Duovitretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: retinol palmitati (A vitamini), kontsentrat, sintetik, moyli shakli (1,7 mioXB/g)                  2,94 mg kolekaltsiferol (D3 vitkamini), kontsentrat, moyli shakli (1 mioXB/g)                 0,20 mg askorbin kislotasi (S vitamini)                                    60,00 mg tiamin mononitrati (V1 vitamini)                    1,00 mg riboflavin (V2 vitamini)                                                1,20 mg piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)                      2,00 mg tsianokobalamin 0,1% mannitolda                       3,00 mg (bu 3 mkg V12 vitaminiga to‘g‘ri keladi) nikotinamid (RR vitamini)                                 13,00 mg folat qislotasi                                                      0,40 mg kaltsiy pantotenati (V5 vitamini)                    5,00 mg α-tokoferol atsetati (Ye vitamini)                       10,00 mg; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, apelsin moyi aromatizatori 05073, polisorbat 80, glitserol, tozalangan kanakunjut moyi, sorbitol, suyuq glyukoza, (quruq modda), ko‘pikni so‘ngdiruvchi 1510, magniy stearati, Opalyuks AS-F-2833G bo‘yovchisi (Ponso 4R E124 punts bo‘yovchisi + quyosh botishi sarig‘i bo‘yovchisi Ye110), kapol 600 farma, saxaroza.

Preparatning savdo nomi:

Duovit

Farmakalogik guruhi:

metabolik jarayonlarga ta’sir etuvchi vosita; vitaminli-mineralli majmua.

Dori shakli:

draje.

Qizil rangli qobiq bilan qoplangan draje (vitaminlar): qattiq, silliq, qizil rangli qobiq bilan qoplangan, nordon-shirin ta’mli draje. Moviy rangli qobiq bilan qoplangan draje (minerallar): qattiq, silliq, moviy rangli qobiq bilan qaplangan draje.

metabolik jarayonlarga ta’sir etuvchi vosita; vitaminli-mineralli majmua.

A11AA03

Duovit® quyidagilarda profilaktik vosita sifatida qo‘llanadi: organizmni infektsion va shamollash kasalliklariga qarshiligini oshirish uchun;o‘tkazilgan kasalliklardan keyingi tuzalish davrida;nomuntazam, sifatsiz ovqatlanishda yoki bir xil ovqatlanish ratsionida (asosan tez ovqatlanish, ovqatni nomuntazam qabul qilish, oshxonalardan foydalanish, yangi sabzavotlar va mevalarni mavsumiy yetishmovchiligi), pasaygan ovqat ratsioni (vaznni pasaytirish, diabet uchun parhez va boshqalar);vitaminlar va minerallarga yuqori extiyoj bilan birga kechuvchi xolatlarda: yuqori jismoniy (badan tarbiya va sport bilan faol shug‘ullanish) va nerv-psixik yuklama, homiladorlik va laktatsiya davri;ovqat mahsulotlarini yetarli bo‘lmagan o‘zlashtirilishida (keksa odamlar, chekuvchilar, alkogoliklar);mineral moddalarni yuqori yo‘qotilishida (qusish, ich ketishi, ko‘p hayz ko‘rish, ko‘p terlash);ximoterapevtik vositalar qo‘llangandagi majmuaviy davolashda.

Ertalabki nonushtadan keyin qabul qilish tavsiya etiladi. Kattalar va 10 yoshdan oshgan bolalarga sutkada 1 qizil rangli draje va 1 moviy rangli draje. Drajeni butunligicha, katta bo‘lmagan miqdordagi suv bilan yutish kerak. Preparatni qabul qilish kursi 30 kun. Preparatni qabul qilish kursa tanaffusdan (1-3 oy) keyin yoki shifokor tavsiyasi bo‘yicha takrorlanishi mumkin.

Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Tavsiya etilgan sutkalik dozani oshirmang, tasodifan yuqori doza qabul qilganda, darxol shifokorga murojaat qiling.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Preparat temir va kaltsiy saqlaydi va shuning uchun ichakda tetratsiklinlar guruhi antibiotiklarning, shuningdek antimikrob vositalar – ftorxinolon hosilalarini so‘rilishini kechiktiradi. S vitamini sulfanilamidlar guruhi antimikrob vositalarning ta’siri va nojo‘ya samaralarini kuchaytiradi (shu jumladan siydikda kristallarni paydo bo‘lishi). Alyuminiy, magniy, kaltsiy saqlovchi antatsid preparatlar, shuningdek xolesteramin temirni so‘rilishini kamaytiradi. Tiazidlar guruhi siydik haydovchi vositalar bir vaqtda buyurilganda, giperkaltsiyemiya ehtimoli oshadi.

Siydik sariq rangga bo‘yalishi mumkin – mutlaqo bezarar va preparatda riboflavinni bo‘lishi bilan tushuntiriladi. Duovit®ni vitaminlar va minerallarni saqlovchi boshqa preparatlar bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda, namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Shifokor retseptisiz beriladi

10 drajedan PVX/PVDX/PVX – alyumin folga blisterda (1 blisterda 5 draje vitaminlar bilan – qizil rangli va 5 draje minerallar bilan – moviy rangli drajelar). 4 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.