Emoksipin – Belmedretsept bilan rasmini ko'rish

Preparatning savdo nomi:

Emoksipin – Belmed

Farmakalogik guruhi:

Antigipoksantlar va antioksidantlar. Angioprotektorlar, mikrotsirkulyatsiya korrektorlari.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma 10 mg/ml

tiniq, rangsiz eritma.

Antigipoksantlar va antioksidantlar. Angioprotektorlar, mikrotsirkulyatsiya korrektorlari.

N07XX.

Oftalmologiyada: markaziy xorioretinal distrofiyalar, yuqori darajadagi miopiyada to‘r pardaning distrofik o‘zgarishlari, diabetik retinopatiya, to‘r pardaning markaziy venasi va uning shoxlarini okklyuziyasi, glaukoma (operatsiyadan keyingi davrda), turli genezli optikoneyropatiyalar, gemoftalmlar, gifemalar, keratitlar, keratokonus, uveitlar, shox pardani (kontakt linzalar qo‘yilganida) himoyasi va yuqori jadallikdagi yorug‘lik ta’siridan (lazer va quyosh nurlaridan kuyish, lazerli koagulyatsiya) ko‘zning to‘r pardasini himoya qilish; shox pardaning jarohatlari, yallig‘lanishi va kuyishi, katarakta (shu jumladan, 40 yoshdan oshgan shaxslarda oldini olish), ko‘zlarda o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvlari, ko‘zning tomirli pardasini ko‘chishi bilan kechuvchi yuzasidan glaukoma o‘tkazilgan operatsiyadan keyingi holat. Jarrohlikda: o‘tkir pankreatit (UT nazorati va laparaskopiya yordamida o‘tkaziladigan kichik hajmdagi jarrohlik aralashuvlarini bajarishda).

Dozasi, davolash kursining davomiyligi shaxsiy ravishda aniqlanadi. Oftalmologiyada: markaziy xorioretinal distrofiyalari, yuqori darajadagi miopiyada to‘r pardaning distrofik o‘zgarishlari bo‘lgan bemorlarda, diabetik retinopatiyada, to‘r pardaning markaziy venasi va uning shoxlarini okklyuziyasida, glaukomada, optikoneyropatiyalarda 10 mg/ml eritmani 0,5-1 ml dan sutkada 1 marta 10-15 kun davomida retrobulbar (parabulbar) yuborish buyuriladi (bitta ko‘z shikastlanganida kurslik doza 100-150 mg, ikkita ko‘z shikastlanganida – 200-300 mg). Gifemalar, keratitlar, keratokonus, uveitlarda 10 mg/ml eritmani 0,2-0,5 ml dan sutkada 1 marta 10-15 kun davomida subkon’yunktival buyuriladi. Zarurat bo‘lganida davolash davomiyligini 30 kungacha oshirish mumkin. Davolash kursini yilda 2-3 marta takrorlash mumkin. Lazerli koagulyatsiyada (shu jumladan, o‘smalarni cheklangan va parchalaydigan koagulyatsiyasida) to‘r pardani himoya qilish uchun – 10 mg/ml eritmani 0,5-1 ml dan koagulyatsiyadan 24 soat va 1 soat oldin parabulbar yoki retrobulbar buyuriladi, so‘ngra – o‘sha dozalarda (10 mg/ml eritmani 0,5 ml dan) sutkada 1 marta 2-10 kun davomida yuboriladi. Jarrohlikda: ultratovush nazorati va laparoskopiya yordamida o‘tkaziladigan kichik hajmdagi jarrohlik aralashuvlarini bajarishda quyidagi tarzda qo‘llanadi: 10 mg/ml emoksipinni 10 ml eritmasi 10 ml natriy xloridining izotonik eritmasi bo‘lgan shpritsda suyultiriladi va parapankreatik kletchatkaga va charvi qopiga bir maromda infiltratsiya qilinadi, shuningdek pankreatik suyuqlik aspiratsiya qilinganidan so‘ng bo‘shliqqa yuboriladi.

Odatda, preparat qo‘llanganida nojo‘ya samaralar kuzatilmaydi. Ayrim hollarda qisqa muddatli qo‘zg‘alish, uyquchanlik, arterial bosimni oshishi, allergik reaktsiyalar (teri toshmalari va boshqalar), mahalliy reaktsiyalar – og‘riq, achishish, qichishish, giperemiya, paraorbital to‘qimalarni zichlashishi (o‘z-o‘zidan so‘riladi) bo‘lishi mumkin.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik davri. Ehtiyotkorlik bilan: laktatsiya davri (ko‘rsatmalarga qarab).

Boshqa dori preparatlari bilan davolash vaqtida emoksipin qo‘llanganida salbiy holatlar ta’riflanmagan. α-tokoferol atsetati emoksipinning antioksidant samarasini kuchaytiradi. Eritmani boshqa dori vositalar bilan aralashtirish mumkin emas.

Davolanish vaqtida arterial bosim va qon ivishini muntazam nazorat qilib turish kerak. Dori vositasi transport vositalari va mashina qurilmalarini boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Doza oshirib yuborilganida preparatning nojo‘ya samaralarini yaqqolligi kuchayishi mumkin. Simptomlari: arterial bosimni oshishi, qo‘zg‘aluvchanlik yoki uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, yurak sohasida og‘riq, ko‘ngil aynishi, epigastral sohada diskomfort. Qon ivishi buzilishi mumkin. Davolash: preparatni bekor qilish, simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Spetsifik antidoti yo‘q.

Retsept bo‘yicha

1 ml dan ampulalarda o‘ramida №10 yoki kontur uyali o‘ramda №5x1, №5x2.

3 yil.