Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
1 ampula (2 ml) eritma saqlaydi: Faol modda: 500 mg tsitikolin (natriyli tuzi ko‘rinishida); Yordamchi moddalar: inyektsiya uchun suv.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
Tsitikolin
Preparatning savdo nomi:
Entsefakolin
Farmakalogik guruhi:
Nootrop preparatlar va psixostimulyatorlar.
Nootrop preparatlar va psixostimulyatorlar.
Preparat vena ichiga yoki mushak ichiga qo‘llanadi.
Vena ichiga sekin inyektsiya shaklida (buyurilgan dozaga qarab 3-5 minut davomida) yoki vena ichiga tomchilab (minutiga 40-60 tomchi) yuborish buyuriladi.
Kattalar uchun tavsiya qilingan doza bemorning holatiga qarab, sutkada 500-2000 mg ni tashkil qiladi.
Maksimal sutkalik doza – 2000 mg.
O‘tkir va shoshilinch holatlarda maksimal terapevtik samaraga preparatni birinchi 24 soatda buyurilganida erishiladi.
Davolash davomiyligi bemorning holatini og‘irligiga bog‘liq bo‘ladi va keyinchalik mushak ichiga yuborish yoki ichga qabul qilishga o‘tish bilan 5-7 kunni tashkil qiladi.
Vena ichiga yuborish yo‘li mushak ichiga yuborish yo‘lidan afzalroqdir.
Mushak ichiga yuborilganda preparatni aynan bir joyga takror yuborilishidan saqlanish kerak.
Ongni uzoq muddatli buzilishlarida preparatni kasallikning birinchi bosqichlaridan boshlab uzluksiz qo‘llash kerak.
Yuborishlar soni – kuniga 1-2 inyektsiya.
Maksimal terapevtik samara aniqlanadigan davolashning tavsiya qilingan muddati 12 haftani tashkil qiladi.
Keksa yoshdagi patsiyentlar uchun dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi.
Preparat vena ichiga yuboriladigan barcha infuzion eritmalar, shuningdek glyukozaning gipertonik eritmalari bilan mutanosib.
Ushbu eritma bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Eritmani ampula ochilganidan keyin darhol yuborish kerak.
Ishlatilmagan eritmani yo‘qotish kerak.
Zarurati bo‘lganida davolash peroral qo‘llash uchun eritma shaklidagi preparat bilan davom ettiriladi.
Juda kam (<1/10000) (patsiyentlarning xabarlarini ham qo‘shib).
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: kuchli bosh og‘rig‘i, vertigo, gallyutsinatsiyalar.
Yurak-tomir tizimi tomonidan: arterial gipertenziya, arterial gipotenziya.
Nafas tizimi tomonidan: hansirash.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Teri tomonidan: giperemiya, allergik toshmalar, ekzantema, purpura, eshakemi.
Umumiy reaktsiyalar: et uvishishi, shish.
Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
Parasimpatik nerv tizimining yuqori tonusi.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar (ma’lumotlarni yo‘qligi tufayli).
Meklafenaksat saqlovchi preparatlarni qo‘llanishi.
Meklofenoksat saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Levodopaning samarasini kuchaytiradi.
Persistirlovchi kalla suyagi ichki qon ketishi holida preparatni juda sekin vena ichiga infuziya (minutiga 30 tomchi) ko‘rinishida yuborish va sutkalik dozani 1000 mg dan oshirmaslik tavsiya qilinadi.
Homilador ayollarda tsitikolinni qo‘llash bo‘yicha yetarli ma’lumotlar yo‘q.
Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida, faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila yoki bola uchun mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgan holda qo‘llash mumkin.
Tsitixolinni ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma’lumotlar yo‘q.
Bolalar: Preparatni bolalarda qo‘llash bo‘yicha yetarli ma’lumotlar yo‘q.
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Ma’lum emas.
Preparatning kam zaharliligini hisobga olib, terapevtik dozalar ta’sodifan oshirilganida ham, zaharlanishning ehtimoli kam.
Retsept bo‘yicha
Inyektsiya uchun eritma, 2 ml dan ampulalarda.
№5, №10.