Endoferonretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: akridonsirka kislotasi 50 mg; immunomodulin 0,1 mg. yordamchi moddalar: N-metilglyukamin 38,5 mg; rux xloridi 0,021 mg; inyektsiya uchun suv 1 litrgacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

akridonsirka kislotasi, immunomodulin.

Preparatning savdo nomi:

Endoferon

Farmakalogik guruhi:

Immunomodulyatsiyalovchi vosita.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma.

tiniq, yashil-sarik rangli eritma.

Immunomodulyatsiyalovchi vosita.

Tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Ma’lumotlar keltirilmagan.

IFNα/β va IFNγ interferonlarning induktori sifatida, viruslarga qarshi, yallig‘lanishga qarshi, gepatoprotektor va immunomodulyatsiya qiluvchi vosita sifatida surunkali V va S gepatitlarda, gerpetik va boshqa virusli infektsiyalarda, shuningdek infektsion kasalliklar va holatlarda immun tizimi buzilishlarini tuzatish uchun qo‘llanadi.

Surunkali S va V gepatiti va gerpes virusli infektsiyalari bo‘lgan bemorlarda Endoferonning klinik sinovlari o‘tkazilgan vaqtda nojo‘ya samaralar kuzatilmagan. Kam hollarda preparatni qo‘llash fonida bosh og‘rig‘i, holsizlik, bo‘g‘imlar va mushaklarda og‘riq, ko‘ngil aynishi yuz berishi mumkin, ular preparat bekor qilinganidan keyin bartaraf etiladi. Allergik reaktsiyalar aniqlanmagan, preparatning komponentlariga reaktsiya kuzatilishi mumkin. Endoferon taklif etilgan sxema bo‘yicha klinik qo‘llanganda xavfsizdir.

– preparatga va preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik; – dekompensatsiya bosqichidagi jigar tsirrozi; – homiladorlik; – laktatsiya davri; – 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘rmirlarda (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan) qo‘llash mumkin emas.

Antibiotiklar va bazis davolashning boshqa preparatlari bilan mutanosib.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, +25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Transportirovka qilish Dav.Stan. 17768-90 Ye ga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi to‘g‘risida xabarlar kelib tushmagan. Doza oshirib yuborilgan hollarda simptomatik davolashni buyurish kerak.

Retsept bo‘yicha

Inyektsiya uchun eritma, 1-2 ml dan ampulalarda.

2 yil.