Entenorm rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 2 milliard Lactobacillus acidophilus tirik xujayralari – 9,0 mg, Lactobacillus rhamnosus – 5,0 mg, Yogurt kulturasi (Streptococcus thermophilus va Lactobacillus delbrueckii ssp.bulgaricus)– 20,0 mg; yordamchi moddalar: quruq sut zardobi, laktoza, magniy stearati, askorbin kislotasi. kapsula qobig‘i saqlaydi: jelatin.

Preparatning savdo nomi:

Entenorm

Farmakalogik guruhi:

Eubiotiklar. Ichak mikroflorasini boshqaruvchi vositalar.

Dori shakli:

kapsulalar

oq yoki sarg‘ish-oq rangli kukun (to‘qroq granulalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi) bilan to‘ldirilgan och-sariq rangli qattiq jelatin kapsulalar.

Eubiotiklar. Ichak mikroflorasini boshqaruvchi vositalar.

A07FA51.

Entenorm kattalar va bolalarda turli etiologiyali disbakteriozlarni (asosan antibiotiklarni qabul qilish va ximioterapiya chaqirgan) oldini olish uchun; o‘tkir va surunkali gastroenterokolitlarda va kolitlarda, diareyada, meteorizmda; antibiotiko-, ximio- va nur bilan davolash vaqtida va davolagandan keyin; allergik kasalliklarni majmuaviy davolash tarkibida buyuriladi.

Kattalarga va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarga kuniga 1 kapsuladan ovqatlanish vaqtida buyuriladi. Davolash uchun: 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – kuniga ½ kapsula ovqatlanish vaqtida (kapsulaning ichidagisi ovqat yoki suyuqlikning oz miqdori bilan aralashiriladi); 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: 1-2 kapsula ovqatlanish vaqtida; 3 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: 1 kapsuladan kuniga 3 marta ovqatlanish vaqtida buyuriladi, davolash davomiyligi – 20-30 kun; Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarga: 1-2 kapsuladan kuniga 3 marta ovqatlanish vaqtida buyuriladi, davolash davomiyligi 25-30 kun. Zarurati bo‘lganida preparatni qabul qilishni takrorlash mumkin.

Jelatin kapsulalari va preparatning tarkibiga kiruvchi komponentlarga shaxsiy yuqori sezuvchanlik. Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya ko‘rinishlar paydo bo‘lgan hollarda, patsiyent shifokorga murojaat etishi kerak.

Aniqlanmagan.

Sulfanilamidlar, antibiotiklar, metronidazol va boshqa antibakterial preparatlar bilan majmuaviy davolashda qo‘llanadi.

Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun laktoza-galaktozani nasliy o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan patsiyentlarda Entenormni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin.

2-10°S haroratda sovutgichda saqlansin. Vizual ko‘rikda biron-bir nuqson aniqlangan holatlarda preparatni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi holatlari kuzatilmagan.

Retseptsiz beriladi

20 kapsula polietilen flakonda.

3 yil.