Enterojermina rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir flakonda (5 ml) quyidagilar saqlanadi: faol modda: antibiotiklarga polirezistent Bacillus clausii sporalari – 2 milliard; yordamchi moddalar: tozalangan suv – 5 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

yo‘q

Preparatning savdo nomi:

Enterojermina

Farmakalogik guruhi:

diareyaga qarshi vositalar.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun suspenziya.

opalestsent, oqish, o‘ziga xos hidli suyuqlik.

diareyaga qarshi vositalar.

A07FA.

Enterojermina® preparati o‘zining tarkibi bo‘yicha kimyoviy modda emasligi, me’da-ichak yo‘llarida qolishi kerak bo‘lgan bakteriyalarning sporalari bo‘lganligi tufayli, preparatning so‘rilishi, taqsimlanishi, metabolizmi va chiqarilishini bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishni zarurati yo‘q (ADME tadqiqotlari).

– Oziq ovqat bilan zaharlanish yoki ichak mikroflorasining buzilishlari va avitaminoz (ichakda vitaminlarning so‘rilishi va o‘zlashtirilishi buzilishining oqibati) bilan bog‘liq me’da-ichakni buzilishlari sababli kelib chiqadigan ichak disbakteriozini davolash va profilaktikasi. – Antibiotiklar yoki kimyoterapevtik vositalar bilan davolash vaqtida o‘zgargan ichak mikroflorasini tiklash bo‘yicha davolash. – Kattalar va bolalarda o‘tkir me’da-ichak buzilishlari (shu jumladan bakteriya yoki viruslar chaqirgan infektsiyalar). – Turli xil kasalliklarga yondosh bo‘lgan ichak disbakteriozini davolash, shu jumladan ovqat hazm qilish yo‘llarining zararlanishi (me’da va o‘n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi, pankreatit, xoletsistit, jigar va safro chiqarish yo‘llarining surunkali kasalliklari va h.k.) da qo‘llanadi.

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

Preparatni qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan toshma va eshakemi kabi allergik reaktsiyalar haqida xabarlar bor.

Ta’sir qiluvchi modda yoki preparatning ingrediyentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik.

Boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilish natijasida dorilar bilan o‘zaro ta’siri aniqlanmagan.

Enterojermina® flakonlarida ko‘rinarli kiritmalarning bo‘lishi Bacillus clausii ning sporalarini agregatlari bilan bog‘liq, shuning uchun bu preparatni o‘zgarishlarga uchraganligini birdirmaydi. Flakonni qo‘llash oldidan silkiting. Ushbu preparatni tseliakiyada (yoki glyuten kasalligida) qo‘llashga qarshi ko‘rsatma yo‘q.

Ushbu dori preparatini homiladorlik va emizish vaqtida qabul qilish mumkin.

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishining klinik ko‘rinishlari qayd etilmagan.

Retseptsiz

5 ml dan polietilen flakonda. 10 yoki 20 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

2 yil. Flakon ochilganidan keyin, suspenziyaning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun dori vositasini darhol ishlatish kerak.