Enterokind rasmini ko'rish

Tarkibi:

100 g eritma quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 10 g Chamomilla dil. D6, 10 g Cina dil. D6, 10 g Colocynthis dil. D6, 10 g Lak defloratum dil. D6, 10 g Magnesium chloratum dil. D6, yordamchi moddalar: ksilitol, glitserin 85%, tozalangan suv.

Preparatning savdo nomi:

Enterokind

Farmakalogik guruhi:

gomeopatik vositalar.

Dori shakli:

eritma

tiniq, rangsiz, qovushqoq eritma

gomeopatik vositalar.

Kichik yoshdagi va emizikli bolalarda qorin dam bo‘lishi va “bolalar” sanchiqli og‘rig‘ida qo‘llanadi.

6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kasallikning o‘tkir simptomlarida har soatda 3 tomchidan, 6 martadan ko‘p emas. Simptomlar kamayganidan keyin 3 tomchidan kuniga 3 marta. Tomchilarni yutishdan oldin og‘izda ozgina tutib turib, ovqatlanishdan yarim soat oldin yoki yarim soat keyin qabul qilish kerak. Zarurati bo‘lganida tomchilarni oz miqdordagi suv bilan aralashtirish mumkin. Enterokindni ovqat va ichimliklar bilan birga qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Farzandingizga preparatning o‘tkazib yuborilgan qabulini o‘rnini bosish uchun ikki barobar dozani bermang.

Hozirgi vaqtgacha noma’lum. Agar Siz farzandingizda preparatni qabul qilganidan keyin nojo‘ya samaralarning belgilari paydo bo‘lgan deb o‘ylasangiz, shifokoringizga xabar bering.

Preparatga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Hozirgi vaqtgacha noma’lum. Agar farzandingiz boshqa dori vositalarini qabul qilgan yoki qabul qilayotgan bo‘lsa shifokoringizni xabardor qiling.

Gomeopatik dori vositalari qo‘llanganida kasallikning belgilari vaqtinchalik birlamchi yomonlashishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni bekor qilish va shifokorga murojaat qilish kerak. Agar Siz farzandingiz yetarlicha Enterokindga javob bermayotganini sezgan bo‘lsangiz, yoki unda kutilmagan simptomlar paydo bo‘lgan bo‘lsa, iltimos shifokorga murojaat qiling. Preparat oz miqdorda alkogol (bir dozada kamida 100 mg) saqlaydi. Preparatni o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Alohida sharoit talab qilmaydi. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Hozirgi vaqtgacha noma’lum.

Retseptsiz

Ichga qabul qilish uchun tomchilar, 20 ml dan eritma shisha flakonlarda.

5 yil.