Elimorretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har 1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 2 mg ondansetronga ekvivalent bo‘lgan ondansetron gidroxloridi AQSH F yordamchi modda: inyektsiya uchun suv       q.s.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ondansetron

Preparatning savdo nomi:

Elimor

Farmakalogik guruhi:

qusishga qarshi vositalar.

Dori shakli:

inyektsiya va infuziya uchun eritma.

tiniq rangsiz eritma.

qusishga qarshi vositalar.

A04AA01

Og‘iz orqali yuborilgandan keyin ondansetron me’da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi va birinchi o‘tish metabolizmiga duchor bo‘ladi (biokiraolishligi taxminan 60% ni tashkil qiladi). Plazmadagi taxminan 30 ng/ml cho‘qqi kontsentratsiyasiga, 8 mg dozadan keyin taxminan 1,5 soat o‘tgach erishiladi. Ondansetronning 8 mg dan yuqori dozalari uchun tizimli ta’sirini oshishi dozaga proportsional emas; bu yuqoriroq dozalarda birinchi o‘tish metabolizmini biroz qisqarishini aks ettirishi mumkin. Peroral qabul qilinganidan keyin biokiraolishligi, ovqat borligida biroz oshadi, lekin antatsidlar qabul qilinganda o‘zgarmaydi. Sog‘lom keksa ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlar, ondansetronning peroral biokiraolishligini (65%) va yarim chiqarilish davrini (5 soat) katta bo‘lmagan, lekin klinik ahamiyatsiz yoshga bog‘liq oshishini ko‘rsatgan. Ayollarda erkaklarga qaraganda kam tizimli klirensi va taqsimlanish xajmi (ko‘rsatgichlar tana vazni bo‘yicha to‘g‘rilangan) aniqlanadi. Ondansetronning taqsimlanishi peroral qabul qilganda, mushak ichiga va vena ichiga yuborilganda bir xil. T1/2 taxminan 3 soatni tashkil qiladi, keksa bemorlarda 5 soatga, yaqqol buyrak yetishmovchiligida esa – 15-20 soatga yetishi mumkin. Muvozanat kontsentratsiyasiga erishganda taqsimlanish xajmi – taxminan 140 l. Ondansetronni mushak ichiga va vena ichiga yuborish orqali ekvivalent tizimli ta’siriga erishiladi. Ondansetronning oqsillar bilan bog‘lanishi 70-76%. Plazmadagi kontsentratsiyasini bevosita ta’siri va qusishga qarshi samarasi aniqlanmagan. Ondansetron asosan jigardagi metabolizmining bir necha fermentativ yo‘llari orqali tizimli tsirkulyatsiyadan chiqariladi. Yutilgan dozaning 5% dan kamrog‘i siydik bilan o‘zgarmagan xolda chiqariladi. CYP2D6 fermentining bo‘lmasligi ondansetronning farmakokinetikasiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Ondansetronning farmakokinetikasi takroriy dozalashda o‘zgarmaydi.

Kattalar: Tsitotoksik ximioterpiya va nur bilan davolash induktsiyalagan ko‘ngil aynishi va qusishni davolashOperatsiyadan keyingi ko‘ngil aynishi va qusishni oldini olish (PONV). Bolalar: 6 oylik va undan katta bolalarda ximioterapiya chaqirgan ko‘ngil aynishi va qusishni davolash (CINV).1 oylik va undan katta bolalarda PONV ni oldini olish va davolashda qo‘llanadi.

Vena ichiga inyektsiya uchun yoki suyultirgandan keyin vena ichiga infuziya uchun buyuriladi.

Noxush ko‘rinishlarning a’zolar va uchrash tez-tezligi bo‘yicha tasnifi quyida keltirilgan. Uchrash tez-tezligi quyidagicha belgilangan: juda tez-tez – ≥1/10; tez-tez – ≥1/100 va < 1/10; ba’zida – ≥ 1/1000 va ≤ 1/100; kam hollarda – ≥ 1/10000 va < 1/1000; juda kam hollarda- < 1/10000, shu jumladan alohida xabarlar. Immun tizimi tomonidan: kam hollarda – darxol tur o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, ko‘pchilik hollarda juda og‘ir, shu jumladan anafilaksiya. Nerv tizimi tomonidan: juda tez-tez – bosh og‘rig‘i; ba’zida – tirishishlar, turg‘un klinik keyingi ta’sirlarsiz harakat buzilishlari (shu jumladan distoniya, okulogir kriz (tikilish tirishishi) va diskineziya kabi ekstrapiramid simptomlar); kam hollarda – vena ichiga tez yuborish vaqtida bosh aylanishi. Ko‘rish a’zolari tomonidan: kam hollarda – ko‘rishni o‘tkinchi buzilishlari (ko‘rishni tumanlashishi), asosan vena ichiga yuborish vaqtida; juda kam hollarda – o‘tkinchi ko‘rlik, asosan vena ichiga yuborish vaqtida. Ko‘pchilik xollarda ko‘rliklar 20 minut davomida ijobiy xal bo‘lgan. Ko‘pchilik patsiyentlar tsisplatin saqlovchi ximioterapevtik preparatlarni olganlar. Ayrim xollarda o‘tkinchi ko‘rlik kortikal genezli bo‘lgan. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez – qizib ketish hissi va issiq oqib kelishlar; ba’zida – aritmiya, ko‘krak qafasida og‘riq, ST segmentini pasayishi bilan birga kechuvchi ham, birga kechmaydigan ham, bradikardiya, AB ni pasayishi; juda kam hollarda – EKG ni o‘tkinchi o‘zgarishlari, shu jumladan QT intervalini uzayishini, asosan vena ichiga yuborishda. Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan: ba’zida – hiqichoq. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez – qabziyat. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: ba’zida – jigar sinamalarini simptomsiz oshishi (asosan tsisplatin bilan ximioterapiya olgan patsiyentlarda kuzatilgan). Umumiy va mahalliy reaktsiyalar: tez-tez – vena ichiga yuborish joyida mahalliy reaktsiyalar.

Apomorfin bilan bir vaqtda qo‘llash. Ondansetronga yoki 5-NTZ-retseptorlarining boshqa selektiv antagonistlariga (masalan, granisetron, dolasetron) yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

U bilan birga qabul qilinayotgan boshqa dori vositalarining metabolizmini ondansetron induktsiya qilish yoki tormozlashini isbotlari yo‘q. Klinik tadqiqotlar, ondansetron alkogol, temazepam, furosemid, alfentanil, tramadol, morfin, lidokain, propofol va tiopental bilan o‘zaro tasirlashmasligini ko‘rsatadi. Ondansetron jigar tsitoxrom R-450 ning bir necha fermentlari tomonidan metabolizmga uchraydi: CYP3A4, CYP2D6 va CYP1A2. Ondansetronni metabolizatsiya qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan metabolik fermentlarning ko‘pligi tufayli, fermentni ingibitsiya qilish yoki bir fermentning faolligini pasayishi (masalan, CYP2D6 ning genetik tanqisligi), odatda, boshqa fermentlar tomonidan kompensatsiyalanadi va ondansetronning umumiy klirensini yoki doza talablarini katta bo‘lmagan yoki axamiyatsiz o‘zgarishlariga olib kelishi kerak. Ondasteronni QT intervalini uzaytiruvchi preparatlar bilan ishlatish, QT intervalini qo‘shimcha uzayishiga olib kelishi mumkin. Ondasteronni kardiotoksik preparatlar (masalan, doksorubitsin, daunorubitsin kabi antratsiklinlar yoki trastuzumab), antibiotiklar (eritromitsin kabi yoki ketokonazol), antiaritmik preparatlar (masalan, amiodaron) va beta-blokatorlar (masalan, atenolol yoki timolol) bilan bir vaqtda qo‘llash, aritmiyalar xavfini oshirishi mumkin. Ondansetron va boshqa seratoninergik preparatlarni (shu jumladan SQQOSI va SNRIs) yondosh qo‘llashdan keyin seratonin sindromi (shu jumladan ruhiy xolatning o‘zgarishlari, vegetativ beqarorlik va nerv-mushak buzilishlari) bo‘lgan patsiyentlarni ta’riflovchi postmarketing tadqiqotlarning ma’lumotlari bor.

5-NTZ ni boshqa selektiv antagonistlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik namoyish qilgan patsiyentlarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari qayd etilgan. Respirator xodisalar simptomatik ko‘rilishi kerak va klinitsistlar ularga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarining darakchilari sifatida alohida e’tibor berishlari kerak. EKG ni vaqtinchalik o‘zgarishi, shu jumladan QT intervalini uzayishi kam hollarda kuzatiladi va ondansetron  qabul qilayotgan bemorlarda qayd etilgan. Ondansetron dozaga qarab QT intervalini oshiradi (farmakodinamik xususiyatlariga qarang). Bundan tashqari, ondansetron qabul qilayotgan patsiyentlarda Torsade de Pointes ning postmarketing xollari qayd etilgan. QT intervalini uzayishini tug‘ma sindromi bo‘lgan patsiyentlarda ondansetronni qo‘llashdan saqlanish kerak. QT intervalini uzayishi bo‘lgan yoki unga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda ondansetronni qo‘llash ehtiyotkorlik bilan amalga oshirishishi kerak. Bu sharoitlar elektrolit muvozanatli buzilishlari, dimlangan yurak yetishmovchiligi, bradiaritmiyasi bo‘lgan patsiyentlarni yoki QT ni uzayishiga yoki elektrolitli buzilishlarga olib keluvchi boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan patsiyentlarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun yurak ritmini yoki o‘tkazuvchanlikni buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda, antiaritmik preparatlar yoki beta-blokatorlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda va elektrolit muvozanati yaqqol buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik namoyon qilish kerak. Ondansetronni yuborishgacha gipokaliyemiya va gipomagniyemiya muvofiqlashtirilgan bo‘lishi kerak. Ondansetron va boshqa seratoninergik preparatlar (shu jumladan seratoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari (SQQOSI) va noradrenalinni va seratoninni qayta qamrab olinishini ingibitorlari (NSQQSI)) yondosh qo‘llashdan keyin serotonin sindromi (shu jumladan ruhiy holatni o‘zgarishlari, vegetativ beqarorlik va nerv-mushak buzilishlari) bo‘lgan patsiyentlarni ta’riflovchi postmarketing xollar bo‘lgan. Agar ondansetron va boshqa seratoninergik preparatlar bilan yondosh davolash klinik oqlangan bo‘lsa, patsiyentni kuzatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ma’lumki ondansetron, ichak orqali ovqatning o‘tish vaqtini oshiradi, shuning uchun yuborilgandan keyin ichakning o‘tkirosti tutilishini belgilari bo‘lgan patsiyentlarni nazorat qilish kerak. Jarrohlik ko‘ngil aynishi va qusishni adenotonzilyar profilaktikasi bo‘lgan patsiyentlarda ondansetron yashirin qon ketishini niqoblashi mumkin. Shuning uchun bunday patsiyentlar ondansetron qo‘llangandan keyin sinchiklab kuzatilishi kerak. Bugungi kunda kardiologik bemorlarda ondansetronni qo‘llash tajribasi kam, shuning uchun aritmiyalari yoki yurakning o‘tkazuvchanligini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda yoki  antiaritmik agentlar yoki beta-blokatorlar bilan davolanayotgan patsiyentlarda, ondansetronni anestetiklar bilan birga yuborishda ehtiyotkorlik namoyon qilish kerak. Inyektsiya uchun eritma ampulalarda 1 mmoldan kam natriy (23 mg) saqlaydi, ya’ni, deyarli natriydan xoli xisoblanadi.

Homiladorlik Homiladorlikda ishlatish uchun ondansetronning xavfsizligi aniqlanmagan. Hayvonlardagi eksperimental tadqiqotlarning baholash, homiladorlik davomida embrion, xomila rivojlanishiga yoki peri- va postnatal rivojlanishga nisbatan bevosita yoki bilvosita zararli samarasini ko‘rsatmaydi. Lekin, hayvonlardagi tadqiqotlar xamma vaqt xam odamdagi reaktsiyani oldindan aytib berish imkoniyatini bermaydi, shuning uchun homiladorlik vaqtida ondansetronni ishlatish tavsiya etilmaydi. Agar ondansetronni qo‘llash xayotiy zarur bo‘lsa, homilador ayollarga buyurishda, ayniqsa birinchi uch oyligida ehtiyotkorlik namoyon qilish kerak. Foyda/xavf nisbati sinchiklab baholangan bo‘lishi kerak. Laktatsiya. Tadqiqotlar ondasteronni emizuvchi xayvon sutiga o‘tishini ko‘rsatadi. Shuning uchun ondansetron bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish tavsiya etiladi.

Bir dozali yoki ko‘p dozali konteynerlarda, afzalrog‘i I tur shisha, 2oS dan 30oS gacha haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Hozirgi vaqtda ondansetronning dozasini oshirib yuborilishi xaqida ma’lumotlar kam, dozani oshirib yuborilishi patsiyentlarning cheklangan sonida kuzatilgan. Ko‘pchilik hollarda simptomlari tavsiya etilgan dozalarni qabul qilayotgan patsiyentlarda qayd etilganlarga o‘xshash bo‘lgan. Qayd etilgan ko‘rinishlar ko‘rishning buzilishlari, og‘ir qabziyatlar, gipotoniya va vaqtinchalik ikkinchi darajali AV blokada bilan vazovagal epizodni o‘z ichiga oladi. Barcha hollarda hodisalar, preparat bekor qilinganidan keyin to‘liq o‘tib ketgan. Ondansetron dozaga qarab QT intervalini uzaytiradi. Doza oshirib yuborilgan hollarda EKG ni monitoring qilish tavsiya etiladi. Davolash Antidoti mavjud emas, shuning uchun dozani oshirib yuborilishiga gumon bo‘lgan hamma hollarda, zarurati bo‘lgan holda simptomatik va tutib turuvchi davolash ko‘rsatilishi kerak. Ondansetronning dozasi oshirib yuborilishini davolash uchun ipekakuanani ishlatish tavsiya etilmaydi, chunki patsiyentda ondansetronning o‘zini qusishga qarshi ta’siri xisobiga qusish chaqirilishi mumkin bo‘lmaydi.

Retsept bo‘yicha

2 ml va 4 ml tiniq rangsiz eritma, tiniq shisha ampulalarga to‘ldirilgan. 5 yoki 10 ampula planshetga joylangan, so‘ngra u qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton kutiga joylangan.

2 yil.