Dyufastonretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 10 mg didrogesteron; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, gipromelloza, makkajo‘xori kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati. qobig‘i: oq Opadri OY-1-7000 (gipromelloza, polietilenglikol 400, titan dioksidi (Ye171)).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

didrogesteron

Preparatning savdo nomi:

Dyufaston

Farmakalogik guruhi:

Siydik tanosil tizimiga ta’sir etuvchi vositalar va jinsiy gormonlar. Progestagen.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

dumaloq, ikki tomoni qavariq, oq rangli, plyonka qobiq bilan qoplangan, chetlari kesilgan, bir tomonida riskali, riskaning ikkala tomonida “155” gravirovkasi bo‘lgan tabletkalar. Bo‘lish chizig‘i faqat tabletkani bo‘lishni yengillashtirish va yutishni yengillashtirish uchun mo‘ljallangan, biroq ikkita bir xil dozaga bo‘lish uchun emas.

Siydik tanosil tizimiga ta’sir etuvchi vositalar va jinsiy gormonlar. Progestagen.

G03DV01

So‘rilishi Peroral qabul qilgandan keyin didrogesteron tez so‘riladi. Tmax 0,5 va 2,5 soatlar oralig‘ida namoyon bo‘ladi. Didrogesteronni mutloq biokiraolishligi (7,8 mg vena ichi infuziyasi bilan solishtirganda 20 mg peroral doza) 28% ni tashkil qiladi. Quyidagi jadval 10 mg didrogesteronni bir martalik dozasini qabul qilgandan keyin didrogesteronning (D) va 20α digidrodidrogesteronning (DHD) farmakokinetik ko‘rsatkichlarini aks ettiradi: DidrogesteronDGDSmax maksimal kontsentratsiya (ng/ml)2,153,0AUC “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon (ng*s/ml)7,7322,0 Taqsimlanishi Didrogesteronni vena ichiga qo‘llanganida taqsimlanish hajmi barqaror kontsentratsiyada taxminan 1400 ml ni tashkil qiladi. Didrogesteronning va digidrogesteronning (DHD) 90% dan ortig‘i plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Metabolizmi Peroral qabul qilingandan keyin didrogesteron tez metabolizmga uchraydi va DHD ga aylanadi. Doza qabul qilinganidan keyin taxminan 1,5 soatdan so‘ng, asosiy faol metaboliti – DHD ning plazmadagi darajasi cho‘qqi kontsentratsiyasini ko‘rsatdi. Plazmada DHD ni darajasi, didrogesteronga nisbatan ancha yuqori. DHD va didrogesteronning AUC va Smax ga nisbati muvofiq 40 va 25 ni tashkil qiladi. Didrogesteron va DHD o‘rtacha yakuniy yarim chiqarilish davri muvofiq ravishda 5 soatdan 7 soatgacha va 14 soatdan 17 soatgacha o‘zgarib turadi. Barcha metabolitlarning umumiy xarakteristikasi oxirgi modda 4,6-diyen-2-ona strukturasini tutilishi va 17α-gidroksillanishining yo‘qligidir. Bu didrogesteronning estrogen va androgen samarasini yo‘qligini tushuntiradi. Chiqarilishi Nishonlangan didrogesteron peroral qabul qilinganidan keyin, dozaning o‘rtacha 63% siydik bilan chiqariladi. Plazmadan umumiy klirens minutiga 6,4 litrni tashkil qiladi. 72 soat davomida chiqarilishi tugaydi, DHD siydikda asosan ikki glyukuron  kislotasi ko‘rinishida aniqlanadi. Doza va vaqtga bog‘liqligi Bir martalik va ko‘p martalik dozaning farmakokinetikasi 2,5 dan 10 mg gacha peroral qabul qilish uchun dozalash diopazonida bir xil hisoblanadi. Bir martalik va ko‘p martalik dozani kinetik solishtirishda didrogesteron va DHD ning farmakokinetikasi takroriy dozadan keyin o‘zgarmasligini ko‘rsatdi. Davolashning uchinchi kunidan keyin muvozanat holatiga erishiladi.

Hayz tsiklini boshqarish uchun;endometrioz;hayz ko‘rish oldi sindromi;dismenoreya;lyutein yetishmovchiligi bilan bog‘liq bepushtlik;progesteron yetishmovchiligi oqibatidagi homila tashlash xavfi;progesteron yetishmovchiligi oqibatidagi odatiy bola tashlashda qo‘llanadi. Intakt bachadon bilan bo‘lgan ayollar uchun estrogenlar bilan davolashda tsiklik qo‘shimcha sifatida 10 mg Dyufaston® ishlatish mumkin: postmenopauza davrida endometriy giperplaziyasini rivojlanishini oldini olish uchun;disfunktsional bachadondan qon ketishlarda;ikkilamchi amenoreyada.

Dyufaston® preparati bilan davolashda quyidagi dozalash tartiblari tavsiya etiladi. Dozalar kasallikning og‘irlik darajasi va davolashga patsiyentning shaxsiy javobiga mos ravishda tanlash kerak. Tsiklni boshqarish Tsiklning 11-nchi kunidan 25-nchi kunigacha kuniga 1 tabletkadan qabul qilib, tsiklni 28 kun davom etishiga erishish imkoniyati mavjud.

Didrogesteronga yoki preparatni xar qanday yordamchi komponentlariga ma’lum bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlik;jinsiy gormonlarga bog‘liq bo‘lgan ma’lum yoki gumon qilinayotgan xavfli o‘smalar (masalan, meningioma);noaniq etiologiyali vaginal qon ketishlarida qo‘llash mumkin emas;hozirgi vaqtda yoki anamnezdagi jigarning jiddiy kasalliklari bor bo‘lib estrogenlarni didrogesteron kabi progestagenlar bilan majmuada qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarni hisobga olish kerak (jigar faoliyatini laboratoriya ko‘rsatkichlari normalashishiga qadar)

In vitro sharoitlarida o‘tqazilgan tadqiqotlarning ma’lumotlari, asosiy metabolizm yo‘li odamning tsitozolida aldo-keto reduktaza 1S (AKR 1C) tomonidan katalizga uchraydigan farmakologik jihatdan asosiy metaboliti 20α – digidrodidrogesteron (DGD) ni xosil bo‘lishiga olib kelishini ko‘rsatadi. Navbatdagi metabolik o‘zgarishlar tsitoxrom R450 (CYPs) izofermentlar tizimi deyarli faqat CYP3A4 izofermenti tomonidan amalga oshadi, turli axamiyatsiz metabolitlari hosil bo‘lishiga olib keladi. Asosiy faol metabolit DGD CYP3A4 izofermenti tomonidan metabolik transformatsiya uchun substrat hisoblanadi. Shunday qilib, tirishishga qarshi vositalar (masalan fenobarbital, fenitoin, karbamazepin, infektsiyaga qarshi preparatlar (masalan rifampitsin, rifabutin, nevirapin, efavirents) va dalachoy (hypericum perforatum) saqlovchi o‘simlik preparatlari kabi ushbu izofermentlarni induktsiya qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, ma’lum moddalar bilan bir vaqtda qo‘llanganida didrogesteronning metabolizmi tezlashishi mumkin. Ritonavir va nelfinavir – tsitoxrom fermentining ma’lum bo‘lgan kuchli ingibitorlari hisoblanadi, biroq, haqiqatdan steroid gormonlarni yondosh qo‘llanganda ferment induktsiya qiluvchi ta’sirini namoyon qiladi. Didrogesteron metabolizmining klinik oshishi davolash samarasini kamayishiga olib kelishi mumkin. In vitro sharoitdagi tadqiqotlar, didrogesteron va digidrogesteron klinik ahamiyatli kontsentratsiyalarda dori preparatlarini metabolizmida ishtirok etuvchi tsitoxrom R450 fermentlarini susaytirmasligi va induktsiya qilmasligini ko‘rsatdi.

Bachadondan disfunktsional qon ketishi yuzasidan didrogesteron bilan davolashga o‘tishdan oldin, organik sababni inkor etish lozim. Davolashning birinchi oylari davomida shiddatli qon ketishlari va qon surkalmalari paydo bo‘lishi mumkin. Agar shiddatli qon ketishlari va qon surkalmalari davolash davri davomida yoki davolashni to‘xtatilgandan keyin ham davom etsa, xavfli o‘smalarni istisno qilish maqsadida zarurati bo‘lsa, endometriyni biopsiya qilish yo‘li bilan sababni aniqlash lozim. Agar birinchi marta qo‘llash vaqtida quyidagi simptomlardan biri paydo bo‘lsa yoki yomonlashsa, davolashni to‘xtatish mumkinligini ko‘rib chiqish lozim: haddan tashqari kuchli bosh og‘rig‘i, migren yoki bosh miyaning ishemiyasidan dalolat beruvchi simtomlar;arterial bosimni ahamiyatli oshishi;venoz tromboemboliyani ko‘rinishlari. Odatiy bola tashlash yoki bola tashlash xavfi bo‘lgan hollarda, homilaning hayotiy qobiliyatini aniqlash, shuningdek davolash davomida homiladorlik davom etayotganini va embrion tirikligini nazorat qilib turish zarur.

Homiladorlik 9 milliondan ortiq homilador ayollar didrogesteronni qabul qilingani taxmin qilinadi. Hozirgi kunga kelib, homiladorlik vaqtida didrogesteronning zararli ta’siri xaqida ma’lumotlar yo‘q. Adabiyotda ayrim progesteronlarni qo‘llanishi gipospadiyalarni kelib chiqish xavfini oshishiga olib kelishi aniqlangan tadqiqot natijalari ta’riflanadi. Biroq, hozirgi vaqtgacha boshqa tadqiqotlarda aniq tasdiq olinmaganligi tufayli, progesteronlarni gipospadiyani yuz berishiga ta’siri yuzasidan yakuniy xulosaga kelish mumkin emas. Homiladorlikning birinchi bosqichida didrogesteron bilan davolangan cheklangan sondagi ayollar qatnashgan klinik tadqiqotlar xavfni oshishini ko‘rsatmadi. Hozirgi paytda boshqa epidemiologik ma’lumotlar yo‘q. Klinika oldi tadqiqotlarda embrio–fetal va postnatal rivojlanishga bo‘lgan qayd etilgan samaralar, farmakologik yo‘nalishiga mos kelgan. Noxush samaralar faqat odam uchun maksimal ekspozitsiyadan ancha yuqori ekspozitsiya hollaridagina yuz bergan. Didrogesteronni homiladorlik vaqtida, agar buning uchun aniq ko‘rsatmalar mavjud bo‘lsagina  qo‘llash mumkin. Laktatsiya Didrogesteron ko‘krak sutiga o‘tishi noma’lum. Didrogesteronni ko‘krak sutiga chiqarilishi to‘g‘risidagi masala o‘rganilmagan. Boshqa progesteronlarni qo‘llash tajribasi, progesteronlar va ularning metobolitlari oz miqdorda ko‘krak sutiga o‘tishini ko‘rsatadi. Bola uchun xavfning bor yoki yo‘qligi noma’lum. Shuning uchun emizish vaqtida didrogesteronni qo‘llash mumkin emas. Fertillik Didrogesteronni fertillikka ta’siri haqidagi ma’lumotlar mavjud emas.

Quruq, original o‘ramda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari Didrogesteron – juda kam zaharli moddadir. Ko‘ngil aynishi, qusish, uyquchanlik va bosh aylanishi dozani oshirib yuborilganda nazariy jihatdan yuz berishi mumkin bo‘lgan simptomlar hisoblanadi. Didrogesteronning dozasini oshirib yuborish hollari zararli ta’sirga olib kelishi xaqidagi ma’lumotlar mavjud emas. Davolash Maxsus davolash talab qilinmaydi. Doza oshirib yuborilgan hollarda simptomatik davolash mumkinligini ko‘rib chiqish lozim.

Retsept bo‘yicha

20 tabletka alyumin folga va PVX plyonka blisterda. 1 blisterdan qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

5 yil.