Elokomretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 g surtma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 1 mg mometazon furoati; yordamchi moddalar: geksilenglikol, tozalangan suv, fosfat kislotasi, propilenglikol stearati, oq mum, oq vazelin.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

mometazon furoati

Preparatning savdo nomi:

Elokom

Farmakalogik guruhi:

dermatologiyada mahalliy qo‘llash uchun kortikosteroidlar.

Dori shakli:

surtma

oq yoki deyarli oq rangli, begona qo‘shimchalarsiz, tiniq bo‘lmagan surtma.

dermatologiyada mahalliy qo‘llash uchun kortikosteroidlar.

D07AC13.

Mahalliy qo‘llanadigan kortikosteroidlarning teri orqali o‘tish darajasi ko‘pgina omillar, jumladan preparat tarkibiga va epidermal to‘siqning butunligiga bog‘liqdir. Terida kechayotgan yallig‘lanish va boshqa jarayonlar dori vositasini teri orqali o‘tishini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Terisi shikastlanmagan katta yoshdagi erkak-ko‘ngillilarda 3N-mometazon furoati bilan radioaktiv nishonlangan surtmani teri orqali so‘rilishini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgan. Surtmani 8 soatli (okklyuzion bog‘lamsiz) applikatsiyasidan keyin axlat va siydik bilan chiqarilgan izotopning miqdoriga asoslanib, surtilgan dozaning taxminan 0,7% tizimli so‘rilishiga duchor bo‘lgan.

Kortikosteroidlar bilan davolash mumkin bo‘lgan teri kasalliklarida, shu jumladan psoriaz va atopik dermatitda yallig‘lanish va qichishish simptomlarini mahalliy davolash uchun qo‘llanadi.

Elokom terining shikastlangan sohalariga yupqa qilib, kuniga 1 marta surtiladi. Davolash davomiyligi kasallikning og‘irligi, kechishiga qarab, individual ravishda belgilanadi. Bolalar va kattalarda yuzda mahalliy qo‘llash uchun kortikosteroidlarni qo‘llash 5 kundan oshmasligi kerak. Preparatni uzluksiz qo‘llanilishi 2-3 haftadan oshmasligi lozim.

Elokom preparati qo‘llanganidan keyin quyidagi mahalliy qo‘shimcha nojo‘ya reaktsiyalar to‘g‘risida xabar berilgan: paresteziya, qichishish, teri atrofiyasi belgilari, achishish, follikulit, husnbuzar toshmalari, papulalar, pustulalar va teleangiektaziyalar (tez-tezligi – juda kam hollarda). Quyidagi mahalliy nojo‘ya reaktsiyalar qayd etilgan bo‘lib, boshqa kuchli ta’sir qiluvchi glyukokortikoidlarni qo‘llaganda ular Elokom preparati ishlatilganda ham yuz berishi mumkin: terini ta’sirlanishi, gipertrixoz, gipopigmentatsiya, perioral dermatit, allergik kontakt dermatit, terining matseratsiyasi, ikkilamchi infektsiya, striyalar va ko‘p terlash (tez-tezligi – kam hollarda). Surtma terining katta yuzalariga uzoq vaqt davomida surtilganda, ayniqsa okklyuzion bog‘lovlardan foydalanilganda tizimli nojo‘ya reaktsiyalar yuz berishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). Tizimli ta’sirga ega bo‘lgan glyukokortikoidlar buyurilganda qayd etilgan barcha nohush holatlar, jumladan gipotalamo-gipofizar tizimi funktsiyasini susayishi kuchli ta’sirga ega glyukokortikoidlar buyurilganda, ayniqsa go‘daklar va bolalarda rivojlanishi mumkin (“Pediatriyada qo‘llanishi” bo‘limiga qarang).

Elokomni preparatning har qanday komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas. Boshqa glyukokortikoidlar kabi Elokom ham oddiy husnbuzarlari, akne, rozatsea, perioral dermatit, perianal va genital qichishishi, terining bakterial, virusli (gerpes, suvchechak, o‘rab oluvchi temiratki) yoki zamburug‘ etiologiyali infektsiyalari bo‘lgan patsiyentlarda, tuberkulyoz, sifilis, emlashdan keyingi reaktsiyalari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.

O‘zaro ta’siri aniqlanmagan.

Elokom faqat dermatologiyada qo‘llash uchun mo‘ljallangan va oftalmologiyada qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan. Agar dori vositasini qo‘llaganda ta’sirlanish yoki yuqori ta’sirchanlik aniqlansa, davolashni to‘xtatish va tegishli davolashni buyurish kerak. Infektsiya rivojlanganida muvofiq zamburug‘larga qarshi yoki mikroblarga qarshi vositani qo‘llash kerak. Agar qisqa vaqt davomida ijobiy samaraga erishishning iloji bo‘lmasa, infektsiya belgilari bartaraf qilinguncha dori vositasini qo‘llashni to‘xtatish kerak. Glyukokortikosteroidlarning biron-bir nojo‘ya samaralari, shu jumladan buyrak usti bezining funktsiyasini susayishi, glyukokortikosteroidlar mahalliy qo‘llanganida, ayniqsa kichik yoshdagi bolalarda aniqlanishi mumkin. Preparat tananing katta yuzalariga yoki yuqori dozalarda ishlatilganda, qonda va siydikda kortizolning kontsentratsiyasini aniqlashni o‘z ichiga oluvchi buyrak usti bezi funktsiyasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish tavsiya qilinadi. Psoriazi bo‘lgan patsiyentlarda o‘ziga xos ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim, chunki psoriazda glyukokortikosteroidlarni mahalliy qo‘llanishi, tolerantlik, pustulyozli psoriazni tarqalishi va terining to‘siq funktsiyasini buzilishi natijasida mahalliy yoki tizimli toksiklikni rivojlanishida kasallikni qaytalanishi tufayli xavfli bo‘lishi mumkin. Glyukokortikosteroidlarni tizimli so‘rilishi, ular mahalliy qo‘llanganida, agar davolash tananing katta yuzalarida o‘tkazilsa yoki okklyuzion bog‘lamlar ishlatilganida yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda, shuningdek dori vositasi uzoq muddat qo‘llanganida, ayniqsa bolalarda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish lozim. Glyukokortikoidlar asosidagi barcha kuchli ta’sir qiluvchi preparatlari bilan bo‘lgani kabi, Elokom preparatini uzoq vaqt davomida, terining katta sohalariga, shuningdek yuzga va teri burmalariga (qo‘ltiq va chov sohasiga) okklyuzion bog‘lovlar ostida qo‘llashdan saqlanish kerak. Preparatni ko‘zga (jumladan qovoq sohasiga), yaralarga va shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Glyukokortikoidlar ayrim teri shikastlanishlarining tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishi mumkin, bu esa tashhis qo‘yishni qiyinlashtiradi. Elokom tarkibida propilenglikol mavjud, u terini ta’sirlanishini chaqirishi mumkin. Pediatriyada qo‘llanishi. Bolalarda mahalliy glyukokortikosteroidlarning ta’siri ostida gipotalamo-gipofizar-adrenal tizimining funktsiyasini susayishi belgilari va Kushing sindromi kattalarga qaraganda ko‘proq namoyon bo‘ladi, bu teri yuzasining maydonini tana vazniga kattaroqligi tufayli, dori vositasining ko‘proq so‘rilishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga mahalliy glyukokortikosteroidlarni bolalarda qo‘llanishi dori vositasining minimal samarali miqdori bilan cheklangan bo‘lishi lozim. Kortikosteroidlar bilan surunkali davolash bolalarni o‘sishi va rivojlanishini buzilishiga olib kelishi mumkin. Elokomni tagliklar yoki xo‘llanmaydigan trusiklar ostidagi teri sohalariga surtish mumkin emas, chunki bunday hollarda dori vositasi okklyuzion bog‘lov ostiga tushishi mumkin. Dori vositasidan 2 yoshdan kichik bolalarni davolash uchun foydalanish bo‘yicha cheklangan ma’lumotlar mavjud. Elokomni 2 yoshdan katta bolalarda qo‘llash 5 kundan oshmasligi kerak. Homiladorlik va laktatsiya. Mahalliy glyukokortikosteroidlarni homiladorlarda qo‘llashning xavfsizligi isbotlanmagan, shuning uchun bu guruh dori vositalarini homiladorlik davrida buyurish faqat ayol uchun potentsial foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina tavsiya qilinadi. Homiladorlik davrida bu guruh dori vositalarini katta dozalarda yoki uzoq muddat qo‘llash mumkin emas. Homiladorlarga Elokom buyurilganda glyukokortikoidlar yo‘ldosh orqali o‘tishi va homilaga ta’sir qilishi mumkin. Kortikosteroidlarni mahalliy qo‘llash oqibatida tizimli so‘rilishi ularni onaning sutida paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkinligi aniqlanmagan. Emizishni to‘xtatish yoki dori vositasini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni dori vositasini onada qo‘llashning zarurligini hisobga olgan holda qabul qilish kerak. Transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri. Elokom avtomobilni boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: mahalliy glyukokortikosteroidlarni haddan ziyod va uzoq vaqt qo‘llash gipofizar-buyrak usti bezlari tizimining funktsiyasini susayishini chaqirishi mumkin, bu ikkilamchi buyrak usti bezlarining yetishmovchiligini rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Davolash. Tegishli simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Giperkortitsizmning o‘tkir simptomlari odatda qaytar bo‘ladi. Zarurati bo‘lganida elektrolit disbalansini tuvofiqlashtirish kerak. Uzoq vaqt qo‘llangan hollarda kortikosteroidlarni asta-sekin bekor qilish tavsiya qilinadi.

Retsept bo‘yicha

Tubalar 15 g dan, № 1 karton qutida.

3 yil.