Emoproksretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 10 mg metiletilpiridinol gidroxloridi; yordamchi moddalar: dinatriy gidrofosfat dodekagidrati, kaliy digidrofosfati, gipromelloza, natriy benzoati, suvsiz natriy sulfiti, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

metiletilpiridinol

Preparatning savdo nomi:

Emoproks

Farmakalogik guruhi:

Oftalmologiyada qo‘llanadigan vositalar. Ko‘z kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan boshqa preparatlar.

Dori shakli:

ko‘z tomchilari

och jigarrang-sariq rangli tiniq eritma.

Oftalmologiyada qo‘llanadigan vositalar. Ko‘z kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan boshqa preparatlar.

S01XA

Emoproks ko‘z tomchilari qo‘llanganida faol modda tizimli qon oqimiga biologik faol kontsentratsiyalarda tushmaydi. Ko‘z to‘qimalarida terapevtik kontsentratsiyasiga bir marta tomizilganida erishiladi. Emoproks a’zolar va to‘qimalarda to‘planmaydi. Qo‘llanganidan so‘ng birinchi ikki soat davomida metiletilpiridinolning qondagi kontsentratsiyasi tez pasayadi, 24 soatdan keyin dori vositasi qonda aniqlanmaydi. Ko‘z to‘qimalarida Emoproksning kontsentratsiyasi qondagiga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi.

Preparat quyidagi holatlarda qo‘llanadi: shox pardaning yallig‘lanishi va kuyishini oldini olish va davolash uchun;ko‘zning old kamerasiga qon quyilishini davolash uchun;og‘ir darajadagi miopiyada to‘r pardaning distrofik o‘zgarishlarida, diabetik retinopatiyada;kontakt linzalar taqilganida shox pardani himoya qilish uchun;yuqori jadallikdagi yorug‘likni (lazer va quyosh nurlaridan kuyish, lazerokoagulyatsiya) ta’sirida ko‘z to‘r pardasini himoya qilish uchun;keksa yoshdagi shaxslarda skleraga qon quyilishini oldini olish va davolash uchun qo‘llanadi.

Faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Preparat kon’yunktiva bo‘shlig‘iga 1-2 tomchidan kuniga 2-3 marta tomiziladi. Davolash kursining davomiyligi kasallikni kechishiga bog‘liq (odatda 3-30 kunni tashkil etadi) va shifokor tomonidan belgilanadi. Zarurati bo‘lganida va preparat yaxshi o‘zlashtirilganida davolash kursi 6 oygacha davom ettirilishi mumkin. Davolash kursi yiliga 2-3 marta takrorlanishi mumkin. Flakonning ichidagisini mikroblar bilan ifloslanishidan saqlanish uchun tomchilagichning uchini biron-bir yuzalarga tegishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Kon’yunktivani achishish hissi, qichishish, qisqa muddatli giperemiyasi, kam hollarda  – mahalliy allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

metiletilpirilidinolga yoki preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.

Boshqa oftalmologik dori vositalarini bir vaqtda qo‘llash zarurati bo‘lganida Emoproks preparatini avvalgi dori vositalari to‘liq so‘rilganidan so‘ng (kamida 10-15 minutdan keyin) oxirida tomizish kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Homiladorlikda Emoproks preparatini qo‘llash mumkin emas. Laktatsiya (emizish) davrida ko‘rsatmalarga qarab preparatni (ehtiyotkorlik bilan) qo‘llash mumkin. Pediatriyada qo‘llanishi 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda Emoproks preparatini qo‘llash samaradorligi va havfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun ushbu yoshdagi patsiyentlar guruhida Emoproksni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparat qo‘llanganida so‘ng ko‘rish o‘tkirligi vaqtinchalik yo‘qoladigan patsiyentlar diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi potentsial havfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanishlari kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Flakon ochilganidan so‘ng preparat 28 kun davomida ishlatilsin.

Dozani oshirib yuborilish holatlari qayd etilmagan.

Retsept bo‘yicha

Ko‘z tomchilari 5 ml dan tiqin-tomchilagich va himoya halqasi bilan ta’minlangan, buraladigan himoya qopqoqli polietilen flakonda. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.