Erius Siropretsept bilan rasmini ko'rish

Preparatning savdo nomi:

Erius® Sirop

Farmakalogik guruhi:

tizimli qo‘llash uchun antigistamin vositalar.

Dori shakli:

sirop.

tizimli qo‘llash uchun antigistamin vositalar.

Aksirish, burundan ajralma ajralishi, qichishish, burunni shishi va bitishi, shuningdek ko‘zlarni qichishishi va qizarishi, ko‘z yoshi oqishi, tanglay qichishishi va yo‘tal kabi allergik rinitlarning simptomlarini yengillashtirish. Qichishish va toshma kabi eshakemi bilan bog‘liq simptomlarni yengillashtirish uchun qo‘llanadi.

Allergik rinit (shu jumladan, uzlukli va doimiy davom etuvchi) va eshakemi bilan bog‘liq simptomlarni yengillashtirish uchun Erius® ni ovqatlanishdan qat’iy nazar quyidagi dozalarda qabul qilinadi: Bolalar: – 6 oylikdan 11 oylikkagacha: 2,0 ml sirop (1 mg dezloratadin) sutkada bir marta*; 1 yoshdan 5 yoshgacha: 2,5 ml sirop (1,25 mg dezloratadin) sutkada bir marta;6 yoshdan 11 yoshgacha: 5,0 ml sirop (2,5 mg dezloratadin) sutkada bir marta; Kattalar va o‘smirlar (≥12 yosh): 10,0 ml sirop (5 mg dezloratadin) sutkada bir marta. Uzlukli allergik rinitni davolashni (simptomlar haftasiga 4 kun yoki 4 xaftadan kamroq) anamnez ma’lumotlari hisobi bilan amalga oshirish kerak, simptomlar yo‘q bo‘lgandan keyin to‘xtatish va ular takroran paydo bo‘lganda qayta boshlash kerak. Doimiy davom etuvchi allergik rinitda (simptomlar xaftasiga 4 kundan ortiq yoki 4 xaftadan ortiq) allergen bilan kontakt davri davomida davolashni davom ettirish kerak. * O‘lchov qoshiqchasi 2,5 ml yoki 5 ml siropni o‘lchash uchun, ya’ni 1 yoshdan oshgan bolalarga dozalash uchun mo‘ljallangan. 1 yoshdan kichik bolalar uchun 2 ml dozani o‘lchash uchun ignasiz 2 ml li plastik shpritsni ishlatish mumkin. Agar Siz preparatni o‘z vaqtida qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, o‘tkazib yuborilgan dozani iloji boricha tezroq qabul qiling. So‘ngra Erius® ni odatdagi vaqtda qabul qilishni davom ettiring. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun Erius® ning ikkita dozasini qabul qilish mumkin emas.

Preparatning faol yoki biron-bir yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Bolalar ololmaydigan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.