DUOTRAV*retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har 1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 40 mikrogramm travoprost va 5 mg timolol (timolol maleati ko‘rinishida). Konservant: 10 mikrogramm polikvaternium – 1 (POLIKVAD*) yordamchi moddalar: mannitol (Ye421), propilenglikol (Ye1520), 1 mg polioksietilen gidrogenlangan kanakunjut moyi 40 (GKM-40), borat kislotasi, natriy xloridi, natriy gidroksidi va/yoki xlorid kislotasi (rN ni muvofiqlashtirish uchun), tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

travoprost + timolol

Preparatning savdo nomi:

DUOTRAV*

Farmakalogik guruhi:

Oftalmologik vosita. Glaukomaga qarshi preparatlar va miotiklar.

Dori shakli:

ko‘z tomchilari, eritma.

tiniq, rangsiz eritma.

Oftalmologik vosita. Glaukomaga qarshi preparatlar va miotiklar.

S01ED51.

So‘rilishi Travoprost va timolol shox parda orqali so‘riladi. Travoprost shox pardada faol erkin kislotagacha efirli gidroliz o‘tuvchi old dori hisoblanadi. Sog‘lom subyektlarda (N=22) DUOTRAV ko‘z tomchilari (polikvaternium-1 saqlovchi) har kuni bir marta qabul qilinganidan keyin 5 kun davomida ko‘pchilik subyektlarning (94,4%) plazmasi namunalarida travoprostning erkin kislotasi kontsentratsiyasi, qo‘llagandan keyin bir soat o‘tgach aniqlanmagan. O‘lchab bo‘ladigan qiymatlarda (miqdoriy aniqlashning chegarasi > 0,01 ng/ml), kontsentratsiya 0,01 dan 0,03 ng/ml gacha diapozonda bo‘lgan. DUOTRAV ko‘z tomchilari bir marta qabul qilinganidan keyin timololning o‘rtacha statsionar kontsentratsiyasi Smax 1,34 ng/ml ni, Tmax esa taxminan 0,69 soatni tashkil qilgan. Taqsimlanishi Travoprostning erkin kislotasini birinchi bir necha soat davomida xayvonlarning ko‘z suyuqligida, odamlarda esa DUOTRAV ko‘z tomchilari  tomizilgandan so‘ng faqat birinchi soatda aniqlash mumkin. DUOTRAV ko‘z tomchilari maxalliy qo‘llangandan keyin timololni odamning ko‘z suyuqligida va qon plazmasida 12 soatgacha vaqt davomida aniqlash mumkin. Biotransformatsiyasi Metabolizm travoprost uchun ham faol erkin kislota uchun ham asosiy chiqarish yo‘li hisoblanadi. Tizimli metabolik yo‘llari endogen prostaglandin F2a ning metabolik yo‘llariga parallel, ular 13-14 ikkilangan bog‘ni qisqarishi, 15-gidroksilni oksidlanishi va zanjirning yuqori tomonini b-oksidlanishi parchalanishi bilan xarakterlanadi. Timolol ikki yo‘l bilan metabolizmga uchraydi. Birinchi usulda tiadiazol xalqada etanolaminli yon zanjir hosil qiladi, boshqasida – morfolin azotida etanolaminli yon zanjir va azotga yondosh karbonil guruhi bilan ikkinchi yon zanjir hosil qiladi. DUOTRAV ko‘z tomchilari maxalliy qo‘llanganidan keyin timololning T1/2 4 soatni tashkil qiladi. Chiqarilishi Travoprostning erkin kislotasi va uning metabolitlari asosan buyraklar orqali chiqariladi. Siydikda erkin kislota ko‘rinishidagi travoprostning oftalmologik dozasini 2% dan kamrog‘i aniqlanadi. Timolol va xosilbo‘layotgan metabolitlari asosan buyraklar orqali chiqariladi. Timolol dozasining taxminan 20% o‘zgarmagan holda siydik bilan, qolgan qismi metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi.

Terapevtik ko‘rsatmalar Ochiq burchakli glaukoma yoki ko‘z gipertenziyasi bo‘lgan, mahalliy beta-blokatorlar yoki prostaglandinning analoglari yetarli darajada samara bermagan katta yoshli odamlarda ko‘zning ichki bosimini (KIB) kamaytirish uchun qo‘llanadi.

Kattalarda, shu jumladan keksalarda qo‘llanishi DUOTRAV ko‘z tomchilarining dozasi kasallangan ko‘zning kon’yunktiva qopchasiga bir tomchidan sutkada bir marta ertalab yoki kechqurunni tashkil qiladi. Tomchilarni aynan bir vaqtda qo‘llash kerak. Agarda doza o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, unda davolashni navbatdagi dozada davom ettirish kerak. Preparatning sutkalik dozasi kasallangan ko‘zning kon’yunktiva qopchasiga sutkada bir marta 1 tomchidan oshmasligi kerak. Alohida patsiyentlari Jigar va buyrak yetishmovchiligi Jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda DUOTRAV ko‘z tomchilari yoki timolol 5 mg/ml ko‘z tomchilarini qo‘llash bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazilgan. Travoprostni qo‘llash yengildan og‘ir darajagacha jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda ham, yengildan og‘ir darajagacha buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 14 ml/min dan yuqori) bo‘lgan patsiyentlarda ham tekshirilgan. Bunday patsiyentlar uchun dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi. Jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda DUOTRAV ko‘z tomchilarining dozasini to‘g‘rilash talab qilinishini ehtimoli kam. Pediatrik patsiyentlar Bolalarda va 18 yoshdan kichik bo‘lgan o‘smirlarda DUOTRAV ko‘z tomchilarining xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Ma’lumotlar yo‘q. Qo‘llash usuli Ko‘zga qo‘llash uchun. Patsiyent tashqi himoya qobig‘ini bevosita birinchi marta ishlatishdan oldin yechish kerak. Flakon-tomizgich va uning ichidagisini ifloslanishidan saqlanish uchun, flakon-tomizgichning uchi bilan qovoqlar, atrof sohalarga yoki boshqa qanday-bo‘lmasin yuzalarga tegib ketmaslik kerak. Qo‘llashdan keyin ko‘z yosh kanalini berkitish yoki yumilgan qovoqlarni yengil bosish tavsiya qilinadi. Bu ko‘zlarga mahalliy qo‘llanganida preparatning tizimli so‘rilishini pasaytirish va tizimli nojo‘ya reaktsiyalarning rivojlanishini kamaytirishi mumkin. Agarda bittadan ortiq mahalliy oftalmologik tibbiy preparat ishlatiladigan bo‘lsa, tibbiy preparatlarni minimum 5 minutlik interval bilan qo‘llash kerak. Boshqa oftalmologik glaukomaga qarshi tibbiy preparat DUOGLAV ko‘z tomchilariga o‘zgartirilganida, boshqa tibbiy preparatni qo‘llashni to‘xtatish, DUOTRAV ko‘z tomchilarini esa keyingi kundan buyurish kerak. DUOTRAV ko‘z tomchilarini tomizishdan oldin yumshoq kontakt linzalarni yechish va tomizgandan so‘ng ularni 15 minut davomida qo‘ymaslik kerakligi haqida patsiyentlarni ogohlantirish kerak.

DUOTRAV ko‘z tomchilarining klinik sinovlari vaqtida quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilgan. Ular quyidagi tartibda tasniflangan: juda tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam (≥1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam (<1/10000). Har bir tez-tezlik guruhida nojo‘ya reaktsiyalar jiddiyligi bo‘yicha kamayishi tartibida keltirilgan.

Faol moddalarga yoki yordamchi moddalarning har qandayiga yuqori sezuvchanlik. Nafas yo‘llarining reaktiv kasalliklari, shu jumladan bronxial astma yoki anamnezdagi bronxial astma, o‘pkaning og‘ir surunkali obstruktiv kasalligi. Sinusli bradikardiya, sinus tugunining kuchsizligi sindromi, shu jumladan sinoartrial blokada, II yoki III darajali atrioventikulyar blokada, dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi yoki kardiogen shok.

Tizimli beta-blokadani kuchayishi (masalan, yurak qisqarishlarini kamayishi, depressiyalar) CYP2D6 ingibitorlari (masalan, xinidin, flyuksetin, paroksetin) va timolol bilan majmuaviy davolash vaqtida aniqlangan.Timololli ko‘z tomchilari ichga qabul qilish uchun kaltsiy kanallarining blokatorlari, guanetidin, beta-blokatorlar, antiaritmik preparatlar, yurak glikozidlari yoki parasimpatomimetiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganda, gipotenziya/yoki yaqqol bradikardiya rivojlanishiga olib keluvchi additiv samara ehtimoli mavjud. Klonidin keskin bekor qilinganidan keyin gipertenziya rivojlanishi beta-blokatorlar qabul qilinganda kuchayishi mumkin.Beta-blokatorlar diabetga qarshi vositalarning gipoglikemik ta’sirini kuchaytirishlari mumkin. Beta-blokatorlar gipoglikemiya simptomlarini niqoblashlari mumkin.Beta-blokatorlar anafilaktik reaktsiyalarni davolash uchun qo‘llanadigan adrenalinga reaktsiyani kamaytirishlari mumkin. Anamnezida atopiyasi va anafilaksiyasi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni buyurishda ayniqsa extiyot bo‘lish kerak.Oftalmologik beta-blokatorlar va adrenalin yondosh qo‘llanishi natijasida. vaqti-vaqti bilan midriaz aniqlangan.

Umumiy Boshqa mahalliy qo‘llanadigan oftalmologik dori preparatlar kabi, travoprost va timolol tizimli qon oqimiga so‘riladi. Timololning beta-adrenergik ta’siri tufayli yurak tomir va nafas tizimi tomonidan shunday nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilishi mumkinki, bu tizimli beta-adrenergik blokator dori preparatlari qo‘llanganda ham kuzatiladi.Burun-ko‘z yoshi okklyuziyasi ishlatilganda yoki qovoq 2 minutga bekilganda tizimli so‘rilishi qisqaradi. Bu tizimli nojo‘ya samaralarini qisqarishiga va maxalliy faolligini oshishiga olib kelishi mumkin. Yurak buzilishlari Timolol bilan davolashni boshlashgacha yurak yetishmovchiligini tegishli tarzda nazorat qilish kerak. Anamnezida og‘ir yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda yurak yetishmovchiligining belgilari borligi kuzatilishlari kerak, shuningdek ularning pulsini tez-tezligini tekshirish kerak. Timolol maleati qabul qilinganidan keyin respirator reaktsiyalar va yurak reaktsiyalari, astmasi bo‘lgan patsiyentlarda bronxospazm oqibatida hattoki o‘lim va, kam hollarda esa yurak yetishmovchiligi oqibatida ham o‘lim kuzatilgan. Spontan gipoglikemiyasi bo‘lgan patsiyentlarga va qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga (ayniqsa o‘zgaruvchan diabeti bo‘lgan) beta-adrenergik blokator dori preparatlarni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki beta-adrenergik blokator dori preparatlari o‘tkir gipoglikemiyaning simptomlarini niqoblashi mumkin. Ular shuningdek, gipertireozning belgilarini niqoblashi, Printsmetal stenokardiyasini yomonlashishini, og‘ir periferik va markaziy qon aylanishini buzilishlarini va gipotenziyani chiqarishi mumkin. Anafilaktik reaktsiyalar Beta adrenergik blokator dori preparatlarni qabul qilishda anamnezda qator allergenlarga nisbatan og‘ir anafilaktik reaktsiyalari yoki atopik kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda, beta-adrenoblokatorlar qabul qilish fonida anafilaktik reaktsiyalarni davolash uchun adrenalinni odatdagi dozalarda qo‘llash samarasiz bo‘lishi mumkin. Yondosh davolash Timolol boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’sir qilishi mumkin. Peroral beta-blokatorlar qabul qilayotgan patsiyentlarga DUOTRAV ko‘z tomchilari buyurilganida, ko‘z ichki bosimiga ta’siri yoki tizimli beta-blokadaning ma’lum bo‘lgan ta’siri kuchayishi mumkin. Bu patsiyentlarning reaktsiyasini sinchiklab kuzatish kerak. Ikki mahalliy beta-adrenergik blokator dori preparatlari yoki ikki mahalliy prostaglandinlarni ishlatish tavsiya etilmaydi. Oftalmologik ta’siri Travoprost melanotsitlarda melanosoma (pigment granulalari) larning miqdorini oshishi hisobiga, ko‘zlarning rangi asta-sekin o‘zgarishini chaqirishi mumkin. Melanotsitlarga uzoq muddatli ta’sir va bu ta’sirning oqibatlari hozirgi vaqtda noma’lum. Rangdor pardaning rangi o‘zgarishi sekin yuz beradi va oylar yoki xatto yillar davomida sezilmasligi mumkin. Ko‘z rangini o‘zgarishi ko‘proq rangdor pardasi boshidan aralash rang, masalan, ko‘k-jigarrang, kulrang-jigarrang, yashil-jigarrang yoki sariq-jigarrang bo‘lgan patsiyentlarda aniqlanadi; biroq bu holat ko‘zlari faqat jigarrang rangli patsiyentlarda ham kuzatilishi mumkin. Odatda qorachiqning atrofidagi jigarrang pigmentatsiya kamalak parda periferiyasiga kontsentrik ravshda tarqaladi, bunda rangdor parda butunligicha yoki uning qismlari to‘qroq jigarrang bo‘lishi mumkin. Preparat bekor qilinganda, jigarrang pigmentning miqdorini keyingi oshishi kuzatilmaydi.Nazoratli klinik sinovlarda travoprost qabul qilish tufayli ko‘z atrofidagi va/yoki qovoqlarning atrofidagi terining rangini to‘qlashishi kuzatilgan.Travoprost asta-sekin davolanayotgan ko‘zning kipriklarini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Bu o‘zgarishlar klinik tekshirishlarda patsiyentlarning taxminan yarmida kuzatilgan va quydagilarni o‘z ichiga olgan: kipriklarni uzunlashishi, qalinlashishi, pigmentatsiyasi va/yoki ularning miqdorini oshishi. Hozirgi vaqtda bu o‘zgarishlarning mexanizmi va uning uzoq kelajakdagi oqibatlari noma’lum.Afakiyasi bo‘lgan patsiyentlarda, gavxarning orqa kapsulasi yorilgan psevdofakiyasi bo‘lgan patsiyentlarda, yoki makulani kistoz shishini ma’lum xavf omillari bo‘lgan patsiyentlarda, DUOTRAV ko‘z tomchilarini qo‘llashda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish kerak.DUOTRAV ko‘z tomchilarini o‘tkir ko‘z ichki yallig‘lanishi bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek uveit xavfi omillariga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.Ko‘z oldi sohasi va qovoqni o‘zgarishi, shu jumladan qovoq egatini chuqurlashishi, prostaglandin analoglari bilan ham aniqlangan.Filtratsiya muolajalaridan keyin suvli bostiruvchi davolash qabul qilishda (masalan, timolol, astemizol) tomirli pardani ko‘chishi aniqlangan. Tomirlar tomonidan buzilishlar Og‘ir periferik tsirkulyator buzilishlar (masalan, Reyno kasalligining og‘ir shakli yoki Reyno sindromi) bo‘lgan patsiyentlarni extiyotkorlik bilan davolash kerak. Nafas tizimi tomonidan buzilishlar Ayrim oftalmologik beta-adrenoblokatorlar qo‘llangandan keyin astmasi bo‘lgan patsiyentlarda bronxospazm oqibatida respirator reaktsiyalar, shu jumladan o‘lim ham aniqlangan. Gipoglikemiya/diabet Beta-blokatorlarni spontan gipoglikemiyaga moyil patsiyentlarga yoki o‘zgaruvchan diabeti bo‘lgan patsiyentlarga extiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki beta-blokatorlar o‘tkir gipoglikemiya belgilari va simptomlarini niqoblashi mumkin. Gipertireoz Beta-blokatorlar shuningdek gipertireoz belgilari va simptomlarini xam niqoblashi mumkin. Mushak kuchsizligi Beta-adrenoblokatorlar ayrim miastenik simptomlarga (masalan, diplopiya, ptoz va umumiy kuchsizlik) muvofiq mushak kuchsizligini kuchayishiga nisbatan sezilgan. Xirurgik anesteziya Beta-bloklovchi oftalmologik preparatlar beta-agonistlarning tizimli ta’sirini bloklashlari mumkin, masalan, adrenalinni. Agarda patsiyent timolol qabul qilayotgan bo‘lsa, anesteziolog shifokor xabardor qilingan bo‘lishi kerak. Yordamchi moddalar DUOTRAV ko‘z tomchilari terini ta’sirlanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan propilenglikol saqlaydi. DUOTRAV ko‘z tomchilari teri reaktsiyalarini chaqirishi mumkin bo‘lgan polioksietilen gidrogenlangan kanakunjit moyi 40 saqlaydi.

30°S dan yuqori bo‘lgan haroratda saqlanmasin. Birinchi ochilganidan keyin 4 hafta o‘tgach yo‘q qilinsin.

Preparatning dozasi maxalliy oshirib yuborilganda aloxida reaktsiyalar kuzatilmaydi. Tasodifan yutib yuborilgan holda tizimli beta-blokada bo‘yicha dozani oshirib yuborilishining simptomlari bradikardiya, gipotoniya, bronxospazm va yurak yetishmovchiligini o‘z ichiga olishi mumkin. Tasodifan yutib yuborilgan xolda davolash simptomatik va bir maromda saqlab turuvchi bo‘lishi kerak. Timolol dializga kam duchor bo‘ladi.

Faqat shifokor retsepti bo‘yicha

2,5 ml dan oq, tiniq bo‘lmagan polipropilen qopqoqchali va buraladigan qopqoqli flakonlarda. Flakonga etiketka yopishtiriladi. 1 flakondan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan birga karton qutiga joylanadi.