Enteroflorid rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar – (108) o‘sish muhitida kamida yuz million liofil quritilgan tirik xujayralar – normal ichak mikroflorasining komponentlari: bifidobakteriyalar 10 million (107) dan kam emas, laktobakteriyalar – 107 dan kam emas, ichak tayoqchasi E-Coli M-17 – 107 dan kam emas va fetsium enterokokklar – 107 dan kam emas; yordamchi moddalar: inulin, fruktooligosaxaridlar (FOS), laktoza, kraxmal.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

normal ichak mikroflorasining komponentlari eubiotik mikroblar kompleksi:

Preparatning savdo nomi:

Enteroflorid

Farmakalogik guruhi:

ichak mikroflorasi regulyatori – eubiotik.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun kapsulalar

“01” o‘lchamli fil suyagi rangidagi sarg‘ish kapsulalar.

ichak mikroflorasi regulyatori – eubiotik.

A07FA

Enteroflorid me’da-ichak yo‘llarining quyidagi kasalliklari bo‘lgan kattalar va uch yoshdan oshgan bolalarni davolash uchun mo‘ljallangan: Turli etiologiyali, shu jumladan antibiotiklar va sulfanilamid preparatlarini qo‘llash natijasida paydo bo‘lgan disbakteriozlar. O‘tkir  va surunkali enterokolitlar; Ichak disfunktsiyasi yoki patogen va shartli patogen mikroorganizmlarni ajralib chiqishi. O‘tkir  ichak kasalliklarini o‘tkazgan bemorlardagi rekonvalestsentlik davrida qo‘llanadi.

Enteroflorid ichga, ovqatdan 20-30 minut oldin, oz miqdordagi xona haroratida bo‘lgan qaynatilgan suv bilan birga qabul qilinadi. Kattalarga kunda 3-4 kapsula, 3 yoshdan – 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kunda 2 kapsula buyuriladi. Kichik yoshdagi bolalarga preparat buyurilganda kapsula ichidagisi 1-2 choy qoshiq xona haroratidagi qaynagan suvda eritiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Bolalar olingan aralashmani biroz shirinlashtirilgan suv yoki sovuq choy bilan qabul qiladilar. Enteroflorid bilan davolash kursining davomiyligi kasallikning klinik ko‘rinishlarini og‘irligi, bemorning yoshiga qarab belgilanadi va 2-4 haftani tashkil qiladi. Oldini olish maqsadida, yoshga qarab, kunda 1-2 kapsuladan 5-10 kun davomida buyuriladi.

Preparat qo‘llanilishining birinchi kunlarida asta sekin yo‘qolib boruvchi meteorizm kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar yo‘q.

Boshqa dori vositalari bilan birga qo‘llanganda sodir bo‘ladigan nojo‘ya holatlar mavjud emas.

Laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilsin.

Qarshi ko‘rsatmalar yo‘q.

Quruk, yorug‘likdan himoyalangan joyda, +250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Dozani oshirib yuborilishi haqida ma’lumotlar yo‘q.

Retseptsiz

10 kapsuladan blister o‘ramda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

2 yil.