – etambutolning kontsentratsiyasi oshadi va uning toksikligi kuchayadi; etionamid bilan – farmakologik antagonizmi oqibatida etambutolni etionamid bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi (preparatni kunora almashtirib qabul qilish afzal); pirazinamid bilan – siydik kislotasini chiqarilishiga sinergik ta’sir ko‘rsatadi; etil spirti bilan – etambutolni ko‘rish a’zolariga salbiy ta’siri kuchayadi, shuning uchun davolash vaqtida alkogolni iste’mol qilishdan voz kechish kerak. Etambutol ayrim mikroelementlarning, asosan ruxning metabolizmini o‘zgartiradi.

Preparat faqat tuberkulyozga qarshi boshqa vositalar bilan majmuada buyuriladi. Davolashni boshlash oldidan va davolash vaqtida ko‘z tubini, ko‘z ichki bosimini, refraktsiyani, ko‘rish maydonini, ko‘rish o‘tkirligini va rang ajratishni (ayniqsa qizil va yashil, havorang va yashil ranglarni) muntazam tekshirish kerak. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda oftalmologik nazoratni har kuni o‘tkazish kerak. Oftalmologik nazorat har bir ko‘z uchun alohida va ikkalasiga birga amalga oshiriladi, chunki ko‘rish o‘tkirligini o‘zgarishi monoteral yoki bilateral bo‘lishi mumkin. Ko‘rish faoliyatini har qanday o‘zgarishlari haqida shifokorga xabar berish kerak. Ko‘rishni buzilishlari paydo bo‘lgan holda ko‘ruv nervining atrofiyasini oldini olish uchun, darhol Etambutolni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Ko‘rishni o‘zgarishlari odatda qaytuvchan, davolash to‘xtatilganidan keyin bir necha hafta o‘tgach, ayrim hollarda bir necha oy o‘tgach yo‘qolib ketadi. Istisno hollarda ko‘ruv nervining atrofiyasi oqibatida ko‘rishni o‘zgarishlari qaytmas bo‘lishi mumkin. Ko‘rishni buzilishida gidroksikobalamin yoki tsianokobalamin ishlatiladi. Podagrasi yoki giperurikemiyasi bo‘lgan patsiyentlarga Etambutolni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda Etambutolning dozasini kamaytirish kerak, chunki preparat organizmda to‘planadi. Etambutol bilan davolash qonda uratlarning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin, bu siydik kislotasini buyraklar orqali chiqarilishini susayishi bilan bog‘liq. Periferik qon, jigar va buyrak faoliyatining ko‘rsatgichlarini vaqti-vaqti bilan nazoratini o‘tkazish tavsiya etiladi. Davolashni boshida yo‘talni kuchayishi, balg‘am miqdori oshishi mumkin. Ko‘rsatilgan simptomatikani kamaytirish uchun V guruhi vitaminlari, balg‘am ko‘chiruvchi vositalar buyuriladi. Tuberkulostatik ta’sirga ega bo‘lgan preparatlarni ilgari qabul qilgan patsiyentlarda, bakteriyalarning etambutolga chidamliligi ko‘proq rivojlanadi. Etambutolni davomli yoki takroriy qo‘llash ikkilamchi infektsiyalarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Infektsiyaga gumon qilinganida shifokorga murojaat qilish kerak. Agar tuberkulyozning simptomlari 2-3 hafta davomida yo‘qolmasa yoki holatni yomonlashishi kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish kerak. Qaytalanishni yoki chidamlilik rivojlanishini oldini olish uchun kasallikning simptomlari borligi yoki yo‘qligidan qat’iy nazar, preparat bilan to‘liq davolash kursini o‘tish kerak. Etil spirti etambutolning ko‘rish a’zolariga toksik ta’sirini kuchaytiradi, shuning uchun davolanish vaqtida alkogol iste’mol qilishdan voz kechish kerak. Nojo‘ya samaralari paydo bo‘lganda dozani kamaytirish tomonga tuzatish kiritish, uning iloji bo‘lmaganda – preparatni uzlukli (kun ora yoki haftada 2 marta) qabul qilishga o‘tish kerak. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Etambutolni homilador ayollarda qo‘llash mumkin emas. Preparatni qo‘llashning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish tavsiya etiladi, chunki etambutol ko‘krak sutiga o‘tadi. Bolalar. 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash mumkin emas. Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati. Preparat bilan davolanish davrida avtotransportni boshqarish yoki diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish tavsiya etilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Simptomlari: nevrologik buzilishlarni rivojlanishi, ko‘rish nervini shikastlanishi (ko‘rlik paydo bo‘lishi mumkin), ko‘rish o‘tkirligini yomonlashishi yoki boshqa nojo‘ya reaktsiyalarning ko‘rinishlarini kuchayishi, ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, isitma, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, polinevrit, nafasni susayishi, asistoliya. Davolash: spetsifik antidoti yo‘q, davolash simptomatik. Preparatni tez so‘rilishi tufayli, preparat qabul qilinganidan keyin darhol qusishni chaqirish yoki me’dani yuvish, shuningdek enterosorbentlarni buyurish kerak. Organizmning hayotiy muhim faoliyatlarini tutib turish bo‘yicha nazorat va choralarni amalga oshirish, zarurati bo‘lganida reanimatsion choralarni o‘tkazish kerak. Allergik reaktsiyalarda desensibilizatsiya qiluvchi vositalarni ishlatish ko‘rsatilgan. Xavfli holatlarda eritrotsitlarni yo‘qotish uchun, ularda etambutol to‘planadi, qon quyishni o‘tkazish kerak.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan blisterda, 5 blisterdan qutida; 120 tabletkadan konteynerda va qutida; 1000 tabletkadan konteynerlarda.

3 yil.