Espol rasmini ko'rish

Tarkibi:

Ta’sir etuvchi modda: achchiq qalampirning quyuq ekstrakti (1% kapsaitsinoidlar yig‘indisini saqlovchi) – 100,0 mg; Yordamchi moddalar: dimetilsulfoksid – 30,0 mg, koriandr moyi – 2,5 mg, lavanda moyi – 2,5 mg, xloroform – 25,0 mg, lanolin – 90,0 mg, qattiq parafin – 40,0 mg, vazelin – 1 g gacha.

Preparatning savdo nomi:

Espol®

Farmakalogik guruhi:

O‘simlikdan olingan mahalliy qo‘zg‘atuvchi vosita.

Dori shakli:

Sirtga qo‘llash uchun surtma

Och-jigarrangdan to qizg‘ish-jigarrang rangligacha bo‘lgan, o‘ziga xos kuchsiz hidli surtma.

O‘simlikdan olingan mahalliy qo‘zg‘atuvchi vosita.

Lat yeyish, teri qoplamalarining butunligini buzilishisiz paylarni cho‘zilishi va uzilishi; paylarni cho‘zilishlari, bo‘g‘imlarni chiqishi va suyak sinishlarning asoratlari; miozit, artralgiya, artrit, lyumbago, bel-dumg‘aza radikuliti, deformatsiyalovchi artrozda qo‘llanadi.

Sirtga qo‘llanadi. 2-3 g surtma kuniga 2-3 marta surtiladi va biroz ishqalanadi. Samarasi quruq qizdiruvchi bog‘lov qo‘yilganida kuchayadi. Davolash davomiyligi 1 sutkadan 10 sutkagacha tashkil qiladi.

Allergik reaktsiyalar (qichishish, terini po‘st tashlashi) bo‘lishi mumkin.

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, teri qoplamalarining butunligini buzilishi, homiladorlik va laktatsiya davri, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Surtmani ko‘zga, shilliq qavatlariga va terining shikastlangan joylariga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Allergik reaktsiyalar paydo bo‘lganida surtmani ishqalab singdirish to‘xtatiladi, surtmaning qoldiqlari esa sovunli suv bilan xo‘llangan salfetka yordamida yo‘qotiladi. Qo‘llagandan keyin qo‘llarni sovunlab yuvish zarur.

Ta’sir qilmaydi.

20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborish hollari qayd qilinmagan.

Retseptsiz

Sirtga qo‘llash uchun 10% li surtma. 15, 20, 25, 30, 35, 40 g dan alyumin tubalarda. Har bir tuba preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

2 yil. Yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.