Emfetal rasmini ko'rish

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: Vitaminlar A vitamini (retinol atsetati shaklida)                          400 mkg V1 vitamini (tiamin gidroxloridi shaklida)               1,1 mg V2 vitamini (riboflavin)                                                0,8 mg V5 vitamini (kaltsiy pantotenati shaklida)                4,5 mg V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi shaklida)       1,5 mg V9 vitamini (folat kislotasi)                                         200 mkg V12 vitamini (tsianokobalamin)                                       1,5 mkg S vitamini (natriy askorbati shaklida)                                   45 mg D3 vitamini (xolekaltsiferol)                                      5 mkg Ye vitamini (DL-α-tokoferol atsetati shaklida)            10 mg RR vitamini (nikotinamid)                                             13,5 mg N vitamini (biotin)                                                         75 mkg Makro- va mikroelementlar kaltsiy (kaltsiy karbonati shaklida)                            160 mg magniy (magniy oksidi shaklida)                                    45 mg temir (temir fumarati shaklida)                                     13,5 mg rux (rux oksidi shaklida)                                                  7,5 mg marganets (marganets sulfati shaklida)                          0,90 mg mis (mis sulfati shaklida)                                             0,45 mg yod (kaliy yodidi shaklida)                                             100 mkg molibden (natriy molibdati shaklida)                          22,5 mkg selen (natriy seleniti shaklida)                                    20 mkg xrom (xrom xloridi shaklida)                                          12,5 mkg yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, magniy stearati, kollidon K25, krospovidon. qobig‘ini tarkibi: gipromelloza, fraktsiyalangan kokos moyi, maltodekstrin, polidekstroza, talk.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

vitaminlar va minerallar kompleksi

Preparatning savdo nomi:

Emfetal

Farmakalogik guruhi:

vitamin-minerallar kompleksi.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

dumaloq, ikki tomonlama qavariq, och-jigarrang rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

vitamin-minerallar kompleksi.

A11AA

homiladorlikka tayyorgarlik davri;homiladorlik toksikozni oldini olish;vitaminlar va minerallarning tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan homilaning tug‘ma rivojlanishini tug‘ma nuqsonlarini oldini olish;homiladorlarda anemiyani bartaraf qilish va davolash;ayollarda homiladorlik va laktatsiya davridagi vitaminlar va minerallar tanqisligini oldini olish va davolash.

Emfetalni ichga kuniga 2 marta ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi. Preparatni qo‘llashdan oldin shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Emfetalni antatsidlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida preparatning tarkibiga kiruvchi temirning so‘rilishi kamayadi. Preparatning tarkibiga kiruvchi V6 vitamini levodopaning samarasini kamaytiradi. Tarkibiga mineral moyi va xolestiramin kiruvchi surgi dori vositalari A, D, E vitaminlarining so‘rishini kamaytiradi. Ftoruratsil, vinblastin, bleomitsin, tsisplatin A, V1, va V6 vitaminlarini o‘zlashtirilishini buzadi. Penitsillamin, izoniazid V1 vitamining samarasini, uning chiqarilishi oshirib kamaytiradi. Izoniazid peredoksinning samarasini kamaytiradi. Ye vitamini yurak glikozidlari, glyukokortikosteroidlarni, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarning samarasini kuchaytiradi. Emfetalni boshqa polivitamin kompleksi bilan bir vaqtda qo‘llash, dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun, tavsiya qilinadi.

Tavsiya etilgan dozalarni oshirmaslik kerak. Siydikni sariq rangga bo‘yalishi mumkin, bu preparatning tarkibida riboflovinning borligi bilan bog‘liq. Axlatni to‘q rangga bo‘yalishi mumkin, bu preparatning tarkibida temirning borligi bilan bog‘liq. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Namlikdan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retseptsiz Ulashish: 16 881 Views

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 15 tabletkadan blisterda. 2 yoki 4 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.