Enzim ATM rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: pankreatin – 212,5 mg. yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, kolloid kremniy dioksidi, natriy kraxmal glikolyati, magniy stearati, natriy kroskarmelloza.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

pankreatin

Preparatning savdo nomi:

Enzim ATM

Farmakalogik guruhi:

Ferment.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

oq rangli, ikki yoqlama qavariq, hidsiz, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Ferment.

A09AA02

Me’da osti bezining tashqi sekretor yetishmovchiligini o‘rinbosar davolash: surunkali pakreatit, pankreatektomiya, nurlanishdan keyingi holat, dispepsiya, mukovistsidoz; meteorizm, noinfektsion genezli diareya, Remxeld sindromi (gastrokardial sindrom) uchun qo‘llanadi. Ovqatni hazm qilishining buzilishlari (me’da va ingichka ichakning rezektsiyasidan keyingi holat), me’da-ichak yo‘llarining faoliyati me’yoriy bo‘lgan shaxslarga ovqatlanishdagi xatoliklarda ovqat hazm bo‘lishini yaxshilash uchun (yog‘li ovqat, ko‘p miqdorda ovqat iste’mol qilish, nomuntazam ovqatlanish) va chaynash faoliyatining buzilishlar, kam harakatli turmush tarzi, uzoq muddatli immobilizatsiyada ham qo‘llanadi Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining rentgenologik va ultratovush tekshirishlarga tayyorlash uchun buyuriladi.

Allergik reaktsiyalar. Kam hollarda – diareya, qabziyat, me’da sohasida diskomfort, ko‘ngil aynishi (bu reaktsiyalarni pankreatinning ta’siri bilan sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan, chunki ko‘rsatilgan holatlar me’da osti bezining tashqi sekretor yetishmovchiligi belgilariga taalluqli). Uzoq vaqt yuqori dozalarda qo‘llanganida giperurikozuriya, giperurikemiyani rivojlanishi mumkin. Mukovistsidozda pankreatinning kerakli dozalari oshirib yuborilgan hollarda ko‘tariluvchi chambar ichakning ileotsekal bo‘limida strikturlar (fibrozli kolonopatiya) rivojlanishi mumkin. Pankreatin bolalarda yuqori dozalarda qo‘llanganida perianal ta’sirlanish va og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatini ta’sirlanishi paydo bo‘lishi mumkin.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, o‘tkir pankreatit, surunkali pankreatitning zo‘rayishi, buyrak yetishmovchiligi, gepatit, mexanik sariqlik, o‘t-tosh kasalligi, o‘t pufagining empiyemasi, ichak tutilishi, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati. 3 yil.

Simptomlari: giperurikozuriya, giyeprurikemiya. Bolalarda – qabziyat kuzatilishi mumkin. Davolash: preparatni bekor qilish, simptomatik davolash.

Retseptsiz

10 ta tabletkadan PVX/alyumin folga kontur uyali o‘ramda. 10 ta kontur-uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.