Dotsetaksel Ebeveretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: dotsetaksel – 10 mg; 2 ml xajmli xar bir flakon 20 mg suvsiz dotsetaksel (10 mg/ml) saqlaydi; 8 ml xajmli xar bir flakon 80 mg suvsiz dotsetaksel (10 mg/ml) saqlaydi; 16 ml xajmli xar bir flakon 160 mg suvsiz dotsetaksel (10 mg/ml) saqlaydi. yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, makrogol 300, polisorbat 80 etanol 27% (xajm bo‘yicha).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

dotsetaksel

Preparatning savdo nomi:

Dotsetaksel Ebeve

Farmakalogik guruhi:

O‘smalarga qarshi vosita.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kontsentrat.

tiniq, rangsiz yoki och-sariq, rN 3,0-4,5 li eritma.

O‘smalarga qarshi vosita.

L01C D02

So‘rilishi Dotsetaksel 20-115 mg/m2 dozada yuborilganidan keyin uning farmakokinetikasi dozaga bog‘liq emas va muvofiq 4 min, 36 min va 11,1 soatni tashkil qiluvchi ά, β va γ yarim chiqarilish fazalar qiymatlari bilan uch kamerali modelda ta’riflanadi. Kechki faza qisman dotsetakselni periferik kameradan nisbatan sekin chiqarilishi bilan bog‘liq. Taqsimlanishi. 100 mg/m2 dozada 1 soat davomida tomchilab yuborilganidan keyin qon plazmasidagi preparatning o‘rtacha maksimal kontsentratsiyasi 3,7 mkg/ml, AUC muvofiq qiymati esa – 4,6 sxmkg/ml ni tashkil qiladi. Umumiy klirensi va muvozanat xolatidagi taqsimlanishni xajmining o‘rtacha qiymati muvofiq 21 l/s va 113 l ni tashkil qiladi. Umumiy klirensi qiymatlarining shaxslar aro o‘zgaruvchanligi taxminan 50% ni tashkil qiladi. Dotsetakselning 96% dan ko‘prog‘i qon palazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Chiqarilishi. Dotsetaksel tret-butil efir guruhini R450-orqali oksidlanishli metabolizmidan keyin 7 kun davomida siydik va ahlat bilan chiqariladi, bunda siydik bilan yuborilgan dozaning taxminan 6%, ahlat bilan esa – 75% chiqariladi. Yuborilgan dozaning taxminan 80% ahlatda birinchi 48 soat davomida bir asosiy nofaol metaboliti va uch ikkinchi darajali nofaol metabolitlari ko‘rinishida, ozgina miqdorlarda mavjud bo‘lgan, aniqlanadi; axlatda o‘zgarmagan preparatning miqdori katta emas.

Sut bezining raki Dotsetaksel Ebeve doksorubitsin va tsiklofosfamid bilan majmuada quyidagilarda ad’yuvant davolash o‘tkazish uchun ko‘rsatilgan: – regional limfa tugunlarini metastatik shikastlanishi bilan bo‘lgan sut bezini operatsiya qilish mumkin bo‘lgan rakida; – regional limfa tugunlarini metastatik shikastlanishi bo‘lmagan sut bezini operatsiya qilish mumkin bo‘lgan rakida; Regional limfa tugunlarini metastatik shikastlanishi bo‘lmagan sut bezini operatsiya qilish mumkin bo‘lgan rakida ad’yuvant davolash faqat sut bezining erta rakini birlamchi davolash bo‘yicha  xalqaro mezonlarga muvofiq ximioterapiya ko‘rsatilgan ko‘rsatilgan patsiyentlarda o‘tkaziladi. Dotsetaksel Ebeve doksorubitsin bilan majmuada sut bezini maxalliy-tarqalgan yoki metastatik raki bo‘lgan, ilgari bu xolati bo‘yicha tsitotoksik ximioterapiya olmagan bemorlarni davolash uchun ko‘rsatilgan. Dotsetaksel Ebeve monoterapiya ko‘rinishida sut bezining maxalliy-tarqalgan yoki metastatik raki bo‘lgan bemorlarni davolash uchun ko‘rsatilgan. Bunda ilgari o‘tkazilgan davolash tartiblari antratsiklinlar yoki alkillovchi agentlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Dotsetaksel Ebeve trastizumab bilan majmuada sut bezining metastatik rakini, kasallikning metastatik fazasi bo‘yicha ilgani tsitostatik davolash olmagan, HER2 gipersekretsiyasi bilan xarakterlanuvchi patsiyentlar davolash uchun ko‘rsatilgan. Dotsetaksel Ebeve kapetsitabin bilan majmuada sut bezining mahalliy-tarqalgan yoki metastatik raki bo‘lgan bemorlarni tsitostatik davolashni samarasi yo‘qligi aniqlanganidan keyin, davolash uchun ko‘rsatilgan. Bunda ilgari o‘tkazilgan davolash tartiblari antratsiklinlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. O‘pkaning mayda xujayrali bo‘lmagan raki Dotsetaksel Ebeve o‘pkaning mahalliy-tarqalgan yoki metastatik mayda hujayrali bo‘lmagan raki bo‘lgan bemorlarni, oldingi tsitotoksik terapiyaning samarasi yo‘qligi aniqlanganidan keyin davolash uchun ko‘rsatilgan. Dotsetaksel Ebeve tsisplatin bilan majmuada o‘pkaning rezektsiya qilib bo‘lmaydigan, mahalliy-tarqalgan yoki metastatik mayda hujayrali bo‘lmagan raki bo‘lgan, bu xolati bo‘yicha ilgari ximioterapiya olmagan bemorlarni davolash uchun ko‘rsatilgan. Prostata bezining raki Dotsetaksel Ebeve prednizon yoki prednizolon bilan majmuada prostata bezining gormon-refrakter metastatik raki bo‘lgan bemorlarni davolash uchun ko‘rsatilgan. Me’da adenokartsinomasi Dotsetaksel Ebeve tsisplatin va 5-ftoruratsil bilan majmuada me’daning metastatik adenokartsinomasi (shu jumladan gastroezofagal birikmaning adenokartsinomasi) bo‘lgan, ilgari kasallikning metastatik fazasi bo‘yicha ximioterapiya olmagan bemorlarni davolash uchun ko‘rsatilgan. Bosh va bo‘yin raki Dotsetaksel Ebeve tsisplatin va 5-ftoruratsil bilan majmuada bosh va bo‘yinning maxalliy-tarqalgan yassi hujayrali kartsinomasi bo‘lgan bemorlarni induktsion davolash uchun ko‘rsatilgan.

Dotsetaksel faqat muvofiq tsitotoksik ximioterapiyani o‘tkazish uchun ixtisoslashtirilgan statsionar sharoitlarida, va faqat malakali onkolog nazorati ostida qo‘llanishi kerak Tavsiya qilingan dozalari Sut bezining, me’da, bosh va bo‘yinning raki, shuningdek o‘pkaning mayda hujayrali bo‘lmagan rakini davolashda dotsetakselni yuborish oldidan, muvofiq qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmaganida, kortikosteroidlar, masalan, sutkada 16 mg (8 mg dan sutkada 2 marta) deksametazon bilan 3 kun davomida (dotsetaksel infuziyasidan 1 kun oldindan boshlab), peroral premedikatsiya o‘tkaziladi. Gematologik toksiklik xavfini pasaytirish maqsadida oldini olish sifatida shuningdek granulotsitar kloniyestimullovchi omil (G-CSF) preparatlari xam qo‘llanishi mumkin. Prostata bezining rakida (dotsetaksel prednizon yoki prednizolon bilan majmuada ishlatilgshanda) premedikatsiyaning tavsiya etiladigan tartibi dotsetakselni infuziyasidan 12 soat, 3 soat va 1 soat oldin peroral 8 mg doza deksometazonni o‘z ichiga oladi. Yuborish usuli Faqat vena ichiga tomchilab yuborish uchun. Dotsetaksel 1 soat davomida xar 3 haftada yuboriladi. Sut bezining raki. Sut bezining operatsiya qilib bo‘ladigan rakini ad’yuvant davolashda (regionar limfa tugunlarining metastatik shikastlanishi bo‘lgan xam, bo‘lmagan xam) dotsetakselning tavsiya etiladigan dozasi 75 mg/m2 ni tashkil qiladi va doksorubitsin (50 mg/m2 dozada) va tsiklofosfamid (500 mg/m2 dozada) yuborilganidan keyin 1 soat o‘tgach yuboriladi, xar 3 haftada 6 tsikllar miqdorida (TAS tartibi). Sut bezining mahalliy-tarqalgan yoki metastatik rakini monoterapiyasida Dotsetaksel Ebeve tana yuzasiga 100 mg/m2 dozada yuborish tavsiya etiladi. Sut bezining mahalliy-tarqalgan yoki metastatik rakini davolashda monoterapiyada dotsetakselning tavsiya etiladigan dozasi 75 mg/m2 ni tashkil qiladi. Birinchi yo‘nalish davolash sifatida dotsetaksel (75 mg/m2 dozada) doksarubitsin (50 mg/m2 dozada) bilan majmuada qo‘llanadi. Trastuzumab bilan majmuada dotsetakselning tavsiya etiladigan dozasi 100 mg/m2 ni tashkil qiladi va 3 haftada bir marta yuboriladi, shu vaqtning o‘zida trastuzumabni esa haftada bir marta yuboriladi. Asosiy tekshirishda dotsetakselning birinchi infuziyasi trastuzumabning birinchi dozasi yuborilganidan keyingi kunda o‘tkazilgan. Keyinchalik dotsetaksel trastuzumabning oldingi dozasi yaxshi o‘zlashtirilganida, trastuzumabning infuziyasi tugashi bilanoq yuborilgan. Kapetsitabin bilan majmuada dotsetakselning tavsiya etiladigan dozasi 75 mg/m2 ni tashkil qiladi va 3 haftada bir marta yuboriladi, shu vaqtning o‘zida kapetsitabinni esa 1250 mg/m2 dozada sutkada ikki marta (ovqat qabul qilgandan keyin 30 minut o‘tgach) keyingi 1 haftalik tanaffus bilan 2 hafta davomida qo‘llanadi. Kapetsitabinning dozalari patsiyentning tana yuzasi maydoni bo‘yicha hisoblanadi. O‘pkaning mayda hujayrali bo‘lmagan raki. O‘pkaning mayda hujayrali bo‘lmagan rakini birinchi yo‘nalish davolash sifatida ishlatilganida dotsetakselning tavsiya etiladigan dozasi 75 mg/m2ni tashkil qiladi; u yuborilganidan keyin darxol tsisplatin (75 mg/m2 dozada 30-60 minut davomida) yuboriladi. Platina preparatlari bilan oldingi ximioterapiyaning samarasizligida, monoterapiyada dotsetakselning tavsiya etiladigan dozasi 75 mg/m2 ni tashkil qiladi. Prostata bezining raki Dotsetakselning tavsiya etiladigan dozasi 75 mg/m2 ni tashkil qiladi. Prednizon yoki prednizolon davomli, peroral 5 mg dozada sutkada 2 marta qabul qilinadi. Me’da adenokartsinomasi Dotsetakselning tavsiya etiladigan dozasi 75 mg/m2 ni tashkil qiladi va 1-nchi kuni 1 soat davomida vena ichiga tomchilab yuboriladi, shundan keyin 1-nchi kuni tsisplatin (75 mg/m2 dozada 1-3 soat davomida vena ichiga tomchilab) yuboriladi; so‘ngra – 5-ftoruratsil (sutkada 750 mg/m2 dozada davomiyligi 5 sutkalik  24-soatlik uzuluksiz infuziya yo‘li bilan, tsisplatinni yuborish yakunlanganidan keyin darxol boshlab) yuboriladi. Davolash tsikllari 3 hafta 1 marta takrorlanadi. Patsiyentlar tsisplatinni yuborish oldidan qusishga qarshi vositalar bilan premedikatsiya va adekvat gidratatsiya olishlari kerak. Bosh va bo‘yin raki. Patsiyentlar tsisplatinni yuborishdan oldin va keyin qusishga qarshi vositalar bilan premedikatsiya va adekvat gidratatsiya olishlari kerak Gematologik toksiklik xavfini pasaytirish maqsadida oldini olish sifatida G-CSF preparatlari xam ishlatilishi mumkin. Dotsetaksel guruxining barcha patsiyenlari TAX 323 va TAX 324 tekshirishlarda antibiotikoterapiya bilan profilaktikani olganlar. Keyingi nurli davolash bilan induktsion ximioterapiya (TAX 323) Bosh va bo‘yinning operatsiya qilib bo‘lmaydigan maxalliy-tarqalgan yassi hujayrali kartsinomasini induktsion davolash sifatida ishlatilganida dotsetakselning tavsiya etiladigan dozasi 75 mg/m2 ni tashkil qiladi va 1-nchi kuni vena ichiga 1 soat davomida tomchilab yuboriladi; shundan keyin 1-nchi kuni tsisplatin (75 mg/m2 dozada 1 soat davomida) vena ichiga yuboriladi, so‘ngra – 5 kun davomida 5-ftoruratsil sutkada 750 mg/m2 dozada davomiylikdagi uzuluksiz infuziya yo‘li bilan yuboriladi. Davolash tsikllari xar 3 haftada to‘rt marta takrorlanadi. Ximioterapiyadan keyin patsiyentda nurli davolash o‘tkazilishi kerak. Keyingi nurli davolash bilan induktsion ximionurli terapiya (TAX 324). Bosh va bo‘yinning mahalliy-tarqalgan yassi hujayrali rakini induktsion davolashda (texnik rezektsiya qilib bo‘lmaydigan, a’zoni saqlab qolish maqsadida xirurgik tuzalishning extimoli past bo‘lgan) dotsetakselning tavsiya etiladigan dozasi 1-nchi kuni 75 mg/m2 ni tashkil qiladi va 1 soat davomidagi vena ichiga tomchilab yuboriladi; shundan keyin 1-nchi kuni tsisplatinni vena ichiga tomchilab yuborish amalga oshiriladi (100 mg/m2 dozada 30 minutdan 3 soatgacha davomiylikda), so‘ngra – 1-4-nchi kunlari sutkada 1000 mg/m2 dozada 5-ftoruratsilni vena ichiga uzuluksiz infuziyasi o‘tkaziladi. Davolash tsikllari xar 3 haftada uch marta takrorlanadi. Ximioterapiyadan keyin patsiyentda ximionurli davolash o‘tkazilishi kerak. Davolash jarayonida dozalarni to‘g‘irlash Umumiy ma’lumotlar. Dotsetaksel faqat neytrofillarning miqdori 1500 hujayra/mm3 bo‘lganida yuborilishi kerak. Agar dotsetaksel bilan davolash jarayonida febril neytropeniya rivojlanishi aniqlansa, 1 haftadan ko‘proq neytrofillar miqdorini 500 hujayra/mm3 dan kamga pasayishi, og‘ir yoki kumulyativ teri reaktsiyalarida yoki og‘ir periferik neyropatiyada dotsetakselning dozasi 100 mg/m2 dan 75 mg/m2 gacha va/yoki 75 mg/m2 dan 60 mg/m2 gacha pasaytirilishi kerak. Dotsetaksel 60 mg/m2 dozada ishlatish fonida bu reaktsiyalar saqlanganida, bu preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak. Sut bezining rakini ad’yuvant davolash. Sut bezining raki bo‘yicha dotsetaksel, doksorubitsin va tsiklofosfamid (TAS) majmuasi bilan ad’yuvant davolash olayotgan patsiyentlarda, G-CSF preparatlari bilan birlamchi oldini olishni o‘tkazish masalasini ko‘rish kerak. Febril neytropeniya va/yoki neytropenik infektsiyalar rivojlanganida, barcha keyingi tsikllar vaqtida dotsetakselning dozasini 60 mg/m2 gacha pasaytirish kerak. Shuningdek 3-nchi yoki 4-nchi darajali stomatit rivojlanganida xam dotsetakselning  dozasini 60 mg/m2 gacha pasaytirish kerak. Tsisplatin bilan majmuada qo‘llash. Boshidan dotsetakselni 75 mg/m2 dozada tsisplatin bilan majmuada olgan patsiyentlarda, ularda davolashning oldingi tsiklida trombotsitlarning miqdori 25000 hujayra/mm3 dan kamga pasaygan bo‘lsa, shuningdek febril neytropeniya yoki jiddiy nogematologik toksiklik rivojlangan patsiyentlarda keyingni tsikllarda dotsetakselning dozasini 65 mg/m2 gacha pasaytirish kerak. Kapetsitabin bilan majmuada qo‘llash. Dotsetaksel va kapetsitabinni navbatdagi rejali yuborish vaqtigacha saqlanuvchi 2 darajali toksik samaralar rivojlanishini birinchi epizodida, toksiklik darajasi 0-1 darajagacha pasaymagunicha davolash kechiktiriladi, shundan keyin esa davolash to‘liq dozada qayta tiklanadi.2-nchi darajali toksik samaralar rivojlanishini ikkinchi epizodida yoki 3-nchi darajali toksik samaralar rivojlanishini birinchi epizodida davolash preparatni yuborish kechiktiriladi, so‘ngra dotsetaksel bilan davolash 55 mg/m2 dozada qayta tiklanadi.Toksikning keyingi epizodlari rivojlanganida, shuningdek 4-nchi darajali toksiklikning xar qanday ko‘rinishlarida dotsetakselni bekor qilish kerak. Tsisplatin va 5-ftoruratsil bilan majmuada qo‘llash. G-CSF bilan davolashga qaramasdan, patsiyentda febril neytropeniya, davomli neytropeniya yoki neytropenik infektsiya rivojlansa, dotsetakselning dozasini 75 mg/m2 dan 60 mg/m2 gacha pasaytirish kerak. Asoratlangan neytropeniyaning keyingi epizodlari rivojlanganida dotsetakselning dozasi 60 mg/m2 dan 45 mg/m2 gacha pasaytirish kerak. 4-nchi darajali trombotsitopeniya rivojlanganida dotsetakselning dozasini 75 mg/m2  dan 60 mg/m2 gacha pasaytirish kerak. Keyingi tsikllar doirasida dotsetaksel bilan davolash faqat neytrofillarning miqdori 1500 xujayra/mm3 dan ko‘proqqa, trombotsitlarning miqdori esa 100000 xujayra/mm3 dan ko‘proqqa tiklanganidan keyin qayta tiklanishi mumkin. Bu toksiklik ko‘rinishlarini persistirlanishida preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak. Quyidagi jadvalda tsisplatin va 5-ftoruratsil (5-FU) bilan majmuaviy davolash olayotgan patsiyentlarda toksiklik ko‘rinishlari rivojlanganda, davolash tartibini to‘g‘irlash bo‘yicha tavsiyalar.

Alopetsiya.Amenoreya.Anemiya.Anoreksiya.Artralgiya.Asteniya.Og‘riqlar (shu jumladan tomoq va xalqumda, oyoq-qo‘llarda, suyaklarda, orqada, ko‘krak qafasida).Qorin og‘riqlari.O‘ta yuqori sezuvchanlik (reaktsiyalar infuziya boshlanganidan keyin bir necha minut davomida rivojlanadi va odatda yengil va og‘irligi o‘rtacha darajali bo‘ladi); ularning eng ko‘p uchraydigan simptomlari oqib kelishlar, teri toshmalari (qichishish bilan assotsiatsiyalangan va usiz), ko‘krak qafasida siqilish xissi, orqada og‘riqlar, dispnoe va tana haroratini oshishi yoki qaltirash” gipotenziya va/yoki bronxospazm yoki yoyilgan teri toshmalari/eritema rivojlanishi bilan xarakterlanuvchi og‘ir reaktsiyalar).Gipesteziya.Bosh og‘rig‘i.Grippsimon sindrom.Diareya.Disgveziya.Dispepsiya.Dispnoe.Organizmda suyuqlikni tutilishi (periferik shishlarni rivojlanishiga va kamroq – plevra bo‘shlig‘i va perikard bo‘shlig‘ida suyuqlik xosil bo‘lishi, astsit va tana massasini oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan).Qabziyat.Tormozlanish.Uyqusizlik.Infektsiyalar (shu jumladan sepsis va pnevmoniya).Yo‘tal.Teri toshmalari.Teri reaktsiyalari.Kon’yunktivit.Qo‘l-oyoq kafti sindromi.Limfedema.Mialgiya.Nazofaringit.Eshitishni buzilishi.Tirnoqlar tomonidan buzilishlar.Neytropeniya (qaytuvchi va preparatning patsiyent olgan yig‘indi dozasini oshishi bilan kuchaymaydigan; ko‘rsatgichning minimal qiymatlargacha davri davomiyligini medianasi 7 kunni tashkil qilgan, og‘ir neytropeniya [≤500 xujayra/mm3] davomiyligini medianasi – 7 kun).Burundan qon ketishi.Qaltirash.Paresteziya.Periferik sensor neytropeniya.Periferik motor neyropatiya.Periferik shishlar (odatda oyoqlardan boshlanadi, so‘ngra yoyilishi mumkin, bu tana massasini 3 kg va ko‘proqqa oshishi bilan birga kechadi; patsiyent olgan yig‘indi doza oshgan sari organizmda suyuqlikning tutilishini tez-tezligi va og‘irlik darajasi oshib boradi).Tana xaroratini oshishi.Oqib kelishlar.Qusish.Rinoreya.Ishtaxani pasayishiTana massasini pasayishi.Stomatit.Ko‘ngil aynishi.Trombotsitopeniya.Tana massasini oshishi.Lakrimatsiyani kuchayishi.Charchoqlik.Febril neytropeniya (shu jumladan tana xaroratini oshishi va antibiotiklarni ishlatish bilan assotsiatsiyalangan, G-CSF ni ishlatishdan qat’iy nazar) yoki neytropenik sepsis (G-CSF ni ishlatishdan qat’iy nazar).Ezofagit.Eritema.

Tsitoxrom R450-3A ni ingibitsiya qiluvchi yoki induktsiyalovchi vositalar, yoki ular tomonidan metabolizmga uchrovchi (va raqobatli o‘zaro ta’sir xisobiga uni ingibitsiya qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan), xususan tsiklosporin, ketokonazol va eritromitsinni bir vaqtda yuborish, dotsetakselning metabolizmiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun axamiyatli o‘zaro ta’sir rivojlanishi mumkinligi tufayli, bir vaqtda bu preparatlar ishlatilganida extiyotkorlikka rioya qilish kerak. Dotsetaksel CYP3A4 ingibitorlari bilan majmuada ishlatilganida, uning metabolizmini pasayishi oqibatida noxush reaktsiyalar xavfi oshadi. Dotsetakselni CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlarini (xususan, ketokonazo, itrakonazol, klaritromitsin, indinavir, nefazodon, nelfinavir, ritonavir, sakvinavir, telitromitsin va vorikonazol) bilan majmuada ishlatishning zarurati bo‘lganida, sinchikov kuzatuv talab etiladi, va  CYP3A4 kuchli ingibitori bilan bir vaqtda qo‘llash davrida dotsetakselning dozasini to‘g‘irlash talab qilinishi mumkin. Dotsetaksel CYP3A4 tomonidan metabolizmga uchraydi, prednizon esa bu izofermentni induktsiyalaydi. Shunga qaramasdan, dotsetakselning farmakokinetikasiga prednizonni ishonchli ta’siri aniqlanmagan. Dotsetaksel ahamiyatli darajada (≥95%) oqsillar bilan bog‘lanadi.Boshqa preparatlar xam axamiyatli darajada oqsillar bilan bog‘lanadi, xususan, eritromitsin, difengidramin, propranolol, fenitoin, salitsilatlar, sulfametoksazol va valproat natriy, lekin dotsetakselni oqsillar bilan bog‘lanishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.  Deksametazon xam dotsetakselni oqsillar bilan bog‘lanishiga ta’sir ko‘satmaydi. Shunga o‘xshash, dotsetaksel digoksinni bog‘lanishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Dotsetaksel, doksorubitsin va tsiklofosfamidni bir vaqtda yuborish majmuaning barcha komponentlarini farmakokinetik parametrlariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Dotsetaksel va karboplatin bilan o‘zaro ta’sir qilish qobilyatiga ega.

Premedikatsiya bo‘yicha “Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang. Gematologik toksiklik. Dotsetaksel olayotgan hamma patsiyentlarda qonning klinik taxlili parametrlarini tez-tez nazorat qilish kerak. Dotsetakselni qayta yuborishni faqat neytrofillarning miqdori ≥1500 xujayra/mm3 ga tiklanganidan keyin o‘tkazish mumkin. Dotsetaksel bilan davolash kursi davomida og‘ir neytropeniya rivojlanganida (≤500 xujayra/mm3, kamida 7 kun davomida saqlanuvchi), keyingi tsikllarda preparatning dozasini pasaytirish yoki muvofiq tutib turuvchi davolash o‘tkazish tavsiya etiladi. Dotsetakselni tsisplatin qv 5-ftoruratsil (TCF tartibi) bilan majmuada yoki doksorubitsin va tsiklofosfamid (TAS tartibi) olayotgan patsiyentlarda, G-CSF preparatlari bilan profilaktik terapiya febril neytropeniya va neytropenik infektsiyalar tez-tezligini pasayishiga yordam beradi. Shuning uchun TCF yoki TAS davolash olayotgan patsiyentlar, shuningdek G-CSF bilan profilaktik terapiyani xam olishlari kerak. TCF yoki TAS davolash olayotgan patsiyentlarni sinchiklab kuzatish kerak. O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari. Patsiyentlar o‘ta yuqori reaktsiyalarga, ayniqsa preparatni birinchi va ikkinchi infuziyasi vaqtida, sinchiklab kuzatilishlari kerak. O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari dotsetaksel infuziyasi boshlanganidan keyin bir necha minut davomida rivojlanishi mumkin, shuning uchun bo‘limida arterial gipotenziya va bronxospazmni davolash vositalari bo‘lishi kerak. O‘ta yuqori sezuvchanlikning kuchsiz ifodalangan simptomlari (xususan, giperemiya yoki lokallangan teri reaktsiyalari) davolashni to‘xtatishni talab qilmaydi. Lekin og‘ir reaktsiyalar, xususan og‘ir gipotenziya, bronxospazm yoki yoyilgan teri toshmalari yoki eritema rivojlanganida, darxol dotsetaksel yuborishni to‘xtatish va muvofiq davolashni boshlash kerak. O‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaktsiyalari aniqlangan patsiyentlar, dotsetakselni qayta olmasliklari kerak. Teri reaktsiyalari. Shish va epiteliyni keyingi deskvamatsiyasi bilan birga kechuvchi oyoq-qo‘llar (oyoq-qo‘l kaftlari) terisining lokallangan eritemasi xollari kuzatilgan. Shuningdek og‘ir ko‘rinishlar, xususan, dotsetakselni bekor qilishni talab etuvchi epiteliyni keyingi deskvamatsiyasi bilan teri toshmalari xollari aniqlangan. Organizmda suyuqlikni tutilishi. Organizmda suyuqlikning tutilishini og‘ir ko‘rinishlari, xususan plevra suyuqligi, perikard bo‘shlig‘i suyuqliga va astsit rivojlanishi, patsiyentni sinchiklab kuzatishni talab qiladi. Respirator buzilishlar. Respirator buzilishlar o‘lim bilan yakunlanishi mumkin. O‘pkalar tomonidan simptomlarni birinchi rivojlanishi yoki mavjudlarini yomonlashishida patsiyentni sinchiklab kuzatish, shoshilinch tekshirish va adekvat davolash kerak. Tashxis qo‘yilgunicha dotsetaksel bilan davolashni to‘xtatish tavsiya etiladi. Tutib turuvchi davolashni erta boshlash ko‘rinishlar yaqqolligini kamayishiga yordam berishi mumkin. Davolashni qayta tiklash oldidan bu aralashuvning potentsial foydasini sinchiklab baxolash kerak. Jigar faoliyatini buzilishi. 100 mg/mm2 dozada dotsetaksel bilan monoterapiya olayotgan, qon zardobi ALT va/yoki AST  NYUCh lan 1,5 marta yuqori, qon zardobi ishqoriy fosfataza NYUCh dan 2,5 marta yuqori bo‘lgan patsiyentlarda, og‘ir noxush reaktsiyalar, xususan sepsis va me’da-ichak qon ketishlar (mumkin bo‘lgan o‘lim bilan yakunlanuvchi), febril neytropeniya, infektsiyalar, trombotsitopeniya, stomatit va asteniya xavfini oshishi kuzatiladi. Shuning uchun jigarning funktsional sinamalirining (JFS) yuqori qiymatlari bo‘lgan patsiyentlarda dotsetakselning tavsiya etiladigan dozasi 75 mg/mm2 ni tashkil qiladi; bunda JFS qiymati dastlabki tekshirish vaqtida va davolashni xar bir tsikli oldidan baholanishi kerak. Qo‘shimcha “Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang. Buyraklar faoliyatini buzilishi. Buyraklar faoliyatini og‘ir buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda dotsetakselni ishlatish bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar. Og‘ir periferik neyrotoksiklik rivojlanganida dotsetakselning dozasini pasaytirish kerak. Kardiotoksiklik. Dotsetakselni trastizumab bilan majmuada olayotgan, ayniqsa ilgari antratsiklinlarni (doksorubitsin yoki epirubitsin) olgan patsiyentlarda, yurak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin. Uning yaqqolligi o‘rtachadan og‘ir darajagacha bo‘lishi mumkin; o‘lim xollari xam bo‘lishi mumkin. Dotsetaksel va trastuzumab majmuasi bilan davolash rejalashtirilganida, yurak faoliyatini dastlabki baxolashni o‘tkazish kerak. Keyinchalik muvofiq buzilishlar rivojlanishi mumkin bo‘lgan patsiyentlarni aniqlash maqsadida, davolash jarayonida (masalan, xar 3 oyda) yurak faoliyatini muntazam nazorat qilish kerak. Ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar. Dotsetaksel olayotgan patsiyentlarda, tsistoid makulyar shish (TsMSH) xollari qayd etilgan. Ko‘rishning buzilishlari rivojlanganida, shoshilinch va to‘liq oftalmologik tekshirish o‘tkazish kerak. TsMSH tashxisi qo‘yilgan xolda, dotsetaksel bilan davolashni to‘xtatish va muvofiq davolashni boshlash kerak. Boshqa ma’lumotlar. Dotsetaksel olayotgan ikkala jins patsiyentlari, davolashning xamma davri davomida kontratseptsiya usullarini qo‘llashlari kerak; erkaklar shuningdek davolash yakunlanganidan keyin kamida 6 oy davomida kontratseptsiya usullarini qo‘llashlari kerak. Dotsetakselni CYP3A4 ni kuchli ingibitorlari (xususan, ketokonazol, itrakonazol, klaritromitsin, indinavir, nefazodon, nelfinavir, ritonavir, sakvinavir, telitromitsin va vorikanazol) majmuada ishlatishdan saqlanish kerak.

Homiladorlik davrida qo‘llash. Homiladorlik davrida dotsetakselni qo‘llash bo‘yicha ma’lumot yo‘q. Dotsetakselni quyonlar va kalamushlarda embriotoksik va fetotoksik ta’siri, shuningdek kalamushlarda fertillikni pasaytirishi ko‘rsatilgan. Boshqa tsitotoksiklar kabi, xomiladorlik davrida ishlatilganida, dotsetaksel xomilani shikastlashi mumkin. Shuning uchun o‘ta zarur xollardan tashqari, u xomiladorlik davrida ishlatilmasligi kerak. Dotsetaksel olayotgan bola tug‘ish yoshidagi ayollarga xomilador bo‘lib qolishdan saqlanishlari, xomilador bo‘lib qolganda esa darxol davolovchi shifokorga xabar berishlari kerak. Emizish davrida qo‘llash. Dotsetaksel lipofil modda xisoblanadi, lekin uni ko‘krak suti bilan chiqarilishi noma’lum. Shuning uchun emizikli bolalarda noxush nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanishi mumkinligini xisobga olib, dotsetaksel bilan davolashni xamma vaqt davomida emizishni to‘xtatish kerak. Erkaklar va ayollardagi kontratseptsiya. Davolanish davrida kontratseptsiyaning samarali usullarini ishlatish kerak. Fertillikka ta’siri. Dotsetaksel genotoksik xususiyatlarga ega va shuning uchun erkaklarda fertillikka ta’sir qilishi mumkin. Bu preparat bilan davolashni xamma vaqti davomida va u yakunlanganidan keyin 6 oygacha erkaklarga ayolni xomilador qilishdan saqlanish kerak. Preparat bilan davolashni boshlashgacha urug‘ suyuqligini konservatsiya qilish masalasi bo‘yisha maslaxatlashish tavsiya etiladi.

Tekshirishlar o‘tkazilmagan. Lekin bu preparatda saqlanuvchi miqdorlarda etanol, patsiyentning transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini buzishi mumkin. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Original o‘ramida 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan ximoyalangan joyda saqlansin. Muzlatilmasin. Suyultirilgandan keyin: 4 soat davomida ishlatilsin. 2-8oS haroratda (yorug‘likdan ximoyalanmagan) yoki 25oS dan yuqori bo‘lmagan (yorug‘liqdan ximoyalangan) xaroratda saqlansin. Tayyorlangan eritmalarning kimyoviy va fizik turg‘unligi 5% glyukoza va 0,9% natriy xloridi (0,30 mg/ml va 0,74 mg/ml kontsentratsiyali) asosida tekshirilgan. Mikrobiologik nuqtai nazardan eritma bevosita tayyorlanganidan keyin ishlatilishi kerak.

Dotsetakselning antidoti noma’lum. Doza oshirib yuborilgan xolda bemor ixtisoslashgan bo‘limga gospitalizatsiya qilinadi va organizmning xayotiy muxim faoliyatlari sinchiklab kuzatiladi. Doza oshirib yuborilgan xolda preparatning noxush samaralarini kuchayishini kutish kerak. Dozani oshirib yuborilishini asosiy kutiladigan ko‘rinishlarimiyelosupressiya, periferik neyropatiya va mukozit xisoblanadi. Dozani oshirib yuborilishi xaqida ma’lumot olinganidan keyin mumkin bo‘lgan qisqa muddatlarda patsiyentni G-CSF preparatlari bilan davolashni boshlash kerak. Bundan tashqari, muvofiq ko‘rsatmalar bo‘lganida, kerakli simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.

Statsionar sharoitlarda qo‘llash uchun

Rangli plastik qopqoqli siqma alyumin qalpoq bilan yopilgan rezina tiqinli rangsiz shisha flakonlarda. 1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Ochilmagan flakon: 2 yil. Ochilgandan keyin: 28 kundan ortiq saqlanmasin (sovutgichda yoki xona haroratida).