Eksforjretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 5 mg amlodipinga qayta hisoblaganda 6,94 mg amlodipin besilati va 80 mg valsartan yoki 5 mg amlodipinga qayta hisoblaganda 6,94 mg amlodipin besilati va 160 mg valsartan yoki 10 mg amlodipinga qayta hisoblaganda 13,87 mg amlodipin besilati va 160 mg valsartan; yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, krospovidon, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, polietilenglikol (makrogol) 4000, talk, gipromelloza, titan dioksidi (Ye 171), temir II oksidi (Ye 172), temir III oksidi (Ye 172) (faqat 10/160 mg doza uchun).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

amlodipin besilati va valsartan

Preparatning savdo nomi:

Eksforj

Farmakalogik guruhi:

angiotenzin II ingibitorlarining majmuaviy preparatlari.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

tabletkalar 5 mg/80 mg: to‘q-sariq, dumaloq shaklli, plyonka qobiq bilan qoplangan, chetlari qiya, bir tomonida ”NVR“ va boshqa tomonida –  “NV“ yozuvi bor; tabletkalar 5 mg/160 mg: to‘q-sariq, oval, plyonka qobiq bilan qoplangan, chetlari qiya, bir tomonida ”NVR“ va boshqa tomonida – “YESЕ“ yozuvi bor; tabletkalar10 mg/160 mg: och-sariq, oval, plyonka qobiq bilan qoplangan, chetlari qiya, bir tomonida ”NVR“ va boshqa tomonida – “UIC“ yozuvi bor.

angiotenzin II ingibitorlarining majmuaviy preparatlari.

C09D B01

To‘g‘ri proportsionallik Valsartan va amlodipin farmakokinetikani to‘g‘ri proportsionallikni namoyon qiladi.

Monopreparat bilan arterial bosimi boshqarilmaydigan patsiyentlardagi essentsial gipertenziyani davolashda qo‘llanadi.

Amlodipin yoki valsartan monopreparatlari bilan arterial bosimi noadekvat boshqariladigan patsiyentlar, Eksforj preparati bilan majmuaviy davolashga o‘tkazilishlari mumkin. Tavsiya etilgan doza – sutkada 1 tabletkani tashkil etadi. Eksforjni suv bilan birga qabul qilish tavsiya etiladi. Valsartan va amlodipinni alohida qabul qilayotgan patsiyentlarni, komponentlarning xuddi shunday dozalarini saqlovchi Eksforjga o‘tkazish mumkin. Arterial bosimni kerakli darajasiga erishish uchun bir necha preparatlarni qo‘llash kerak bo‘lgan patsiyentlarga, Eksforjni birinchi qator davolash sifatida buyurish mumkin. Essentsial gipertenziyani davolash uchun birinchi qator davolash sifatida Eksforjni tanlashda, preparatni qo‘llashdan xavf/foyda nisbatini baholash kerak. Sutkalik doza – 1 tabletka Eksforj 5 mg/80 mg, yoki 1 tabletka Eksforj 5 mg/160 mg yoki 1 tabletka Eksforj 10 mg/160 mgni tashkil etadi. Doza 1 yoki 2 hafta davolashdan keyin maksimal 10 mg/160 mg gacha oshirilishi mumkin. Preparatning komponentlarini maksimal yo‘l qo‘yiladigan dozalari – amlodipinni saqlanishi bo‘yicha 10 mg, valsartanni saqlanishi bo‘yicha 320 mg.

Quyida keltirilgan nojo‘ya reaktsiyalari a’zolar, tizimlar va paydo bo‘lishini tez-tezligi bo‘yicha tasniflanadi, bunda eng tarqalganlari birinchi ko‘rsatilgan. Nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lish tez-tezligini baholashda quyidagi mezonlar ishlatilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam (<1/10000), shu jumladan alohida xabarlar. Har bir tez-tezlik uchun guruxda nojo‘ya reaktsiyalar jiddiyligini kamayib borishi tartibida joylashgan.

Amlodipinga, valsartanga yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik. Angiotenzin retseptorlarining antagonistlarini, shu jumladan valsartanni yoki angiotenzinga-aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlarini aliksiren bilan II tur qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Amlodipin bilan monoterapiyada quyidagi preparatlar bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta’siri aniqlanmagan: tiazidli diuretiklar, beta-blokatorlar, AAF ingibitorlari, davomli ta’sirli nitratlar, sublingval nitroglitserin, digoksin, varfarin, atorvastatin, sildenafil, maaloks (alyuminiy gidroksidi geli, magniy gidroksidi, simetikon), tsimetidin, NYAQV, antibiotiklar, peroral gipoglikemik vositalar. Simvastatin: Amlodipinning 10 mg va simvastatinning 80 mg ko‘p martalik dozalarini birga yuborish, bir simvastatinni yuborish bilan solishtirganda, simvastatinning ekspozitsiyasini 77% oshishiga olib kelgan. Amlodipin qabul qilayotgan patsiyentlarda simvastatinning dozasini 20 mg gacha cheklash tavsiya etiladi. CYP3A4 ingibitorlari: Diltiazemning 180 mg sutkalik va amlodipinning 5 mg dozalarini gipertoniya kasalligi bo‘lgan keksa patsiyentlarga birga yuborish, amlodipinning tizimli ekspozitsiyasini 1,6 marta oshishiga olib kelgan. Shunga qaramasdan, CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari (masalan, ketokonazol, itrakonazol, ritonavir), qon plazmasidagi amlodipinning kontsentratsiyasini, diltiazemga qaraganda kattaroq darajada oshirishi mumkin. Shuning uchun, amlodipin CYP3A4 ingibitorlari bilan birga qo‘llanganida ehtiyotkorlik ko‘rsatish kerak. Greypfrut sharbati: greypfrut sharbati bilan birga qo‘llanilganda CYP3A4 ni ingibitsiya qilinishi tufayli, amlodipinning ekspozitsiyasi oshishi mumkin. Shunga qaramasdan, 240 ml greypfrut sharbatini 10 mg amlodipinning bir martalik peroral dozasi bilan birga qo‘llanilganda 20 nafar sog‘lom ko‘ngillilarda amlodipinning farmakokinetikasiga ahamiyatli darajada ta’sir ko‘rsatmagan. CYP3A4 induktorlari: CYP3A4 induktorlarini amlodipinga nisbatan miqdoriy samaralari haqida ma’lumotldar yo‘q. Amlodipin CYP3A4 induktorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida patsiyentlarni adekvat klinik samaraga nisbatan nazorat qilish kerak. Litiy: Litiy AAF ingibitorlari yoki angiotenzin II retseptorlarining antagonistlari bilan birga qo‘llanganida litiyning zardobdagi kontsentratsiyasini va toksikligi ko‘rinishlarini qaytuvchan oshishi haqida xabar berilgan. Demak, birga qo‘llanganida litiyning zardobdagi kontsentratsiyalarini sinchiklab monitoring qilish tavsiya etiladi. Xatto diuretik qo‘llanganida, litiyning toksikligini xavfi Eksforj preparati bilan ehtimol oshishi mumkin.

Organizmida natriy va/yoki aylanayotgan qon xajmini tanqisligi bo‘lgan patsiyentlar Angiotenzin-retseptorlarining blokatorlarini qabul qilayotgan, asoratlanmagan arterial gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarda xaddan ziyod gipotenziya kuzatilgan. Renin-angiotenzin tizimi faollashgan patsiyentlarda (natriy va/yoki aylanayotgan qon xajmi past bo‘lgan va diuretiklarning yuqori dozalarini qabul qilayotgan), simptomatik gipotenziya paydo bo‘lishi mumkin. Eksforjni qo‘llashdan oldin bunday holatni muvofiqlashtirish yoki davolashni boshida sinchkov tibbiy kuzatuv tavsiya etiladi. Eksforj qo‘llanganida arterial gipotenziya paydo bo‘lganida, patsiyentni chalqancha yotqizish va agar kerak bo‘lsa, vena ichiga fiziologik eritmaning infuziyasini o‘tkazish lozim. Arterial bosim barqarorlashganidan keyin davolash davom ettirilishi mumkin. Giperglikemiya Kaliyli qo‘shimchalar, kaliy tejovchi diuretiklar, kaliy saqlovchi tuzlar o‘rnini bosuvchilar, yoki kaliyning darajasini oshirishi mumkin bo‘lgan boshqa preparatlar (geparin va boshqalar) bilan bir vaqtda davolashni extiyotkorlik bilan o‘tkazish kerak, shuningdek qon zardobida kaliyning miqdorini ko‘proq nazorat qilishni ko‘zda tutish kerak. Beta-blokatorlarni bekor qilish Amlodipin beta-blokator emas va shuning uchun beta-blokatorlarni birdan bekor qilish xavfidan himoya qilmaydi, shuning uchun beta-blokatorning dozasini asta-sekin bekor qilish kerak. Buyrak arteriyasining stenozi Buyrak arteriyasining bir tomonlama yoki ikki tomonlama stenozi bo‘lgan patsiyentlarda Eksforjni qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Buyrakni ko‘chirib o‘tkazish Yaqinda buyrak ko‘chirib o‘tkazilishini o‘tkazgan patsiyentlarda Eksforjni qo‘llashning xavfsizligini tajribasi yo‘q. Jigar faoliyatini buzilishi Valsartan asosan o‘zgarmagan holda safro bilan chiqariladi, amlodipin esa jigarda jadal metabolizmga uchraydi. Jigar faoliyatini buzilishi yoki o‘t qopini obstruktiv buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda Eksforj qo‘llanganida alohida ehtiyotkorlik kerak. Buyrak faoliyatini buzilishi Buyrak faoliyatini kuchsiz va o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar uchun Eksforjning dozasiga tuzatish kiritish zarurati yo‘q. Buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari (kreatinin klirensi minutiga 10 ml/ dan kam) bo‘lgan patsiyentlar uchun preparatni qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q, shuning uchun ehtiyot bo‘lish tavsiya etiladi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <30 ml/minut) bo‘lgan patsiyentlarda angiotenzin retseptorlarining antagonistlarini, shu jumladan valsartanni, yoki AAF ingibitorlarini aliksiren bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak. Aorta va mitral klapan klapan stenozi, obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiya. Boshqa vazodilatatrolar bilan davolashdagi kabi, aorta stenozi yoki mitral klapan stenozi bo‘lgan patsiyentlarda yoki obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiyada aloxida extiyotkorlikka rioya qilish kerak. Nostabil stenokardiyada preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Angionevrotik shish Valsartan qabul qilgan patsiyentlarda nafas yo‘llarining obstruktsiyasiga va/yoki yuz, lablar, tomoq va/yoki tilni shishiga olib keluvchi xalqum va tovush yoriqlarining shishini o‘z ichiga oluvchi, angionevrotik shish haqida xabarlar bor. Bu patsiyentlardan ayrimlarining anamnezida boshqa preparatlar, shu jumladan AAF ingibitorlari chaqirgan angionevrotik shish rivojlanishi haqida ko‘rsatmalar bor. Angionevrotik shish rivojlanayotgan patsiyentlarda Eksforjni darxol bekor qilish kerak va bu preparatni qayta buyurish mumkin emas. Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan/o‘tkazilgan miokard infarktidan keyingi patsiyentlar Umuman kaltsiy kanallarining blokatorlarini, shu jumladan amlodipin, jiddiy dimlangan yurak yetishmovchiligi (Nyu-York kardiologik assotsiatsiyasi (NYNA) tasnifi bo‘yicha III-IV funktsional sinfi) bo‘lgan patsiyentlarda extiyotkorlik bilan ishlatish kerak. Buyrak faoliyati renin-angiotenzin-aldosteron tizimining faolligiga bog‘liq bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, og‘ir dimlangan yurak yetishmovchiligi), angiotenzinga-aylantiruvchi ferment ingibitorlari yoki angiotenzin retseptorlarining antagonistlari bilan davolash, oliguriya va/yoki progressiv azotemiya va kam hollarda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va/yoki  o‘lim bilan bog‘liq bo‘lgan. Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan yoki o‘tkazilgan miokard infarktidan keyingi patsiyentlarni baholash, doimo buyrak faoliyatini baholashni o‘z ichiga olishi kerak. O‘tkir miokard infarkti bo‘lgan patsiyentlar Stenokardiyani yomonlashishi va o‘tkir miokard infarkti amlodipinning boshlang‘ich dozasini qabul qilgandan yoki uni oshirgandan keyin rivojlanishi mumkin, ayniqsa koronar arteriyalarning og‘ir obstruktiv kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda. Renin-angiotenzin tizimini (RAT) ikkilangan blokadasi. Angiotenzin retseptorlarining antagonistlarini, shu jumladan valsartanni AAF ingibitorlari yoki aliksiren kabi RAT ni bloklovchi boshqa vositalar bilan birga qo‘llash vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Angiotenzin II antagonistlarining ta’sir mexanizmini hisobga olib, homila uchun xavfni istisno qilib bo‘lmaydi. Homilador ayollar tomonidan II va III uch oylikda angiotenzinga-aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlarini (renin-angiotenzin-aldosteron (RAAT) tizimiga ta’sir qiluvchi preparatlarning spetsifik sinfi) qo‘llash, homilani shikastlanishi va nobud bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgan. Bundan tashqari, bor bo‘lgan retrospektiv ma’lumotlar asosida AAFI ni I uch oyligida qo‘llashni homilada tug‘ma nuqsonlarni rivojlanishini potentsial xavfi bilan bog‘laydilar. Agar homilador ayol bilmasdan valsartan qabul qilgan bo‘lsa, spontan bola tashlashlar, kamsuvlik va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda buyrak faoliyatini buzilishlari haqida xabar berilgan. RAAT ga bevosita ta’sir qiluvchi xar qanday preparat kabi, Eksforj homiladorlikda yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarda qo‘llanmaydi. RAAT ga ta’sir qiluvchi xar qanday preparatlarni buyurayotgan shifokorlar, homiladorlikni rejalashtirayotgan ayolni, bu preparatlar qabul qilinganida kelajakdagi bolaga potentsial xavf haqida ogoxlantirishi kerak. Agar davolash jarayonida homiladorlik aniqlansa, Eksforjni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Valsartan va/yoki amlodipinni  ko‘krak sutiga o‘tishi noma’lum, shuning uchun preparatni emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Agar preparat bilan davolash ona uchun zarur bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramida, namlikdan himoyalangan joyda saqlansin.

Hozirgi vaqtda Eksforj preparatini dozasini oshirib yuborilishining o‘rganishni tajribasi yo‘q. Valsartanning dozasini oshirib yuborilishining asosiy simptomi, ehtimol, bosh aylanishi bilan kechuvchi yaqqol arterial gipotenziyadir. Amlodipinning dozasini oshirib yuborilishi o‘sib boruvchi periferik vazodilyatatsiyaga va ehtimol reflektor taxikardiyaga olib kelishi mumkin. Xatto shok va o‘lim bilan yakunlanuvchi ahamiyatli va potentsial davomli tizimli gipotenziya haqida xabar berilgan. Agar preparat yaqinda qabul qilingan bo‘lsa, qusishni chaqirish va me’dani yuvish kerak. Qabul qilinganidan keyin darxol yoki ikki soat davomida faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llanganida amlodipinni so‘rilishi ahamiyatli pasayadi. Eksforjning dozasini oshirib yuborilishi chaqirgan klinik ahamiyatli gipotenziya, yurak-qon tomir tizimining holatini faol tutib turishni, shu jumladan yurak va nafas faoliyatini tez-tez nazorat qilishni, oyoqlarni ko‘tarishni, aylanayotgan qon xajmiga va siyishga e’tibor berishni, talab qiladi. Tomirlar tonusini va arterial bosimni tiklash uchun, uni qo‘llash uchun qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa, tomirlarni toraytiruvchi preparat ishlatilishi mumkin. Kaltsiy kanallarining turg‘un blokadasini oqibati bo‘lgan arterial bosimni turg‘un pasayishida, kaltsiy glyukonatni vena ichiga yuborish maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Kaltsiy kanallarining blokadasi asoratlarini yo‘qotish uchun, kaltsiy glyukonatini vena ichiga yuborish foydali bo‘lishi mumkin. Valsaltan ham, amlodipin ham gemodializ yordamida chiqarilishining ehtimoli kam.

Retsept bo‘yicha

14 yoki 28 tabletkadan o‘ramda.

3 yil.