Erbisolretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: xayvon embrional to‘qimasidan olingan, nogormonal kelib chiqishga ega bo‘lgan tabiiy oqsil bo‘lmagan pastmolekulyar organik birikmalar majmuasi, oligopeptidlar va glikopeptidlar (umumiy 0,07 – 1,0 mg), nukleotidlar, aminokislotalar saqlaydi; yordamchi moddalar: natriy xloridining 0,9% li izotonik eritmasi. Ta’rifi: tiniq yoki biroz opalestsiyalanuvchi rangsiz yoki och-sariq, o‘ziga xos xidli suyuqlik.

Preparatning savdo nomi:

Erbisol

Farmakalogik guruhi:

Immunostimulyatorlar.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma.

Immunostimulyatorlar.

L03A X; Me’da-ichak yo‘llari  va metabolizmga ta’sir qiluvchi moddalar. Gepatotrop preparatlar.

– gastroenterologiya: turli etiologiyali gepatitlar (virusli, nojo‘ya samaralarni chaqiruvchi antibiotiklar, interferonlar, ximiopreparatlar va boshqa kuchli ta’sir qiluvchi dori preparatlarini qo‘llash chaqirgan medikamentoz gepatitlar), reaktiv gepatitlar, steatogepatozlar, jigar tsirrozlari,me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, eroziv gastroduadenitlar, nospetsifik yarali kolit; – toksikologiya: ERBISOL® jigarning dezintoksikatsion faoliyatini kuchaytiradi; – endokrinologiya: qandli diabet, autoimmun tireoidit; – terapiya: o‘pkaning nospetsifik kasalliklari (pnevmoniya, surunkali bronxitlar), o‘pka tuberkulyozi, metabolik distrofiyalar, surunkali charchoqlik sindromi, angiopatiyalar, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash, tomirlar tonusini va qon bilan to‘lishini normallashtirish uchun. ERBISOL® radiatsion ta’sir va ekologik ifloslanish oqibatlaridan jabrlangan shaxslarni majmuaviy davolashda ishlatiladi, preparat yuqorida ko‘rsatilgan patologiyalar qo‘shilganida, organizmning koimpensator va ximoya faoliyatlarini oshirib, yaqqol moslashtiruvchi-to‘g‘rilovchi xususiyatlarga ega. – allergologiya: allergik va autoimmun kasalliklar, bronxial astma, atopik dermatit, atopik rinokon’yunktivitni xam qo‘shib; – stomatologiyada: paradontit; – xirurgiya va travmatologiya: travmatik, operatsiyadan keyingi va yiringli-septik jaroxatlar, sinishlar (suyak siniqlarining konsolidatsiyasini tezlashtirish uchun), turli etiologiyali trofik yaralar, diabetik angiopatiyalar, yotoq yaralar; – gerontologiya: jigar faoliyati, immun, nerv va yurak-tomir tizimining yoshga bog‘liq bo‘lgan funktsional yetishmovchilikda. Jismoniy faollikni oshirish va astenik sindromni yo‘qotish, potentsiyani oshirish uchun; – onkologiya: xirurgik davolashda jaroxatlarni tez bitishi va metastazlanishni oldini olish uchun. Ximio- va radionur davolashda ERBISOL® majmuada gepato-, immunoprotektor va reparant sifatida hamrox preparat kabi, reabilitatsion va kurslar orasidagi davrlarda esa – immunokorrektor va organizmning o‘smaga qarshi ximoyasini faollashtirish uchun reparant sifatida qo‘llanadi.

Dozalash va davolash kursini kasallikning xarakteri va kechishiga qarab shifokor shaxsiy belgilaydi (monoterapiya sifatida yoki majmuaviy davolash tarkibida). ERBISOL® mushak ichiga, vena ichiga, arteriya ichiga, qorin bo‘shlig‘i ichiga yoki o‘sma ichiga har kuni kattalarga 2 – 4 ml dan yuboriladi. Davolash kursi – 20 – 30 kun va organizmning xronoritmlarini xisobga olib, bir martalik yuborishni kechqurin, uyqudan oldin, 21 – 24 soatda, ovqatdan keyin 2 – 3 soat o‘tgach, ikki marta yuborish xolida esa, qo‘shimcha 6 – 9 soatlarda ovqatdan 1 – 2 soat oldin buyuriladi. O‘rtacha kursli doza 40 – 100 ml ni tashkil qiladi. Reaktiv gepatitlar, autoimmun , allergik kasalliklarda xar kuni mushak ichiga 2 ml dan 20 kun davomida buyuriladi. Jaroxatlar, paradontitlarda birinchi 10 kun mushak ichiga 4 ml dan, zarurati bo‘lganda, keyingi 10 kun esa, 2 ml dan buyuriladi. Yoyilgan paradontitlarda qo‘shimcha milkka infiltratsion, applikatsiyalar yoki ERBISOL® ni anoddan (+) milkka yuborish buyuriladi. O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarida va bronxial astmada 1 darajali nafas yetishmovchiligida ERBISOL® mushak ichiga 2 ml dan sutkada 1 marta 21 – 24 soatda birinchi 3 kun davomida, keyin 5 kun 2 ml dan sutkada 2 marta 16 – 18 soatda va 21 – 24 soatda, so‘ngra esa 7 kun – 2 ml dan sutkada 1 marta 21 – 24 soatda yuboriladi. Davolash kursiga xammasi bo‘lib 40 ml kerak. O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarida va bronxial astmada 11 darajali nafas yetishmovchiligida preparat birinchi 3 kun davomida 2 ml dan sutkada 1 marta 21 – 24 soatda, keyingi 10 kunda esa 2 ml dan 2 marta: 16 – 18 soatda va 21 – 24 soatda, so‘ngra 7 kun davomida – 2 ml dan 21 – 24 soatda yuboriladi. Kurs dozasi 60 ml ni tashkil qiladi. 111 darajali nafas yetishmovchiligi bilan tashqi nafas faoliyatining chuqur va qaytmas o‘zgarishlari bilan birga kechuvchi o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari va bronxial astmasi, o‘pka tuberkulyozi bo‘lgan bemorlarda davolash kursiga 80 ml dan kam bo‘lmagan ERBISOL® talab qilinadi. Bu gurux bemorlarga mushak ichiga 2 ml dan sutkada 2 marta buyuriladi: 16 – 18 soat va 21 – 24 soat. Taklif qilingan davolash usuli davolashning asos tartibini to‘ldiradi. Gepatitlarda, steatogepatozlarda, me’da va o‘n ikki barmoq yara kasalligida, nospetsifik yarali kolitda, eroziv gastroduadenitlarda, metabolik distrofiyalarda, to‘qimalarning shikastlanishlarida, travmalarda, sinishlarda (suyak siniqlarining konsolidatsiyasini tezlashtirish uchun), turli etiologiyali trofik yaralarda, yotoq yaralarda, shuningdek reabilitatsion va tiklovchi davolashda jismoniy faollik, organizmning moslashtiruvchi-to‘g‘riloavchi va ximoya faoliyatlarini oshirish uchun, astenik sindromni, surunkali charchoqlik sindromini bartaraf qilish uchun, preparat mushak ichiga 2 ml dan sutkada 2 marta buyuriladi: 6 – 9 soatda va 21 – 24 soatda 20 kun davomida yoki birinchi 3 kun davomida 2 ml dan sutkada 1 sarta 21 – 24 soatda, keyingi 10 kunda esa 2 ml dan ikki marta yuboriladi: 6- 9 saoat va 21 – 24 soat, so‘ngra 7 kun davomida – 2 ml dan 21 – 24 soatda. Qandli diabetda, jigar tsirrozida, autoimmun tireoiditda, bachadon leyomiomasida, xayz ko‘rish oldi sindromida, tuxumdonlar kistasida ERBISOL® mushak ichiga buyuriladi: 3 kun sutkada 1 marta 2 ml dan 21 – 24 soatda, so‘ngra 4 tsikllar bilan, ularning xar biri preparatni xar kuni sutkada ikki marta yuborishni o‘z ichiga oladi: 6 – 9 va 21 – 24 soatlarda 5 kun davomida va 2-kunli tanaffus, unda preparat sutkada bir marta 21 – 24 soatda yuboriladi. Kursli doza 30 kun davomida 100 ml ni tashkil qiladi. Taklif qilingan davolash usuli davolashning asos tartibini to‘ldiradi. Qandli diabetni davolashda 2-nchi kurs bir oy o‘tgach, keyinchalik esa, patsiyentning xolatiga qarab, 2 – 4 oy va ko‘proq o‘tgach takrorlanadi. Jigar tsirrozida 2-nchi va 3-nchi kurslar oldingi kurs tugagandan keyin 2 oy o‘tgach takrorlanadi. Xavfli o‘sma kasalliklarida xamrox preparat sifatida va radionur davolashning reabilitatsiyasida ERBISOL® mushak ichiga xar kuni buyuriladi: radionur davolashdan 2 kun oldin va 2 kun keyin, shuningdek uni o‘tkazishdagi dam olish kunlarida kuniga 1 marta 2 ml dan 21 – 24 soatda, uni o‘tkazish kunlarida esa – kuniga 2 marta 2 ml dan ertalab 6 – 9 soatda va kechqurin 21 – 24 soatda. Ximoterapiyada ERBISOL® xar kuni ximioterapiya kursidan 3 – 6 kun oldindan boshlab mushak ichiga xar kuni, 2 ml dan kuniga 1 marta 21 – 24 soatda buyuriladi, kursgacha 1 – 4 kunlari va ximiopreparat yuborilgandan keyin 3 – 5 kunlar davomida – kuniga 2 marta mushak ichiga 2 ml dan ertalab 6 – 9 soatda va kechqurin 21 – 24 soatda, shundan keyin keyingi 2 – 3 kunlari yana kuniga 1 marta 2 ml dan kechqurin 21 – 24 soatda buyuriladi. Ximiopreparatlarni qabul qilish kunlari 2 ml ERBISOL® preparatini ertalabki mushak ichiga inyektsiyasi o‘rniga, tsitostatikni bevosita xar bir yuborish oldidan va xuddi shu yo‘l bilan, ya’ni vena ichiga yoki arteriya ichiga, yoki o‘sma ichiga, yoki qorin bo‘shlig‘i ichiga, bo‘lib-bo‘lib 4 – 12 ml ERBISOL® yuborish maqsadga muvofiqdir (ximiopreparatlarning yuborish tartibi va dozasiga qarab), 17 soatda esa qo‘shimcha 2 ml ERBISOL® preparati mushak ichiga yuboriladi. Masalan, ximiopreparat vena ichiga tomchilab infuziyasida ximiopereparatning xar 200 ml eritmasini infuziyasi oldidan 2 ml ERBISOL® vena ichiga yuboriladi. Ximiopreparat arteriya ichiga yuborilganda ERBISOL® preparati xuddi shu usulda arteriya ichiga yuboriladi. Regionar ximioterpiyada 4 ml ERBISOL® arteriya ichiga yoki o‘sma ichiga ximiopreparat eritmasini xuddi shunday usulda yuborish oldidan yuboriladi. 2 ml ERBISOL® preparatini qo‘shimchm mushak ichiga yuborish ximiopreparatlarning axamiyatli dozalari yuborilgandan 2 – 3 kun keyin 17 soatda buyuriladi. Patsiyentning gormonal statusiga ta’sir qiluvchi preparatlarni ishlatish bilan ximioterapiya o‘tkazilganda ERBISOL® bunday preparatlar qabul qilingandan keyin kamida 3 soat o‘tgach buyuriladi. Bemorlarning sog‘lom to‘qimalariga ximiopreparatlarning nojo‘ya ta’sirlarini oldini olish masadida, ular bilan birga qabul qilish uchun kerak bo‘lgan ERBISOL® preparatining miqdorini xisoblab, ximiopreparatlarning yuborilayotgan dozasiga qarab o‘tkaziladi: 2 ml ERBISOL® preparatini 25 – 30 mg doksorubitsinni yoki 25 – 30 mg platini preparatlarini, yoki 0,5 – 0,75 mg tsiklofosfanni, yoki 1,0 g 5-ftoruratsilni, yoki ekvivalent toksik ta’sirga ega bo‘lgan boshqa ximiopreparatlarni xar bir yuborish oldidan yuborish ma’qulroq. Qo‘shimcha ma’lumotnomada  ERBISOL® ni ximioterapiya kurslari bilan birga qo‘llash tartibining bir necha misollari keltiriladi. Agarda bemorga ximionur davolash oldidan xirurgik aralashuv o‘tkazilgan bo‘lsa, unda ERBISOL® mushak ichiga 2 ml dan kechqurin ximionur davolash kursini boshlashda 7 – 10 kun davomida, operatsiyadan keyingi 1 – 3 kundan boshlab buyuriladi. Buni shuningdek jigarning yo‘ldosh kasalliklari va/yoki anamnezdagi o‘tkazilgan gepatiti bo‘lgan bemorlarda o‘tikazish ham maqsadga muvofiqdir. Bemorlarning jismoniy xolatini yaxshilash uchun ximioterapiya kursi o‘tkazilgandan keyin 3 – 5 xafta o‘tgach, ERBISOL® ni qo‘llash bilan immunoterapiya kursini o‘tkazish mumkin. Birinchi 3 kun mushak ichiga 2 ml ERBISOL® sutkada 1 marta kechqurin 21 – 24 soatda, keyingi 10 kunda esa sutkada ikki marta buyuriladi: ertalab 6 – 9 soatda va kechqurin 21 – 24 soatda, so‘ngra 7 kun davomida – 2 ml dan kechqurin 21- 24 soatda yoki 2 ml dan sutkada ikki marta: 6 – 9 soatda va 21 – 24 soatda 20 kun davomida buyuriladi.

Xoletsistit6: Biliar tizimining faoliyatini normallashtiruvchi davoshlash bilan uyg‘unlashadi. Gipertoniya: ERBISOL® 2 ml dan kuniga 1 marta kechqurin, zo‘rayganda – 2 ml dan 2 kunda bir marta buyuriladi. MIY ning yara kasalligi: Eradikatsion antixelikobakterli davolash bilan uyg‘unlashadi. Me’daning yuqori kislotaligida antisekretantlarni qo‘llash kerak (N2-gistamin retseptorlarining  va proton nasoslarining blokatorlari), antatsid preparatlar. Qandli diabet: Preparatni qo‘llashni 2-nchi kursidan boshlab, qonda qandning darajasini nazorat qilish kerak. Uni turg‘un pasayishi xolida qandni pasaytiruvchi preparatlarning dozasini biroz pasaytirish mumkin. Autoimmun agressiya mavjulgigida, boshida, uni to‘xtatish maqsadida, asosiy kursga qo‘shimcha ERBISOL® 2 ml dan kuniga 1 marta 21 – 24 soatda 5 – 7 kun davomida buyuriladi. Arterial bosim oshganda, shuningdek patologik jarayonning zo‘rayish bosqichida preparatning dozasini kamaytirib, ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

4 – 12oS xaroratda saqlansin.

Maxsus davolashni talab qilmaydigan qisqa muddatli yuqori qo‘zg‘aluvchanlik bo‘lishi mumkin.

Retsept bo‘yicha

1 ml yoki 2 ml dan 10 ampula.

5 yil. Saqlashda opalestsentsiya paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.