Erespalretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

100 ml sirop quyidagilarni saqlaydi: Faol  modda: fenspirid gidroxloridi (100 ml da 0,200 g) Yordamchi moddalar: asal ta’mli qo‘shimcha (asal, rom, alkogolyat va asal, atirgul va apelsin gullarining spirtli nastoykalari), chuchukmiya ildizi ekstrakti (lakritsa nastoykasining kontsentrati, glyukoza siropi, arpabodiyon moyi), vanil ekstrakti (vanil qalamchalarining suvli-spirtli nastoykasi), glitserin, metil para-gidroksibenzoati, propil para-gidroksibenzoati, saxarin, saxaroza, kaliy sorbati, distillangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

fenspirid gidroxloridi

Preparatning savdo nomi:

Erespal®

Dori shakli:

sirop

Ushbu preparat bronxial va o‘pka kasalliklarida yutalni davolash va balg‘amni ko‘chirish uchun qo‘llaniladi. Ushbu preparat antibiotiklar bilan davolash o‘rnini bosmaydi va agarda antibiotiklar bilan davolashning zarurati bo‘lsa, uni boshlashni kechiktirmaslik kerak.

Barcha boshqa dori preparatlari kabi, Erespal ham, garchi ular har bir patsiyentda bo‘lmasada, nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarning tez-tezligi quyidagi tartibda keltirilgan: juda keng tarqalgan (10 tadan 1 tada ortig‘ida);tarqalgan (100 tadan 1-10 tagacha);tarqalmagan (1000 tadan 1-10 tagacha);kam (10000 tadan 1-10 tagacha);juda kam (10000 patsiyentdan 1 tasidan kamida),noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida baholashni o‘tkazishning iloji yo‘k).

Siz qabul qilayotgan barcha preparatlar to‘g‘risida shifokorni yoki farmatsevtni muntazam ogohlantirib turing. Ayrim guruh patsiyentlarda qo‘llash xavfsizligi uchun bilishi zarur bo‘lgan yordamchi moddalar ro‘yxati: Saxaroza (bir choy qoshig‘ida 3 g);Parabenlar.

Bu preparat saxaroza saqlaydi, shuning uchun uni fruktozani o‘zlashtiraolmaslikda, glyukozo-galaktozani malabsorbtsiya sindromida, shuningdek saxaroza-izomaltaza tanqisligida (kam uchraydigan metabolik kasalliklar) qabul qilish mumkin emas. Preparatning tarkibida parabenlar (metil para-gidroksibenzoat va propil para- gidroksibenzoat) kiradi, shuning uchun ushbu dori vositasini qabul qilish allergik reaktsiyalarni, shu jumladan kechikkan reaktsiyalarni rivojlanishini qo‘zg‘atishi mumkin. ERЕSPAL preparati bilan davolanganda sedativ preparatlari qabul qilish tavsiya qilinmaydi. ERЕSPAL preparati bilan davolanganda alkogolni iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Bu preparat, ayniqsa davolanish boshida yoki alkogol ichimliklarini qabul qilinganida uyquchanlikni va bosh aylanishni chaqirishi mumkin, bu avtotransportni haydash va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin. Agar Sizda bu nojo‘ya samaralar namoyon bo‘lsa, avtotransportni haydash va mashina qurilmalarini boshqarishdan saqlaning.

Ushbu preparatni homiladorlik vaqtida qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Agar Siz davolash kursi vaqtida homiladorlikni aniqlasangiz, davolashni to‘xtating va shifokorga murojaat kiling, u Sizga boshka preparat buyuradi. Emizish vaqtida ushbu preparatni qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin. 30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

ERЕSPAL® preparatining haddan ziyod dozasi behosdan yutib yuborilgan/ichga qabul qilingan hollarda, darhol bu haqida shifokorga xabar bering yoki yakin oradagi statsionarga murojaat qiling. Doza oshiriib yuborilganda (2320 mg gacha dozalari) quyidagi simptomlar kuzatilgan: uyquchanlik yoki qo‘zg‘alish, ko‘ngil aynishi, qusish, sinusli taxikardiya. ERЕSPAL® preparatiga spetsifik antidotlar ma’lum emas. Doza oshirib yuborilgan hollarda, me’dani yuvish va yurak va nafas faoliyatining monitoringi va buyrak faoliyatini nazorati bilan bir qatorda simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. ERЕSPAL preparatini qabul qilgan vaqtda shubhalar tug‘ilsa, shifokorga murojaat qiling yoki farmatsevtdan maslahat so‘rang.

Shifokor retsept bo‘yicha

3 yil. Ikkilamchi o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin ushbu preparatni ishlatmang.