Buyrak faoliyati buzilishlarida qo‘llanilishi Deferaziroksni qabul qilgan patsiyentlarda qon zardobida kreatinin darajasini odatda normal diapazon chegarasida bo‘lgan, o‘sib bormaydigan oshishi qayd etilgan.
Deferaziroksni marketingdan keyingi qo‘llanilishida o‘tkir buyrak yetishmovchiligi hollari ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Eksidjad preparati qo‘llanilganida sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmaganligiga qaramay, dializ buyurilishi talab qilinadigan yoki o‘lim bilan yakunlanadigan o‘tkir buyrak yetishmovchiligining kam hollari qayd etilgan.
Davolash boshlanishidan oldin ikki marta zardob kreatinini darajasini va/yoki kreatinin klirensini baholash, keyinchalik esa har oyda monitoring o‘tkazish tavsiya etiladi.
Anamnezda buyrak kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar yoki buyrak faoliyatini yomonlashtirishga qodir bo‘lgan preparatlarni qabul qilayotgan patsiyentlar asoratlar rivojlanishi xavfiga moyil bo‘ladilar.
Ushbu holda bunday toifadagi patsiyentlarga qon zardobida kreatinin darajasini va/yoki kreatinin klirensini nazorat qilishni davolash boshlanishida yoki davolash yangilanganida birinchi oy davomida haftada bir marta, so‘ngra esa bir oyda bir marta amalga oshirish tavsiya etiladi.
Kreatinin klirensi 40 ml/minut chegarasida va 60 ml/minutdan kam bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish, degidratatsiya yoki og‘ir infektsiyalar kabi buyrak faoliyatini yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xavf omillari mavjud bo‘lganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Deferaziroksni qabul qilgan patsiyentlarda buyrak tubulopatiyasi hollari haqida xabar berilgan.
Ushbu patsiyentlarning ko‘pchiligini beta-talassemiyali va zardobda ferritin darajasi <1500 mkg/l bo‘lgan bolalar va o‘smirlar tashkil etgan.
Proteinuriya darajasini aniqlash uchun tahlillarni bir oyda bir marta o‘tkazish lozim.
Davolash fonida diareya yoki qusish rivojlanganida patsiyentlarni mos keladigan gidratatsiyasini qo‘llab-quvvatlash lozim.
Katta yoshdagi patsiyentlarda, agar ikkita ketma-ket tadqiqotlarda qon zardobida kreatinin darajasini o‘sib bormaydigan, davolashga qadar bo‘lgan o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan yuqori 33% dan ortiq oshishi kuzatilsa va uni boshqa sabablar hisobiga kiritib bo‘lmasa, Eksidjad preparatining sutkalik dozasini 10 mg/kg gacha kamaytirish kerak.
Bolalarda, agar ikkita ketma-ket tadqiqotlarda qon zardobida kreatinin darajasini tegishli yosh normasining yuqori chegarasidan yuqori oshishi kuzatilsa, dozani 10 mg/kg gacha kamaytirish lozim.
Qon zardobida kreatinin darajasini normaning yuqori chegarasidan yuqori, o‘sib boruvchi ko‘tarilishi kuzatilsa, Eksidjad preparatini qo‘llash bekor qilinishi lozim.
Eksidjad preparati bilan davolashni individual klinik-laboratoriya ko‘rsatkichlariga bog‘liq ravishda qayta boshlash mumkin.
Jigar faoliyatini buzilishlarida qo‘llanilishi Eksidjad preparati jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari (Chayld-Pyu bo‘yicha C sinfi) bo‘lgan patsiyentlarga tavsiya etilmaydi.
Deferaziroks bilan davolash faqat jigar transaminazalarining dastlabki darajasi normaning yuqori chegarasidan 5 martagacha ortiq bo‘lgan patsiyentlarga buyurilgan.
Transaminazalarning bunday darajasi deferaziroks farmakokinetikasiga ta’sir ko‘rsatmagan.
Deferaziroks asosan glyukuronidatsiya vositasida va minimal darajada (taxminan 8%) chiqariladi, R450 tsitoxrom fermentlari bilan katalizatsiyalanadigan oksigenaz reaktsiyalari vositasida metabolizmga uchraydi.
Gepatit rivojlanishini taxmin qilishga imkon bergan jigar transaminazalari faolligini normaning yuqori chegarasidan 10 martadan ortiq oshishi ko‘p kuzatilmagan (0,3%).
Marketingdan keyingi hisobotlarda deferaziroksni qabul qilgan patsiyentlarda jigar yetishmovchiligi hollari, gohida o‘lim bilan yakun topuvchi jigar yetishmovchiligi hollari haqida xabar berilgan.
Ko‘pchilik hollarda jigar yetishmovchiligi jigar tsirrozi va multi-organ yetishmovchiligi kabi birgalikda kechadigan jiddiy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda rivojlangan.
Davolash boshlanishiga qadar transaminazalar, bilirubin va ishqoriy fosfataza darajalarini birinchi oy davomida har 2 haftada hamda so‘ngra bir oyda bir marta tekshirish tavsiya etilgan.
Qon zardobida transaminazalar darajasi boshqa sabablarga kiritish mumkin bo‘lmagan turg‘un va rivojlanuvchi ko‘tarilganida, Eksidjad preparatini qabul qilishni to‘xtatish lozim.
Og‘ishlar sabablari aniqlanganidan keyin va ushbu ko‘rsatkichlar normaga kelganidan keyin Eksidjad preparati bilan past dozada va keyinchalik dozani bosqichma-bosqich oshirgan holda davolashni qayta boshlash ehtimolini ehtiyotkorlik bilan ko‘rib chiqish mumkin.
Me’da-ichak yo‘llari Eksidjad preparati bilan davolash vaqtida me’da-ichak yo‘llarida shikastlanishlar yuzaga kelishi mumkin.
Deferaziroksni qabul qilgan patsiyentlarda, jumladan bolalar va o‘smirlarda me’da-ichak yo‘llarining yuqori qismida yaralar hosil bo‘lishi va qon ketishi hollari qayd etilgan.
Ayrim patsiyentlarda me’da va ichakda ko‘plab yaralar kuzatilgan.
Kam hollarda o‘lim bilan yakun topadigan me’da-ichakdan, ayniqsa gematologik xavfli o‘smalarga ega va/yoki trombotsitlar soni past bo‘lgan keksa yoshdagi patsiyentlarda, qon ketishlar haqida xabar berilgan.
Shifokorlar va patsiyentlar Eksidjad preparati bilan davolash vaqtida me’da-ichakda yaralar va qon ketishlarning belgilari va simptomlariga nisbatan ogohlikka rioya qilishlari hamda me’da-ichak yo‘llari tomonidan jiddiy nojo‘ya hollarga shubha qilinganida qo‘shimcha tekshirish va davolashni o‘z vaqtida boshlashlari lozim.
Me’da-ichak yo‘llarida teshilishlar bilan asoratlangan (shu jumladan o‘lim bilan yakun topadigan) yaralar haqida xabar berilgan.
Eksidjad preparatini ma’lum ultserogen potentsialga ega bo‘lgan (NYAQP, kortikosteroidlar yoki peroral bisfosfonatlar kabi) preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlar, antikoagulyantlarni qabul qilayotgan patsiyentlar, shuningdek trombotsitlar soni 50 x 109/l dan kam bo‘lgan patsiyentlar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari lozim.
Teri tomonidan buzilishlar Marketingdan keyingi davrda Stivens-Djonson sindromi (SSD) toksik epidermal nekroliz (TEN) rivojlanishi hollari haqida xabar berilgan.
Shuningdek teri tomonidan boshqa reaktsiyalar, jumladan DRESS (eozinofiliyali va tizimli simptomlar bilan preparatga nisbatan reaktsiyalar) rivojlanishi xavfini istisno qilib bo‘lmaydi.
Terida og‘ir alomatlar rivojlanishiga shubha bo‘lganida, Eksidjadni darhol to‘xtatish va qayta boshlamaslik lozim.
Eksidjad preparati bilan davolash vaqtida kam uchraydigan polimorf eritema hollari qayd etilgan.
Eksidjad preparati bilan davolashda terida toshmalar paydo bo‘lishi mumkin.
Yengil yoki o‘rtacha darajadagi teri toshmasida Eksidjad preparati bilan davolash dozaga tuzatish kiritmagan holda davom ettirilishi mumkin, chunki ko‘pincha toshmalar o‘zidan o‘zi yo‘q bo‘lib ketadi.
Og‘ir darajali teri toshmasida va davolashni to‘xtatish zarurati bo‘lganida, toshma yo‘qolganidan keyin Eksidjad preparati bilan davolashni pastroq dozada, dozani keyingi bosqichma-bosqich oshirib borgan holda qayta boshlash mumkin.
Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari Eksidjad preparatini qabul qilgan patsiyentlarda ko‘p hollarda davolashning birinchi oyi davomida yuzaga keladigan, kam uchraydigan xavfli yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (masalan, anafilaksiya va angionevrotik shish) qayd etilgan.
Og‘ir yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yuzaga kelganida Eksidjad preparatini qo‘llashni bekor qilish va dorilar bilan tegishli davolashni buyurish lozim.
Eksidjad preparatini anamnezda deferaziroks qo‘llanilishi oqibatida yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yuzaga kelishi hollari bo‘lgan patsiyentlarga anafilaktik shok rivojlanishi xavfi tufayli takroran buyurish kerak emas.
Ko‘rish va eshitish a’zolari Deferaziroks bilan davolashda eshitish buzilishlari (eshitishning pasayishi) va ko‘rishning buzilishlari (qorachig‘ning xiralashuvi) kuzatilgan.
Davolash boshlanishidan oldin va teng intervallardan keyin (har 12 oyda) eshitish va ko‘rishga tekshiruvdan (jumladan fundoskopiyadan) o‘tish tavsiya etiladi.
Davolash vaqtida buzilishlar aniqlanganida dozani pasaytirish yoki davolashni to‘xtatish ehtimolini ko‘rib chiqish lozim.
Qon tomonidan buzilishlar Preparatni marketingdan keyingi davrda qo‘llanilganida deferaziroksni qabul qilayotgan patsiyentlarda tsitopeniyalar rivojlanishi hollari (o‘zidan o‘zi berilgan xabarlar va klinik tadqiqotlardan olingan) qayd etilgan.
Ko‘pchilik hollarda tsitopeniyalar suyak iligi tomonidan qon hosil qilinishi yetishmovchiligidan kelib chiqadigan dastlabki gematologik buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda kuzatilgan.
Tsitopeniyalarning rivojlanishi mazkur hollari va deferaziroksni qo‘llash o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlanmagan.
Qon tahlilini muntazam ravishda, gematologik buzilishlarni nazorat qilish bo‘yicha standart klinik tavsiyalarga muvofiq o‘tkazish lozim.
Noma’lum etiologiyadagi tsitopeniya yuzaga kelganida preparatni qabul qilishni to‘xtatib turish lozim.
Eksidjad preparati bilan davolashni qayta boshlash masalasi faqat tsitopeniya rivojlanishi sababini aniqlangan taqdirda, ko‘rib chiqilishi mumkin.
Boshqa omillar Temirning boshqa xelatorlari qo‘llanilishidagi kabi temir miqdori sezilmas darajada ortiqcha bo‘lgan patsiyentlarda yoki ferritin darajasi sezilmas darajada yuqori bo‘lgan patsiyentlarda asoslanmagan yuqori dozalarda qabul qilinganida Eksidjad preparatining toksikligi xavfi oshishi mumkin.
Preparatdan dispersiyalanuvchi tabletkalar shaklida foydalangan holda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar davomida, 5 yil davomida kuzatish olib borilganida deferaziroksni qo‘llash bolalarda o‘sishni to‘xtab qolishi bilan kechmagan.
Shunga qaramay, umumiy ehtiyotkorlik chorasi sifatida bolalarning tana vazni, bo‘yi va rivojlanishini teng intervallardan keyin (har 12 oyda) nazorat qilish lozim.
Dispersiyalanuvchi tabletkalar laktozani (deferaziroksning har bir mg ga 1,1 mg laktozani) saqlaydi.
Galaktozani ko‘tara olmaslik irsiy kasalligi, glyukoza-galaktoza so‘rilishi buzilishi yoki laktazaning og‘ir tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarga preparatning ushbu shaklini qabul qilish tavsiya etilmaydi.