Dormikind rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka (100 mg) quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 15 mg Cypripedium pubescens trit. D4, 20 mg Magnesium carbonicum trit. D10, 15 mg Zincum valerianicum trit. D12; Yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, laktoza monogidrati, talk, magniy stearati.

Preparatning savdo nomi:

Dormikind

Farmakalogik guruhi:

gomeopatik vositalar.

oq yoki deyarli oq, ikki tomoni yassi, chetlari kesilgan tabletkalar.

gomeopatik vositalar.

Kichik yoshdagi va emizikli bolalardagi uyquni buzilishlari va bezovtalanishni davolash uchun qo‘llanadi.

6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 tabletkadan kuniga 4 martagacha. Dormikindni ovqat va ichimlik bilan qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Tabletkalarni og‘izda asta-sekin erishiga yo‘l qo‘yib, ovqatlanishdan yarim soat oldin yoki yarim soat keyin qabul qilish kerak. Zarurati bo‘lganida tabletkalarni ozgina miqdordagi suv bilan eritish mumkin. Preparatni o‘tkazib yuborilgan qabulini to‘ldirish uchun ikki barobar dozani berish tavsiya qilinmaydi.

Hozirgi vaqtgacha noma’lum. Agar farzandingizda preparatni qabul qilganidan keyin hech qanday nojo‘ya samaralarning paydo bo‘lgani haqida sezsangiz shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Preparatga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Hozirgi vaqtgacha noma’lum. Agar farzandingiz boshqa dori vositalarini qabul qilgan yoki qabul qilayotgan bo‘lsa shifokoringizga xabar bering.

Gomeopatik dori vositalari qo‘llanganida kasallikning belgilari vaqtinchalik birlamchi yomonlashishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni bekor qilish va shifokorga murojaat qilish kerak. Agar Siz farzandingiz Dormikindga yetarlicha javob bermayotgan bo‘lganini sezsangiz yoki unda kutilmagan simptomlar paydo bo‘lsa, iltimos shifokorga murojaat qiling. Bu dori vositasi laktoza (sut qandi) saqlaydi. Agar shifokoringiz Sizga farzandingizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmasligini aytgan bo‘lsa, dori vositasini qo‘llashdan oldin u bilan maslahatlashing. Preparat yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Alohida sharoit talab qilmaydi. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Hozirgi vaqtgacha noma’lum.

Retseptsiz

150 tabletkadan shisha flakonlarda, 1 flakondan karton qutida.

5 yil.