ESMIYAretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 5,00 mg ulipristal atsetati; yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, mannitol, talk, natriy kroskarmelloza, magniy stearati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ulipristal (ulipristal)

Preparatning savdo nomi:

ESMIYA

Farmakalogik guruhi:

jinsiy gormonlar va jinsiy a’zolar tizimining modulyatorlari, progesteron retseptorlarining modulyatori.

Dori shakli:

tabletkalar

dumaloq, ikki yoqlama qavariq, oq yoki deyarli oq rangli, bir tomonida “ES5” gravirovkasi bo‘lgan tabletkalar.

jinsiy gormonlar va jinsiy a’zolar tizimining modulyatorlari, progesteron retseptorlarining modulyatori.

G03XB02.

So‘rilishi Ichga 5 mg yoki 10 mg bir marta qabul qilinganidan keyin ulipristal atsetati tez so‘riladi, preparat qabul qilinganidan so‘ng taxminan 1 soatdan keyin erishiladigan Cmax mos ravishda 23,5±14,2 ng/ml va 50,0±34,4 ng/ml ni, AUC0-∞ esa mos ravishda 61,3±31,7 va 134,0±83,8 ng·soat/ml ni tashkil qiladi. Ulipristal atsetati tez farmakologik faol metabolitiga aylanadi, bunda qabul qilinganidan keyin 1 soat o‘tgach Cmax mos ravishda 9,0±4,4 ng/ml va 20,6±10,9 ng/ml, AUC0-∞  ­ 26,0±12,0 va 63,6± 30,1 ng·soat/ml ni tashkil qiladi. Ulipristal atsetatini 30 mg dozada ko‘p yog‘larni saqlovchi ertalabki nonushta bilan birga qabul qilish, och qoringa qabul qilish bilan solishtirganda, o‘rtacha Cmax ni taxminan 45% ga, Tmax cho‘zilishiga (mediana 0,75 soatdan 3 soatgacha o‘zgaradi) va AUC0-∞  o‘rtacha qiymatini 25% oshishiga olib keladi. Faol mono-N-demetillangan metaboliti uchun ham shunday natijalar olingan. Ovqatning bunday kinetik samarasi ulipristal atsetatining tabletkalarini har kuni qabul qilish uchun ahamiyatli sifatida baholanmaydi. Taqsimlanishi Ulipristal atsetati yuqori darajada (>98%) plazma oqsillari, shu jumladan albumin, α-1-kislotali glikoprotein, yuqori zichlikdagi lipoproteinlar va past zichlikdagi lipoproteinlar bilan bog‘lanadi. Ulipristal atsetati va uning faol mono-N-demetillangan metaboliti ko‘krak sutiga o‘tadi; ulipristal atsetati uchun ko‘krak suti/plazma uning AUCt nisbati 0,74+/-0,32 ni tashkil etadi. Metabolizmi Ulipristal atsetati tez mono-N-demetillangan va so‘ngra di-N-demetillangan metabolitiga aylanadi. In vitro ma’lumotlar bu jarayon tsitoxrom R450 tizimida 3A4 (CYP3A4) izofermenti ishtirokida yuz berishini ko‘rsatadi. Shundan kelib chiqib, ulipristal atsetatining metabolizmi tsitoxrom R450 orqali bo‘ladi, ulipristal atsetatining chiqarilishiga jigar yetishmovchiligining ta’siri kutiladi, bu uning ta’sirini oshishiga olib keladi. Chiqarilishi Chiqarilishining asosiy yo‘li – ichak orqali, moddaning 10% dan kamrog‘i buyrak orqali chiqariladi. 5 mg yoki 10 mg bir marta qabul qilinganidan keyin ulipristal atsetatining yakuniy yarim chiqarilish davri taxminan 38 soatni tashkil qiladi, o‘rtacha klirensi taxminan soatiga 100 l ni tashkil etadi. In vitro ma’lumotlar, klinik ahamiyatli kontsentratsiyalarda ulipristal atsetati va uning faol metaboliti CYP1A2, 2A6, 2C9, 2C19, 2D6, 2E1 va 3A4 izofermentlarni susaytirmaydi va CYP1A2 izofermentini kuchaytirmaydi. Shunday qilib, ulipristal atsetatini qo‘llash, ushbu izofermentlar ishtirokida metabolizmga uchrovchi dori preparatlarining klirensiga ta’sir qilmasligi kerak. In vitro ma’lumotlar, ulipristal atsetati va uning faol metaboliti R-glikoproteinning (AVSV1) substratlari emasligini ko‘rsatadi.

Ulipristal atsetati bola tug‘ish yoshidagi 18 yoshdan katta ayollarda bachadon miomasining o‘rtacha va og‘ir darajali simptomlarini uzoq vaqtli kursli davolash uchun mo‘ljallangan. Ulipristal atsetati bola tug‘ish yoshidagi 18 yoshdan katta ayollarda bachadon miomasining o‘rtacha va og‘ir darajali simptomlarini operatsiyadan oldingi davolash uchun ko‘rsatilgan.

Har biri 3 oydan ko‘p bo‘lmagan davomiylikdagi kurslarda kuniga 1 marta 5 mg li bir tabletkadan ichga qabul qilinadi. Tabletkalarni ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar qabul qilish mumkin. Davolashni xayz ko‘rish tsiklining birinchi haftasi davomida boshlash kerak: davolashning birinchi kursini xayz ko‘rish tsiklining birinchi haftasi davomida boshlash kerak;takroriy davolash kursini davolashning birinchi kursi tugaganidan keyin hayz ko‘rishning ikkinchi tsiklining birinchi haftasida iloji boricha boshlash kerak. Davolovchi shifokor patsiyentga preparatni qo‘llashdagi tanaffuslar haqida tushuncha berishi kerak. Uzoq muddatli davolashning tekshirilgan davomiyligi 4 kurslik davolashni tashkil qiladi. Doza o‘tkazib yuborilgan holda ulipristal atsetati tabletkasini iloji boricha tezroq qabul qilish kerak. Agar qabul qilish 12 soatdan ko‘proqqa o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, unda o‘tkazib yuborilgan doza qabul qilinmaydi va odatdagi qabul qilish tartibini qayta tiklash kerak.

Xavfsizlik profili Ulipristal atsetatining xavfsizligi III bosqich tadqiqotlar davomida 5 mg yoki 10 mg ulipristal atsetatini qabul qilgan bachadon miomasi bo‘lgan 1053 nafar ayollarda baholangan. Klinik sinovlarda eng ko‘p uchraydigan ko‘rinish amenoreya bo‘lgan (72,2%), u bunday patsiyentlar uchun kutilgan natija hisoblanadi. Eng ko‘p uchraydigan reaktsiya qizish hissini paydo bo‘lishidir. Nojo‘ya reaktsiyalarning aksariyat ko‘pchiligi yengil yoki o‘rtacha yaqqollikda (95,9%) bo‘lgan, preparat bilan davolashni to‘xtatishga olib kelmagan (98,0%) va mustaqil yo‘qolgan. Davolashning takroriy kurslarini xavfsizligi (har bir davolash kursining davomiyligi 3 oydan ko‘p emas) III bosqich doirasidagi ikki tadqiqot jarayonida ulipristal atsetatini 5 mg yoki 10 mg dozada qabul qilgan, bachadon miomasi bo‘lgan 551 nafar ayollarda (shu jumladan davolashning 4 kursidan o‘tgan 457 nafar ayollarda) baholangan. Buning natijasida davolashning bir kursida qayd qilingan havfsizlik proifiliga o‘xshash xavfsizlik profili qayd qilingan. Nojo‘ya reaktsiyalarning ro‘yxati III bosqichning to‘rt tadqiqotlari davomida to‘plangan ma’lumotlarni ko‘rib chiqqan holda  bachadon miomasi bo‘lgan, preparatni 3 oy davomida qabul qilgan patsiyentlarda, quyidagi nohush nojo‘ya reaktsiyalar xaqida xabar berilgan. Noxush nojo‘ya reaktsiyalar MedDRA tasnifiga muvofiq tizim-a’zolar sinfi va paydo bo‘lishining tez-tezligi bo‘yicha berilgan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); noma’lum (mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas). Har bir guruh chegarasida nojo‘ya reaktsiyalari jiddiyligini kamayishi tartibida berilgan.

Ulipristal atsetati yoki har qanday yordamchi moddalaridan biriga o‘ta yuqori sezuvchanlik;Homiladorlik va emizish davri;Qindan noma’lum etiologiyali yoki bachadon miomasi bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha qon ketishlar;Bachadon, bachadon bo‘yni, tuxumdonlar yoki sut bezining rakida qo‘llash mumkin emas.

Boshqa dori preparatlarni ulipristal atsetatining samarasiga mumkin bo‘lgan ta’siri: Gormonal kontratseptivlar Ulipristal atsetati steroid tuzilishga ega va progesteron retseptorlariga nisbatan ko‘proq susaytiruvchi samara bilan progesteron retseptorlarini selektiv modulyatori sifatida ta’sir qiladi. Shunday qilib, gormonal kontratseptivlar va progestagenlar ulipristal atsetatining samaradorligini, progesteron retseptoriga raqobatli ta’siri bilan pasaytirishi mumkin. Shuning uchun progestagenlarni saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi. CYP3A4 izofermenti ingibitorlari CYP3A4 izofermentini o‘rtacha ingibitori eritromitsin propionati (500 mg kuniga 2 marta 9 kun davomida) qo‘llanganidan keyin sog‘lom ayollar-ko‘ngillilarda ulipristal atsetatining Smax va AUC ko‘rsatkichlari muvofiq 1,2 va 2,9 marta oshgan; faol metabolitining AUC ko‘rsatkichi 1,5 marta oshgan, shu vaqtning o‘zida faol metabolitining Smax pasaygan (0,52 marta). CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitori ketokonazolni (400 mg, sutkada 1 marta, 7 kun) qo‘llash fonida ayol-ko‘ngillilarda ulipristal atsetatining Smax va AUC ko‘rsatkichlari muvofiq 2 va 5,9 marta oshishi kuzatilgan. Ulipristal atsetatining faol metabolitini Smax pasayishida AUC ko‘rsatkichini 2,4 marta oshishi aniqlangan (0,53 ­ karrali dinamika). CYP3A4 izofermentining kuchsiz ingibitorlarini qabul qiluvchi patsiyentlarda ulipristal atsetati qo‘llanganida dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. CYP3A4 izofermentini o‘rtacha yoki kuchli ingibitorlarini ulipristal atsetati bilan birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi. CYP3A4 izofermentining induktorlari CYP3A4 izofermentining kuchli induktori rifampitsinni (300 mg sutkada 2 marta, 9 kun) qo‘llash fonida sog‘lom ayol-ko‘ngillilarda ulipristal atsetatining yarim chiqarilish davrini 2,2 marta pasayishi bilan ulipristal atsetatining va uning faol metabolitining Smax va AUC ko‘rsatkichlarini 90% ko‘proqqa yaqqol pasayishi kuzatilgan, bu ulipristal atsetatining ekspozitsiyasini taxminan 10 marta kamayishiga mos keladi. Ulipristal atsetati va CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlarini (rifabutin, rifampitsin, karbamazepin, okskarbazepin, fenitoin, fosfenitoin, fenobarbital, primidon, teshik dalachoy preparatlari, efavirenz, nevirapin, ritonavir – uzoq muddat qo‘llash fonida) birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Me’da shirasining rN ga ta’sir qiluvchi preparatlar Ulipristal atsetatini (kuniga 10 mg) proton pompasining ingibitori ezomeprazol (20 mg kuniga 1 marta 6 kun davomida) bilan birga qo‘llash o‘rtacha Smax ni 65% ga pasayishiga, Tmax ni uzayiishiga (medianadan 0,75 soatdan 1,0 soat gacha) va o‘rtacha AUC ni 13% ga oshishiga olib keladi. Me’da shirasini rN ni oshiruvchi dori preparatlarini bunday ta’siri, ulipristal atsetati tabletkalarini har kuni qabul qilish uchun klinik ahamiyatli deb hisoblanmaydi. Ulipristal atsetatini boshqa dori vositalarining samarasiga mumkin bo‘lgan ta’siri: Gormonal kontratseptivlar Ulipristal atsetati gormonal kontratseptivlarning (faqat progestagen saqlovchi tabletkalar, progestagen-rilizing tizimlar yoki majmuaviy peroral kontratseptivlar) va boshqa ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llanayotgan progestagen preparatlarining ta’siriga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shuning uchun progestagen saqlovchi dori preparatlarni yondosh qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Progestagen saqlovchi preparatlarni ulipristal atsetati bilan davolash to‘xtatilganidan keyin 12 kun davomida qo‘llash mumkin emas. R-glikoprotein substratlari In vitro sharoitdagi ma’lumotlar, klinik ahamiyatli kontsentratsiyalarda ulipristal atsetati me’da-ichak yo‘llarining devorida so‘rilish jarayonida R-glikoproteinning (P-gp) ingibitori bo‘lishi mumkin. Ulipristal atsetati va P-gp substratini bir vaqtda qo‘llash o‘rganilmagan. Ushbu holatda o‘zaro ta’sirni inkor etib bo‘lmaydi. In vivo sharoitda olingan ma’lumotlar P-gp substrati feksofenadinni (60 mg) qabul qilishdan 1,5 soat oldin qo‘llanilgan ulipristal atsetati (10 mg tabletka, bir marta) feksofenadinning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta’sir qilmasligi ko‘rsatilgan. Shunday qilib, ulipristal atsetat va P-gp substratlarini (masalan, dabigatran eteksilati, digoksin, feksofenadin) qo‘llash orasida kamida 1,5 soatlik intervalga rioya qilish tavsiya etiladi.

Ulipristal atsetati faqat sinchiklab tekshirishdan keyin buyuriladi. Davolashni boshlashdan oldin homiladorlikni istisno qilish kerak. Kontratseptsiya Noxush o‘zaro ta’sirlar mumkinligi tufayli, faqat progestagen saqlovchi preparatlar, progestagen-rilizing tizimlari yoki majmuaviy peroral kontratseptivlarni yondosh qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Ulipristal atsetatining terapevtik dozalarini qabul qilayotgan ko‘pchilik ayollarda garchi anovulyatsiya kuzatilsa ham, davolash davomida qo‘shimcha kontratseptsiyaning gormonal bo‘lmagan usullarini ishlatish tavsiya qilinadi. Endometriyni o‘zgarishi Ulipristal atsetati endometriyga spetsifik farmakodinamik ta’sir ko‘rsatadi. Ulipristal atsetatini qabul qilayotgan patsiyentlarda, endometriyning gistologik o‘zgarishlari kuzatilishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar davolash tugatilganidan keyin qaytuvchandir. Bu gistologik o‘zgarishlar “progesteron retseptorlarining modulyatori (RAYES) ni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan endometriydagi o‘zgarishlar” sifatida belgilanadi va ular  yanglishib endometriyning giperplaziyasi sifatida baholanmasligi kerak (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” va “Farmakodinamikasi” bo‘limlariga qarang). Bundan tashqari, davolash davrida qaytuvchan endometriyning qalinligini oshishi aniqlanishi mumkin. Takroriy davolash o‘tkazish hollarida endometriy holatini vaqti­vaqti bilan tekshirib turish tavsiya qilinadi. Bu davolashni to‘xtatish davrida hayz ko‘rish tiklanganidan keyin o‘tkaziladigan har yilgi ultratovush yordamida tekshirishni o‘z ichiga oladi. Agar davolash tugaganidan keyingi davrda hayz ko‘rishlar qayta tiklanganidan keyin yoki davolash kurslari tugaganidan keyin  3 oy o‘tkach va/yoki qon ketishi xarakteri o‘zgarishida (“Qon ketishining xarakteri” ga qarang) endometriyning qalinligi saqlanib qolsa, boshqa kasalliklarni istisno qilish uchun, masalan endometriydagi xavfli o‘sma, endometriy biopsiyani o‘z ichiga olgan muvofiq tekshirishni o‘tkazish kerak. Giperplaziya hollarida (atipiyasiz) standart klinik amaliyot printsiplariga muvofiq monitoring (masalan, 3 oydan so‘ngi nazoratli kuzatuv) o‘tkazish tavsiya qilinadi. Atipik giperplaziya hollarida patsiyentni tekshirishni va kuzatishni standart klinik amaliyot printsiplariga muvofiq o‘tkazish kerak. Har bir davolash kursining davomiyligi 3 oydan oshmasligi kerak, chunki davolash tanaffussiz amalga oshirilgan hollarda endometriyga noxush ta’sirini xavfi noma’lum. Qon ketishining xarakteri Patsiyentlar ulipristal atsetati bilan davolash, odatda davolashni birinchi 10 kuni davomida hayz ko‘rish qon ketishi yoki amenoreyani ahamiyatli darajali pasayishiga olib kelishi xaqida xabardor qilingan bo‘lishlari kerak. Haddan tashqari qon ketishlar saqlanganida patsiyent shifokorga murojaat qilish kerak. Odatda hayz ko‘rish tsikli davolash kursi tugaganidan keyin 4 hafta davomida tiklanadi. Bundan tashqari, takroriy davolash jarayonida qon ketishi jadalligini dastlabki kamayishidan keyin yoki amenoreya yuzaga kelganida qon ketishining o‘zgargan turg‘un yoki kutilmagan ko‘rinishlarida (masalan, hayzlar orasida qon ketishi paydo bo‘lishi) boshqa kasalliklarni (masalan, endometriydagi xavfli o‘sma) istisno qilish uchun, endometriy biopsiyani o‘z ichiga olgan muvofiq tekshirishni o‘tkazish kerak. Uzoq muddatli davolashning tekshirilgan maksimal davomiyligi 4 kurslik davolashni  tashkil qiladi. Buyrak yetishmovchiligi Buyrak yetishmovchiligi ulipristal atsetatining chiqarilishiga ahamiyatli darajali ta’sir qiladi deb taxmin qilishga asos yo‘q. Og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda doimiy kuzatuvsiz ulipristal atsetatini qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Jigar yetishmovchiligi Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda ulipristal atsetatini terapevtik qo‘llashning tajribasi yo‘q. Jigar yetishmovchiligi ulipristal atsetatining chiqarilishiga ta’sir qilishini mumkinligi kutiladi, bu preparatning ta’sirini kuchayishiga olib keladi. Bu yengil darajali jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar uchun ahamiyatli emas. Doimo kuzatishning iloji bo‘lmaganida o‘rtacha yoki og‘ir darajali jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga ulipristal atsetatini buyurish tavsiya qilinmaydi. Yondosh davolash Ulipristal atsetati va CYP3A4 izofermentining o‘rtacha ingibitorlarini (masalan, eritromitsin, greypfrut sharbati, verapamil) yoki kuchli ingibitorlarini (masalan, ketokonazol, ritonavir, nefazodon, itrakonazol, telitromitsin, klaritromitsin) birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Ulipristal atsetati va CYP3A4 izofermentining kuchli induktorlarini (masalan, rifampitsin, rifabutin, karbamazepin, okskarbazepin, fenitoin, fosfenitoin, fenobarbital, primidon, teshik dalachoy preparatlari, efavirenz, nevirapin,ritonavir – uzoq muddat qo‘llash fonida) birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Bronxial astma Peroral glyukokortikoidlar bilan muvofiqlashtirishga berilmaydigan bronxial astmaning og‘ir shakli bo‘lgan ayollarda preparatni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Homiladorlik Ulipristal atsetatini homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Ulipristal atsetatini homiladorlikda qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q yoki cheklangan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar davomida teratogen potentsiali aniqlanmaganligiga qaramasdan, reproduktiv toksikligi bo‘yicha ma’lumotlar yetarli emas. Emizish davri Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda ulipristal atsetatini ko‘krak suti bilan chiqarilishi ko‘rsatilgan. Ulipristal atsetat ko‘krak sutiga o‘tadi. Chaqaloqlarga/kichik yoshdagi bolalarga preparatning ta’siri o‘rganilmagan. Chaqaloqlarga/kichik yoshdagi bolalar uchun xavfni istisno qilib bo‘lmaydi. Ulipristal atsetatini emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Fertillik Ulipristal atsetatini terapevtik dozalarda qabul qilayotgan ko‘pchilik ayollarda anovulyatsiya kuzatilgan. Lekin ulipristal atsetati davomli qo‘llanganida fertillik o‘rganilmagan.

Ulipristal atsetati avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga minimal ta’sir ko‘rsatishi mumkin, chunki ulipristal atsetati qabul qilinganidan keyin yengil bosh aylanishi kuzatilishi mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin!

Ulipristal atsetatining dozasini oshirib yuborilishi bo‘yicha ma’lumotlar cheklangan. 200 mg gacha bir martalik dozalar va 10 kun davomidagi 50 mg har kungi dozalar, ko‘ngillilarning cheklangan soniga buyurilgan, bunda og‘ir darajali yoki jiddiy noxush reaktsiyalar aniqlanmagan.

Retsept bo‘yicha

14 tabletkalar PVX/PE/PVDX – alyumin folgali blisterda. 2 yoki 6 blisterlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

3 yil.