Ergolabretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: ergometrin maleati – 0,2 mg; yordamchi moddalar: metilgidroksibenzoat, propilgidroksibenzoat, dinatriy edetati, malein kislotasi, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ergometrin

Preparatning savdo nomi:

Ergolab

Farmakalogik guruhi:

shoxkuya alkaloidlari.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

tiniq, rangsiz suyuqlik.

shoxkuya alkaloidlari.

G02AB03

Ergolab® ichga qabul qilingandan yoki mushak ichiga yuborilgandan keyin tez so‘riladi. Bachadonga ta’siri ichga qabul qilingandan 5-15 minutdan keyin va mushak ichiga yuborilgandan 2-3 minutdan keyin namoyon bo‘ladi. Jigarda metabolizmga uchraydi.

Bachadondan qon ketishi (yo‘ldoshni qo‘l bilan ajratgandan keyin, bevosita tug‘ruqdan keyin va tug‘ruqdan keyingi davrda, kesar kesishdan keyin, abort va boshqalar). Bachadon miomasi (bachadon mushak qavatining xavfsiz o‘smasi) bilan bog‘liq qon ketishlarda qo‘llanadi.

Ichga, mushak ichiga, vena ichiga yoki bevosita bachadon tanasiga (kesar kesishdan keyin) yoki bachadon bo‘yniga (homiladorlik to‘xtatilgandan keyin) – 200-500 mkg buyuriladi. Ichga – 200-400 mkg dan sutkada 2-3 marta, eng yuqori dozasi – 2 mg. Parenteral yuborilganda – 0,1-0,2 mg, eng yuqori dozasi – 1 mg. Parenteral yuborishni ichga qabul qilish bilan navbatma-navbat almashtirish mumkin.

Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, quloqlarda shang‘illash, aritmiyalar, yurak urib ketishi, bradikardiya, ko‘krakda og‘riq, arteriyalarning koronar spazmi, juda kam hollarda miokard infarkti, gipertenziya, vazokonstriktsiya, hansirash, o‘pka shishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, teri toshmalari haqida xabar berilgan.

Homiladorlik, tug‘ruqning I va II davri, sepsis (qonni yiringli yallig‘lanish o‘chog‘idagi mikroblar bilan zararlanishi), yurak va qon tomirlarning og‘ir kasalliklari, jigar va buyrak faoliyatini buzilishlari, tireotoksikoz (qalqonsimon bezi kasalliklari).

Ergolab® preparatining qon tomirlarni toraytiruvchi samarasi simpatomimetiklar qo‘llanilganda kuchayadi. Galotan bilan umumiy anesteziyada Ergolab® preparatining tug‘ruq jarayoniga ta’siri susayishi mumkin. Oksitotsin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda gipertonik kriz rivojlanishi mumkin.

Preparatni faqat ixtisoslashtirilgan statsionar sharoitida, arterial bosim, yurak qisqarishlari tez-tezligi, bachadonning qisqaruvchanlik faoliyatini sinchkov shifokor nazorati ostida yuborish kerak. Homiladorlik va laktatsiya Homiladorlik, tug‘ruqning I davri, homilaning boshchasi tug‘ilguncha tug‘ruqning II davrida qo‘llash mumkin emas. Laktatsiya (emizish) davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

2°S dan 8°S gacha haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin. Muzlatilmasin.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, kuchli chanqoqlik, sovuq hissi, terida sanchish va qichishish, taxikardiya, ongni chalkashishi, tirishishlar va koma. Bo‘lishi mumkin: gipertoniya yoki gipotoniya. Davolash: simptomatik.

Retsept bo‘yicha Ulashish: 5 176 Views

10 ml vena ichiga, mushak ichiga yuborish uchun eritma saqlovchi ampula tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

3 yil.