Dramina rasmini ko'rish

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

dimengidrinat

Preparatning savdo nomi:

Dramina

Farmakalogik guruhi:

chayqalish sindromiga qarshi vosita

Dori shakli:

tabletkalar

dumaloq, yassi va silliq yuzali, oq rangli, faskali, bir tomoni riskali, hidsiz, achchiq ta’mli tabletkalar.

chayqalish sindromiga qarshi vosita

Preparat ichga qabul qilingandan so‘ng yaxshi so‘riladi, a’zo va to‘qimalar bo‘yicha taqsimlanadi. Preparatning ta’siri 15-30 minutdan so‘ng namoyon bo‘ladi va 3-6 soat davomida saqlanadi. Yuqori kontsentratsiyalarda gemoensefalik va yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi. 24 soat davomida organizmdan siydik bilan deyarli to‘liq chiqariladi. Oz miqdori ko‘krak suti bilan chiqariladi. Uzoq vaqt iste’mol qilinsa dimengidrinatga tolerantlik rivojlanishi mumkin.

dengiz va kesson kasalligivestibulyar va labirint buzilishlari belgilarini oldini olish va davolash (bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, ich ketishi), o‘smalarga qarshi davolash belgilaridan tashqariMenyer kasalligida qo‘llanadi.

Ichga, ovqatdan oldin qabul qilinadi. 1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: ¼-½ tabletkadan sutkada 2-3 marta. 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: ½-1 tabletkadan sutkada 2-3 marta. Kattalarga 1-2 tabletkadan sutkada 2-3 marta. Kattalar uchun  maksimal sutkalik doza 6 tabletkadan oshmasligi kerak. 1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun maksimal doza – muvofiq ravishda ½ tabletka va 1 tabletka, 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lganlarga – muvofiq ravishda 1 tabletka va 2 tabletka. Kinetozlarni oldini olish uchun yo‘lga chiqishdan 30 minut oldin 1-2 tabletka qabul qilish kerak. Davolash kursining davomiyligini davolovchi shifokor belgilaydi.

bosh aylanishi, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, umumiy xolsizlik, toliqish, diqqatni jamlashni buzilishi, bezovtalik, asabiylashish, uyqusizlik, kam hollarda – kechki ko‘rish va rang ajratish qobiliyatini susayishi, ko‘rishni xiralashishi, akkomodatsiyani buzilishi,og‘iz qurishi, ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, epigastriy sohasida og‘riq,burun va tomoq shilliq qavatlarini qurishi, bronx sekretini quyuqlashishiarterial bosimni pasayishi, taxikardiya, aritmiyagemolitik anemiyateri toshmasi, angionevrotik shish, bronxospazm, kam hollarda – medikamentoz dermatitsiyishni qiyinlashishi Barcha nojo‘ya ta’sirlar haqida shifokorga xabar berish lozim.

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanliktutqanoqtirishish sindromi (shu jumladan anamnezida)o‘tkir ekssudativ va vazikulyar dermatozlar1 yoshgacha bo‘lgan bolalarhomiladorlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Atropin, tritsiklik antidepressantlar, katexolaminlar, barbituratlar, alkogol, sedativ va uxlatuvchi vositalar, neyroleptiklar ta’sirini kuchaytiradi, kortikosteroidlar, antikoagulyantlar  ta’sirini susaytiradi. Apomorfinga reaktsiyani pasaytiradi. Atsetilxolinning yurak mushaklariga depressiv ta’sirini kamaytiradi. Vismut, skopolamin, og‘riq qoldiruvchi va psixotrop vositalar bilan birga qo‘llanganida ko‘rishni buzilishi ehtimolini oshiradi. Ototoksik antibiotiklar bilan (ctreptomitsin, neomitsin, viomitsin, amikatsin, kanamitsin), nomutanosib, chunki ototoksiklik belgilarini niqoblashi va eshitishni qaytmas buzilishini rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Zaharlanishlarda qustiruvchi dori vositasi sifatida buyurilgan apomorfin  samarasini pasaytirishi mumkin.

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: og‘iz, burun va tomoq qurishi, yuzni qizarishi, nafasni sekinlashishi va qiyinlashishi, ongni chalkashishi, bolalarda – tirishishlar, gallyutsinatsiyalar. Ko‘rsatilgan simptomlar paydo bo‘lganda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Davolash: me’dani faollashtirilgan ko‘mir aralashmasi bilan yuvish (20–30 g), tuzli surgi vositasini buyurish (10–15 g natriy sulfati), simptomatik davolash, bolalardagi tirishishlarda – fenobarbital (5-6 mg/kg), diazepam.

Retseptsiz

50 mg tabletkalar. 5 yoki 10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramlarga joylanadi. Bir kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutilarga joylanadi.

5 yil.