Enterol 250 rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir paket quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: bulardi Saxaromitsetlarining CNCM-I745 liofilizatsiya qilingan achitqilari 250,0 mg, laktoza monogidrati 32,5 mg, yordamchi moddalar: fruktoza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, “Tutti-frutti” ta’m qo‘shimchasi (maltodekstrin, sorbitol, vanilin, izoamilatsetat, metilbutirat, “Apelsin” hushbo‘yi, “Limon” hushbo‘yi, kontsentratsiyalangan olma sharbati).

Preparatning savdo nomi:

Enterol 250

Farmakalogik guruhi:

diareyaga qarshi vositalar

Dori shakli:

peroral qo‘llash uchun eritma tayyorlash uchun dozalangan kukun

och-jigarrang rangli, meva hidli kukun.

diareyaga qarshi vositalar

A07F A02.

Preparat qabul qilingandan keyin yo‘g‘on ichakda Saccharomyces boulardii ning yuqori kontsentratsiyasiga erishiladi, u 24 soat davomida tutib turiladi. Saccharomyces boulardii tizimli qon oqimi va mezenterial limfatik tugunlarga kirmaydi. Davolash tugaganidan keyin Saccharomyces boulardii axlat bilan 3-5 kun davomida to‘liq chiqariladi.

kattalar va bolalarda bakterial etiologiyali o‘tkir va surunkali diareyavirusli etiologiyali o‘tkir diareyaichak disbakteriozisayohatchilar diareyasini oldini olish va davolashOITS bilan assotsiatsiyalangan diareyaantibiotiklarni qabul qilish chaqirgan kolit va diareyani oldini olish va davolashta’sirlangan yo‘g‘on ichak sindromisoxtamembranoz kolit va Clostridium difficile bilan bog‘liq kasalliklardavomli enteral oziqlantirish bilan bog‘liq diareyada qo‘llanadi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar: shifokor kuzatuvi ostida kuniga ko‘pi bilan 1 paketcha. Paketcha ichidagisi bevosita qo‘llashdan oldin bir stakan iliq sutda yoki iliq suvda eritiladi yoki bolaga ovqat bilan beriladi. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 paketcha kuniga 1-2 marta. Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar: 1-2 paketchadan kuniga 2 marta. Tavsiya etilgan davolash kursi o‘tkir diareya – 3-5 sutka;surunkali diareya sindromi, ta’sirlangan yo‘g‘on ichak sindromini davolash – 10-14 sutka;antibiotik bilan assotsiatsiyalangan diareya va soxtamembranoz kolitni oldini olish va davolash – antibiotiklar bilan davolash kursi davomida sutkada 2 marta 2 paketcha dozada antibiotiklar bilan birga buyuriladi.

Kam hollarda: markaziy venoz kateteri bo‘lgan gospitalizatsiya qilingan patsiyentlarda fungemiya. Juda kam hollarda: meteorizm, preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik tufayli qichishish ko‘rinishidagi allergik reaktsiya.

preparatning komponentlaridan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik (allergiya)markaziy venoz kateteri bo‘lgan patsiyentlargalaktozemiya, laktoza yetishmovchiligi, glyukoza va galaktoza malabsorbtsiyasi sindromi qo‘llash mumkin emas.

Peroral yoki parenteral buyurilgan zamburug‘larga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qabul qilinmasin.

Enterol® 250 ni juda issiq (50°S dan yuqori) yoki juda sovuq ovqat yoki suyuqlik bilan aralashtirish mumkin emas. Alkogol bilan birga qabul qilinmasin. Agar 2 kun davomida diareya to‘xtamasa, preparatni keyinchalik qo‘llash yuzasidan shifokor bilan maslahatlashish kerak. Suv-tuz muvozanatini tiklash uchun eritmalarni qo‘llash zarur. Regidratatsion eritmaning xajmi yo‘qotilgan xajmga ekvivalent bo‘lishi kerak, ya’ni 1 kg tana vazniga 50-100 ml. O‘tkir yoki davomli diareya, qusish yoki ovqatlanishdan saqlanish holatlarida suv muvozanatini tiklash usullarini tanalash kerak – peroral yoki parenteral. Kapsula va paketchalarning butunligini buzilishlarida markaziy venoz kateteri bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llaganda kolonizatsiya natijasi tufayli fungemiya xavfi paydo bo‘ladi. Markaziy venoz kateteri bo‘lgan bemorlarda gematogen zamburug‘li infektsiya paydo bo‘lishi haqida xabar berilgan (ushbu holatda Saccharomyces boulardii qo‘llanilmagan). Ko‘pincha buning oqibati bo‘lib gipertermiya hisoblanadi, qon sinamalarida Saccharomyces mavjudligi aniqlangan. Ushbu simptomlar zamburug‘larga qarshi davolash va kateterni olib tashlangandan keyin o‘tib ketadi.

Enterol® 250 ni homiladorlik va laktatsiya davrida faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila yoki bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Saccharomyces boulardii tizimli qon oqimiga so‘rilmaydi, shuning uchun dozani oshirib yuborilishi uchun sabab yo‘q. Dozani oshirib yuborilgan holatlarda biron-bir choralar talab etilmaydi.

Retseptsiz

765,0 mg preparat alyumin folga/polietilen plyonka/bosma qog‘ozli ikkilangan paketlarga joylanadi. 10 paketdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

3 yil