Nojo‘ya samaralarning tez-tezligi mezonlari quyidagi tarzda aniqlangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (>1/100, <1/10), ba’zi xollarda (>1/1000, <1/100), kam hollarda (>1/10000, <1/1000) va juda kam hollarda (<1/10000).
Har bir guruhning ichida nojo‘ya reaktsiyalarning aniq tez-tezlik mezonlari ularning og‘irlik darajasini kamayishi tartibida keltirilgan.
Qon yaratish a’zolari tomonidan: Ko‘proq uchraydigan nojo‘ya samaralar bo‘lib, qaytuvchan neytropeniya hisoblanadi, ko‘pgina hollarda u isitma bilan kechadi.
Neytrofillar soni o‘rtacha 7-nchi kunida minimumgacha pasayadi (avval ximioterapiyani qabul qilgan patsiyentlarda ushbu davr qisqa bo‘lishi mumkin), yaqqol neytropeniyaning (<500/mkl) o‘rtacha davomiyligi ham 7 kunni tashkil qiladi.
Trombotsitopeniya va anemiya rivojlanishi mumkin.
Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari: Odatda infuziya boshlangandan keyin bir necha minut davomida kelib chiqadi va yengil yoki kuchsiz bo‘ladi (qon oqib kelishlar, qichishish bilan kechuvchi toshma, ko‘krak qafasini siqilishi, belda og‘riq, xansirash va dorili isitma yoki qaltirash).
Juda kam hollarda – bullyoz toshmalar (Layell yoki Stivens-Djonson sindromi).
Arterial bosimini pasayishi va/yoki bronxospazm yoki tarqalgan toshmalar/eritema bilan xarakterlanadigan og‘ir reaktsiyalar, odatda infuziya tugaganidan so‘ng va adekvat davolash buyurilgandan so‘ng o‘tib ketadi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: Alopetsiyalar, yengil yoki kuchsiz ifodalangan teri reaktsiyalari.
Kam hollarda qichishish bilan kechuvchi toshma yoki yoki qo‘l-oyoqlarning (kaftlar va tovon) shishi va keyinchalik deskvamatsiya bilan birga terisining cheklangan eritemasi kabi yaqqol reaktsiyalar uchrashi mumkin.
Kam hollarda – tirnoqlarning gipo-yoki giperpigmentatsiyasi, tirnoqlarning og‘ir shikastlanishlari kuzatiladi (onixolizis).
Suyuqlikni tutilishi: Periferik shishlar va kam hollarda plevra bo‘shlig‘iga va perikardial bo‘shliqqa suyuqlik to‘planishi, astsit va tana vaznini oshishi holatlari qayd etilgan.
Periferik shishlar odatda, oyoqlardan boshlanadi, so‘ngra tana vaznining 3 kg va undan ortiq oshishi bilan tarqoq shaklga o‘tishi mumkin.
Preparatni takroriy yuborilganida suyuqlik tutilishining tez-tezligi va yaqqolligi ko‘payadi; suyuqlik tutilishi kuzatilganida, dotsetakselning o‘rtacha yig‘indi dozasi premedikatsiya o‘tkazilganida 818,9 mg/m2, premedikatsiya o‘tkazilmaganida – 489,9 mg/m2 ni tashkil qiladi, ba’zi holatlarda suyuqlikni tutilishi davolashning birinchi kurslari vaqtida rivojlanishi mumkin.
Suyuqlikni tutilishi o‘tkir oligouriya yoki arterial bosimini pasayishi epizodlari bilan birga kechmaydi.
Juda kam hollarda degidratatsiya va o‘pka shishi rivojlanishi xaqida xabar berilgan.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: Ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, anoreksiya, qabziyat, stomatit, ta’m sezishni buzilishi, ezofagit, me’da sohasida og‘riqlar; kam hollarda – me’da-ichakdan qon ketishi, juda kam hollarda – ichak o‘tkazuvchanligini buzilishi kuzatiladi.
Nerv tizimi tomonidan: Yengil yoki kuchsiz ifodalangan paresteziyalar, gipersteziyalar, dizesteziyalar yoki og‘riqlar, shu jumladan achishish ko‘rinishidagi periferik neyropatiya.
Xarakatni buzilishlari holsizlik bilan xarakterlanadi.
Ushbu buzilishlar odatda 3 oy davomida mustaqil o‘tib ketadi.
Juda kam hollarda – tirishishlar va o‘tib ketuvchi xushdan ketishlar.
Yurak–qon tomir tizimi tomonidan Yurak ritmini buzilishi (sinusli taxikardiya, xilpillovchi aritmiya), nostabil stenokardiya, yurak yetishmovchiligi, arterial bosimini oshishi yoki pasayishi.
Juda kam hollarda – venoz tromboemboliya va miokard infarkti holatlari kuzatiladi.
Miokard infarktining kam hollari haqida xabar berilgan.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: AST, ALT zardobli faolligini, ishqoriy fosfataza va qon zardobida bilurubin kontsentratsiyasini oshishi.
Boshqalar: Asteniya, artralgiya, mialgiya, mushak kuchsizligi, xansirash, tarqalgan yoki mahalliy og‘riqlar, shu jumladan yurak va o‘pka kasalliklariga bog‘liq bo‘lmagan ko‘krak qafasida og‘riqlar, sepsis.
Kam hollarda kon’yunktivit bilan birga (yoki u siz), ko‘z yoshi oqishi, juda kam hollarda – (asosan o‘smaga qarshi boshqa preparatlarni bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlarda) ko‘z yoshi kanalining okklyuziyasi, bu ko‘z yoshini xaddan ziyod ko‘p oqishiga olib keladi.
Kam hollarda o‘tib ketuvchi vizual buzilishlar (ko‘zlarda yorug‘lik hissi), odatda preparatni yuborish vaqtida kelib chiqadi va infuziyani tugaganidan so‘ng yo‘qolib ketadigan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarning rivojlanishi bilan birga kechadi.
Yuborish joyida reaktsiyalar – kuchsiz ifodalangan va giperpigmentatsiya, yallig‘lanish, qizarish yoki terini qurishi, flebitlar, qon quyilishi yoki vena shishi holida namoyon bo‘ladi.
Juda kam hollarda – o‘tkir respirator distress- sindromi va interstitsial pnevmoniya, o‘pka fibrozi va nurga reaktsiyalarni kuchayishi.
Dotsetakselni kapetsitabin bilan majmuada qo‘llanganida me’da–ichak yo‘llari tomonidan nohush holatlari, kaft-tovon sindromi (qo‘l-oyoq barmoqlari (kaft-tovon) terisining giperemiyasi, keyinchalik deskvamatsiya va shish bilan), degidratatsiya, ko‘z yoshini oqishi, artralgiyalar, og‘ir trombotsitopeniya va anemiya, giperbilirubenimiya, biroq yanada kamroq og‘ir neytropeniya, alopetsiyalar, tirnoqlar tomonidan buzilishlar, astniyalar, mialgiya, oyoq-qo‘llarning shishini rivojlanishi kuzatilgan.
Dotsetaksel va kapetsitabin bilan majmuaviy davolashni qabul qilayotgan, 60 yoshdan oshgan patsiyentlarda, yoshroq patsiyentlarga nisbatan 3-4 darajali toksiklikni rivojlanishi ko‘proq aniqlanadi.