Sut bezi raki yoki o‘pkaning mayda xujayrali bo‘lmagan raki bo‘lgan patsiyentlarda qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmaganida deksametazon sutkada 16 mg (masalan 8 mg kuniga ikki marta) dotsetakselni buyurishdan 1 kun oldin boshlab 3 kun davomida kabi peroral qo‘llash uchun kortikosteroidlar bilan premedikatsiya organizmda suyuqlikni tutilishi va o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasini rivojlanish tez-tezligi va yaqqolligini kamaytirishi mumkin.
Prostata bezi raki bo‘lgan patsiyentlarda premedikatsiya 8 mg dotsetakselni infuziyasini boshlashdan oldin 12 soat, 3 soat va 1 soat oldin peroral deksametazon preparati bilan amalga oshiriladi.
Preparatni qo‘llaganda gematologik o‘zgarishlar.
Dotsetaksel bilan davolaganda eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya reaktsiya – neytropeniyadir.
Neytrofillarning eng past darajalari davolashning o‘rtacha 7-kuni kuzatilgan, lekin neytropeniyaning cho‘qqisiga erishish vaqti avval o‘smalarga qarshi davolashni bir necha marta olgan patsiyentlarda qisqaroq bo‘lishi mumkin.
Dotsetaksel qabul qilayotgan barcha patsiyentlarda periferik qon manzarasini sinchkovlik bilan monitoringini olib borish kerak.
Dotsetakselni faqatgina avvalgi tsikl tugaganidan keyin neytrofillarni soni ≥1500 kletok/ml3 gacha tiklangandan keyin takroran yuborish mumkin.
Agar dotsetaksel bilan davolash fonida og‘ir neytropeniya (7 kun davomida yoki undan ko‘proq <500 xujayra/ml3) rivojlansa, ximioterapiyaning keyingi tsiklida preparatning dozasini kamaytirish yoki tegishli simptomatik davolashni qo‘llash kerak.
Dotsetaksel, tsisplatin va 5-ftoruratsil (TCF) bilan majmuaviy davolangan patsiyentlarda, agar G-KRF qo‘llanilsa febril neytropeniya va neytropenik infektsiyalar kamroq rivojlangan.
TCF davolanayotgan patsiyentlar asoratlangan neytropeniya (febril neytropeniya, davomli neytropeniya yoki neytropenik infektsiyalar) xavfini kamaytirish uchun profilaktik ravishda G-KRF qabul qilishlari kerak.
TCF davolanayotgan patsiyentlar sinchkovlik bilan kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari” va “Nojo‘ya ta’sirlari” bo‘limlariga qarang).
Dotsetakselni doksorubitsin va tsiklofosfamid bilan majmuada (TAS) qabul qilgan patsiyentlarda, agar bemorlarda G-KRF bilan birlamchi profilaktika o‘tkazilgan bo‘lsa, febril neytropeniya va/yoki neytropenik infektsiyalar kamroq yuzaga kelgan.
Sut bezi raki tufayli TAS ad’yuvant davolanayotgan patsiyentlar uchun asoratlangan neytropeniya (febril neytropeniya, davomli neytropeniya yoki neytropenik infektsiyalar) xavfini kamaytirish uchun G-KRF birlamchi profilaktikasi imkoniyatini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.
TAS sxemasi bo‘yicha davolanayotgan patsiyentlar sinchkovlik bilan kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari” va “Nojo‘ya ta’sirlari” bo‘limlariga qarang).
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Ayniqsa birinchi va ikkinchi infuziya vaqtida kuzatilishi mumkin bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yuzasidan patsiyentlarning holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.
Dotsetaksel infuziyasini boshlagandan keyin hatto birinchi minutlarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanishi mumkin, shuning uchun arterial gipotenziya va bronxospazmni davolash uchun barcha zarur vositalarga ega bo‘lish kerak.
Teri tomonidan qizarish yoki chegaralangan reaktsiyalar kabi ahamiyatsiz simptomlar bilan kechuvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi davolashni to‘xtatishni talab etmaydi.
Yaqqol arterial gipotenziya, bronxospazm yoki tarqalgan toshma/eritema yoki juda kam hollarda o‘lim bilan yakunlanuvchi anafilaksiya dotsetaksel bilan davolashni darhol to‘xtatishni va tegishli davolashni o‘tkazishni talab etadi.
O‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaktsiyalari kuzatilgan patsiyentlarda dotsetakselni takroran qo‘llash mumkin emas.
Teri tomonidan reaktsiyalar.
Shish va keyinchalik epiteliy deskvamatsiyasi bilan kechuvchi qo‘l-oyoq terisi (kaft va panja) da chegaralangan eritema rivojlanishi holatlari kuzatilgan.
Shuningdek og‘ir simptomlar, masalan keyinchalik epiteliy deskvamatsiyasi bilan kechuvchi tarqalgan teri toshmasi haqida ham xabar berilgan, ular dotsetaksel bilan davolashni vaqtincha to‘xtiashni yoki preparatni to‘liq bekor qilishni talab etgan.
Organizmda suyuqlikni tutilishi.
Organizmda suyuqlikni ahamiyatli tulishi, masalan plevral, perikardial suyuqlik to‘planishi va astsit ko‘rinida tutilishi kuzatiladigan patsiyentlarning holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.
Respirator buzilishlar.
O‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘tkir respirator distress-sindrom, interstitsial pnevmoniya/pnevmonit, o‘pkaning interstitsial kasalligi, o‘pka fibrozi va nafas yetishmovchiligi holatlari haqida xabar berilgan.
Yondosh nur bilan davolangan patsiyentlarda nur oqibatidagi pnevmonit holatlari kuzatilgan.
O‘pka tomonidan yangi simptomlar paydo bo‘lganda yoki mavjud simptomlar kuchayganida patsiyentni sinchkovlik bilan kuzatish, shoshilinch tekshirish va tegishli davolashni o‘tkazish kerak.
Diagnozni aniqlamaguncha dotsetaksel bilan davolashni to‘xtatish tavsiya etiladi.
Tutib turuvchi davolash vositalarini erta qo‘llash patsiyentning holatini yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.
Dotsetaksel bilan davolashni takroran boshlash foydasini sinchkovlik bilan baholash kerak.
Jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar.
100 mg/m2 dotsetaksel bilan monoterapiya fonida transaminazalar (ALT va/yoki AST) darajasini NYUCh ga nisbatan 1,5 marta va ishqoriy fosfotaza darajasini NYUCh ga nisbatan 2,5 martadan ko‘proqqa oshishi aniqlangan patsiyentlarda preparatning toksik ta’siri, shu jumladan sepsis va me’da-ichakdan qon ketishi, shuningdek febril neytropeniya, infektsiyalar, trombotsitopeniya, stomatit va asteniya oqibatida o‘lim holatlari kabi og‘ir nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanishi xavfi yuqori bo‘ladi.
Shuning uchun jigar fermentlarining darajasi oshgan patsiyentlar uchun dotsetakselning tavsiya etilgan dozasi 75 mg/m2 ni tashkil qiladi; davolashni boshlashdan oldin va ximioterapiyaning har bir yangi tsiklidan oldin jigar fermentlari darajasini aniqlash kerak.
Ishqoriy fosfotaza darajasini NYUCh ga nisbatan 6 martadan ko‘proqqa oshishi bilan kechuvchi zardobda bilirubin (>NYUCh) va/yoki ALT va AST darajasini NYUCh ga nisbatan 3,5 martadan ko‘proqqa oshishi kuzatilgan patsiyentlar uchun dozani kamaytirish tavsiya etilmaydi, lekin umuman olganda, agar juda zarur bo‘lmasa dotsetakselni qo‘llash mumkin emas.
Me’da adenokartsinomasi bo‘lgan bemorlarda dotsetakselni tsisplatin va 5-ftoruratsil bilan majmuada qo‘llash bo‘yicha o‘tkazilgan asosiy tayanch klinik tadqiqotda patsiyentlarni tadqiqotga kiritmaslik mezonlaridan biri bo‘lib ALT va/yoki AST darajasini NYUCh ga nisbatan 1,5 martadan ko‘proqqa, ishqoriy fosfotaza – NYUCh ga nisbatan 2,5 martadan ko‘proqqa, bilirubin – NYUCh dan oshishi hisoblangan; shunday qilib, bunday patsiyentlarda dotsetakselning dozasini kamaytirish tavsiya etilmaydi.
Jigar funktsiyasining buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda dotsetakselni boshqa ko‘rsatmalarda majmuaviy qo‘llash haqida ma’lumotlar yo‘q.
Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar.
Buyrak funktsiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarni dotsetaksel bilan davolash haqida ma’lumotlar yo‘q.
Neyrotoksiklik.
Jiddiy periferik neyrotoksiklikni yuzaga kelishi preparatning dozasini kamaytirishni talab etadi (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limlariga qarang).
Kardiotoksiklik.
Dotsetakselni trastuzumab bilan birga qabul qilgan patsiyentlarda, ayniqsa agar avvalgi ximioterapiya kurslarida antratsiklinlar (doksorubitsin yoki epirubitsin) qo‘llanilgan bo‘lsa, yurak yetishmovchiligi rivojlanishi holatlari kuzatilgan.
Bunday yurak yetishmovchiligi o‘rtacha yoki og‘ir darajada bo‘lishi va o‘limning yuqori xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Agar dotsetakselni trastuzumab bilan majmuada qo‘llash zarurati bo‘lsa, davolashni boshlashdan oldin patsiyentning yurak-qon tomir tizimi holatini baholash kerak.
Bu preparatlar bilan davolash vaqtida yurak funktsiyasini muntazam (masalan har 3 oyda) nazorat qilish kerak, bu kardial disfunktsiya rivojlanishi mumkin bo‘lgan patsiyentlarni aniqlashga yordam beradi.
Ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar.
Dotsetaksel qabul qilgan patsiyentlarda makulaning kistoz shish (MKSH) holatlari kuzatilgan.
Ko‘rishni buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda shoshilinch va to‘liq oftalmologik tekshiruv o‘tkazishlari kerak.
MKSH aniqlangan hollarda dotsetakselni bekor qilish va tegishli davolashni boshlash kerak (“Nojo‘ya ta’sirlari” bo‘limiga qarang).
Boshqa ogohlantirishlar.
Davolashning butun davrida (erkaklar uchun ham, ayollar uchun ham) va u to‘xtatilgandan keyin kamida 6 oy davomida (faqat erkaklar) kontratseptsiya usullaridan foydalanish kerak (“Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi” bo‘limiga qarang).
Dotsetakselni CYP3A4 kuchli ingibitolari (masalan ketokonazol, itrakonazol, klaritromitsin, indinavir, nefazodon, nelfinavir, ritonavir, sakvinavir, telitromitsin va vorikonazol) bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘lmiga qarang).