Drotaverin rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: drotaverin gidroxloridi – 40 mg; yordamchi moddalar: laktoza monogidrata, kartoshka kraxmali, talk, stearin kislotasi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

drotaverin gidroxloridi

Preparatning savdo nomi:

Drotaverin

Farmakalogik guruhi:

Spazmolitik vositalar. ATX kodi: A03AD02

Dori shakli:

tabletkalar,

sariq yoki yashil tusli sariq rangli, yassitsilindrik, faskali tabletkalar.

Spazmolitik vositalar. ATX kodi: A03AD02

Preparat peroral qo‘llanganida me’da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Katta bo‘lmagan kontsentratsiyalarda plazma albuminlari, α- va β – globulinlari bilan bog‘lanadi. Peroral qo‘llanganida qon zardobidagi maksimal kontsentratsiyasi 45-60 minutda qayd qilinadi. Preparatning metabolizmi jigarda kechadi. Biologik yarim parchalanish davri – 16-22 soat. 72 soat ichida amalda organizmdan chiqariladi, taxminan 50% – siydik bilan, 30% – axlat bilan chiqariladi. Asosan metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi, siydikda o‘zgarmagan holda aniqlanmaydi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi.

biliar tizim kasalliklarida sillik mushaklarini spazmi (xoletsistolitiaz, xolangiolitiaz, xoletsistit, perixoletsistit, xolangit, papillit);siydik chiqarish tizimining silliq mushaklarini spazmida (nefrolitiaz, uretrolitiaz, piyelit, tsistit, siydik pufagi tenezmlari) qo‘llanadi. Yordamchi vosita sifatida: ovqat hazm qilish yo‘llari silliq mushaklarining spazmida (me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yarasi, gastrit, enterit, kolit, me’daning kardial sfinkteri spazmi va pilorospazm, meteorizm bilan kechuvchi, yugon ichakni ta’sirlanish sindromi); —zo‘riqishdagi bosh og‘rig‘i;ginekologik kasalliklarda (aldismenoreya), xomiladorlik davrida bachadonning kuchaygan tonusini kamaytirish uchun, xavf soluvchi abortda qo‘llanadi.

Me’da-ichak yullari tomonidan: (>1/10000, <1/1000) – ko‘ngil aynishi, qabziyat. Markaziy nerv tizimi tomonidan: (>1/10000, <1/1000) – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: (>1/10000, <1/1000) – yurakni tez urishi, arterial gipotenziya, aritmiya, qizib ketish hissi. Nafas tizimi tomonidan: bronxospazm, burun shilliq qavatini shishi. Allergik dermatoz, kuchli terlash, Kvinke shishi juda kam hollarda kuzatiladi. Har kanday bo‘lmasin nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat kilish lozim.

Drotaverin gidroxloridini morfin bilan bir vaqtda qabul qilish oxirgisining spazmogen faolligini pasaytiradi, levodopa bilan – uning antiparkinsonik ta’sirini kamaytiradi, rigidlik, tremorni kuchaytiradi. Preparat spazmolitiklarning (shu jumladan m-xolinoblokatorlarning) samarasini kuchaytiradi; tritsiklik antidepressantlar, xinidin, novokainamid tomonidan chaqirilgan arterial gipotenziyani kuchaytiradi. Fenobarbital bilan bir vaqtda qabul qilish, drotaverinning spazmolitik ta’sirini kuchaytiradi. Preparatni boshqa dori vositalari bilan qo‘llash zarurati tug‘ilganda, shifokor bilan maslaxatlashish kerak.

Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida, shuningdek koronar arteriyalarning yaqqol aterosklerozi, arterial bosimni (AB) past bo‘lgan bemorlarga extiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparatning bevosita silliq mushaklarga ta’sir qilishi tufayli, u xolinoblokatorlar guruxi dori vositalarini qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlarida spazmolitik vositasi sifatida ishlatilishi mumkin (glaukoma, prostata bezining gipertrofiyasi va boshqalar). Nojo‘ya ta’sirlar paydo bulgan hollarda preparatni bekor qilish lozim. Drotaverinni homiladorlik davrida parenteral qo‘llash teratogen va embriotoksik ta’sirlarga olib kelmaydi. Biroq, dori vositasi homiladorlik vaqtida buyurilganida ehtiyotkorlik zarur. Kerakli klinik ma’lumotlarning yo‘qligi tufayli laktatsiya davrida buyurish tavsiya etilmaydi. Agarda preparat qo‘llanganidan so‘ng bemorlarda bosh aylanishi kuzatilsa, ular avtomobilni boshqarish va yuqori diqqatni talab kiluvchi ishlarni bajarish kabi potentsial xavfli mashg‘ulotlardan saqlanishlari kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Simptomlari: preparatning nojo‘ya ta’sirlari kuchayadi, atrioventrikulyar blokada, yurakni to‘xtab qolishi, nafas markazining falaji yuz berishi mumkin. Davolash: qusishni chaqirish va me’dani yuvish. Surgi vositalarni qo‘llash. Patsiyent shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishi kerak. Davolash – simptomatik.

Retseptsiz

40 mg dan tabletkalar. 10 ta tabletkadan 1, 2 va 5 kontur-uyali o‘ramlarda 25 ta tabletkadan 1, 2 yoki 4 kontur-uyali o‘ramlarda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

2 yil.