Donaretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

A eritma: har bir ampula (2 ml) quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 502,5 mg kristall glyukozamin sulfati (400 mg glyukozamin sulfati va 102,5 mg natriy xloridini saqlaydi); yordamchi moddalar: 10,0 mg lidokain gidroxloridi, inyektsiya uchun suv 2 ml gacha. B eritma: 1 ml hajmli ampula quyidagilarni saqlaydi: yordamchi moddalar: 24,0 mg dietanolamin, 1 ml gacha inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

glyukozamin

Preparatning savdo nomi:

Dona

Farmakalogik guruhi:

to‘qimalar trofikasi va regeneratsiyasini stimulyatori.

Dori shakli:

mushak ichiga yuborish uchun eritma

A eritma –muallaq xolatda zarrachalar saqlamagan, tiniq rangsiz yoki tiniq och-jigarrang rangli suyuqlik; B eritma – muallaq xolatda zarrachalar saqlamagan tiniq, rangsiz suyuqlik; A eritma plyus B eritma – muallaq xolatda zarrachalar saqlamagan tiniq, och-sariq rangli eritma.

to‘qimalar trofikasi va regeneratsiyasini stimulyatori.

M01AX05.

Hayvonlarda va odamlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar, 14S-nishonlangan glyukozamin peroral qabul qilingandan so‘ng, preparat tez va deyarli to‘liq tizimli darajada so‘rilishini ko‘rsatdi. Odamda radiofaol dozaning taxminan 90% so‘riladi. Kalamushlarda glyukozamin sulfati peroral qabul qilinganidan so‘ng glyukozaminning mutloq biokiraolishligi jigarda tizimli metabolizmga uchrashi tufayli 26% ni tashkil etgan. Odamda preparatning mutloq biokiraolishligi noma’lum, ammo allometrik hisoblar kalamushlarda aniqlangan ko‘rsatichlarga o‘xshash deb taxmin qilish imkonini beradi, ya’ni 20% dan 30% gacha qiymatni tashkil etadi. Sog‘lom ko‘ngillilarda glyukozamin sulfat sutkada 1500 mg dozada ko‘p marta peroral qabul qilingandan so‘ng qon plazmasida moddaning maksimal muvozanatli kontsentratsiyasi (Cmax, ss) 1602±425 ng/ml (8,9 mkm) ni tashkil etgan. Ushbu kontsentratsiyalarga qo‘llangandan so‘ng (tmax) 1,5-4 soatdan (mediana: 3 soat) keyin erishilgan. Muvozanatli holatda plazmada preparatning kontsentratsiyasini vaqtga bog‘liq egri chizig‘i ostidagi maydon AUC 14564±4138 ng.soat/ml ni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkichlar preparatni och qoringa qabul qilinganida olingan, va ovqatlanish preparatni so‘rilishiga ahamiyatli darajada ta’sir qilishi noma’lum. Peroral so‘rilganidan so‘ng glyukozamin ekstravaskulyar bo‘shliqqa (shu jumladan, sinovial suyuqlikka: davomiga qarang) ahamiyatli darajada taqsimlanadi; sezilarli taqsimlanish hajmi odam organizmidagi umumiy suv hajmidan 37 marta yuqori bo‘ladi. Oqsillar bilan bog‘lanish darajasi noma’lum. Glyukozaminning metabolizmi o‘rganilmagan, chunki preparat odam organizmida mavjud bo‘lgan tabiiy modda bo‘lib, bo‘g‘im tog‘ayining ba’zi komponentlarini biosintezi uchun ishlatiladi. Odamda glyukozaminni plazmadan yarim chiqarilish davri faqat plazmadagi glyukozaminning darajasi bo‘yicha baholangan, preparat peroral qabul qilingandan so‘ng 48 soat davomida o‘lchash mumkin bo‘lgan darajada qolgan. Hisoblangan kattalik taxminan 15 soatni tashkil etgan. Odamda 14S-nishonlangan glyukozamin peroral qabul qilingandan so‘ng qabul qilingan dozaning 10±9% siydik bilan, axlat bilan – 11,3±0,1% chiqarilgan. Odamda preparat peroral qabul qilingandan so‘ng o‘zgarmagan glyukozaminni siydik bilan o‘rtacha chiqarilish kattaligi past bo‘lgan (qabul qilingan dozaning taxminan 1%). Bunday natijalar glyukozamin va/yoki uning metabolitlari va/yoki parchalanish mahsulotlarini chiqarilishida buyraklar ahamiyatli rol o‘ynashidan dalolat beradi. Glyukozaminning farmakokinetikasi 750 mg dan 1500 mg gacha bo‘lgan dozalarda sutkada bir marta ko‘p vaqt qabul qilingandan so‘ng to‘g‘ri proportsionaldir, ayni vaqtda 3000 mg dozada qabul qilinganidan so‘ng qon plazmasida glyukozaminnning darajasi dozani oshishiga bog‘liq bo‘lsa ham, kutilgandan past bo‘lgan. Muvozanatli holatda glyukozaminning farmakokinetikasi vaqtga bog‘liq bo‘lmagan, preparat bir marta qabul qilingandan so‘ng kuzatilgan farmakokinetikasiga nisbatan preparatning biokiraolishligini pasayishidan yoki to‘planishidan dalolat bermagan. Glyukozaminning farmakokinetikasi erkaklar va ayollarda bir xil bo‘lgan va sog‘lom ko‘ngillilarda va tizza bo‘g‘imini osteoartriti bo‘lgan patsiyentlarda farqlanmagan. Tizza bo‘g‘imini osteoartriti bo‘lgan patsiyentlarda 1500 mg oxirgi takroriy dozasi sutkada 1 marta qo‘llanganidan so‘ng 3 soatdan keyin plazmadagi o‘rtacha kontsentratsiyasi, sog‘lom ko‘ngillilarda kuzatilgani kabi, 7,2 mkm ni tashkil etgan, ayni vaqtda sinovial suyuqlikdagi o‘rtacha kontsentratsiyasi faqatgina 25% ga past bo‘lgan va 10 mkm atrofida bo‘lgan. Buyrak yoki jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda glyukozaminning farmakokinetikasi o‘rganilmagan, chunki dori vositasini xavfsizligini e’tiborga olib va glyukozaminni organizmdan chiqarilishida buyraklarning roli cheklanganligi tufayli, bunday patsiyentlarga dozani kamaytirish talab etilmaydi. Preparat 1500 mg dozada sutkada 1 marta takroran qo‘llanganidan so‘ng plazmada va sinovial suyuqlikda glyukozaminning muvozanatli kontsentratsiyasi taxminan 10 mkm ni tashkil etadi va shuning uchun farmakologik faollik in vitro sharoitlarda o‘tkazilgan eksperimental modellarda kuzatilgan kontsentratsiyalar bilan moslashtiriladi, bu dori vositasining ta’sir mexanizmi va klinik samarasini tasdiqlaydi.

Osteoartritning simptomlari, ya’ni og‘riqlar va funktsional cheklanishlarni davolash uchun qo‘llanadi.

Mushak ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan! Preparat vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallanmagan. Katta va keksa yoshdagi patsiyentlar. Preparatni qo‘llashdan oldin B eritma (1 ml erituvchi) A eritma (2 ml preparat eritmasi) bilan aralashtirish kerak. Tayyor bo‘lgan eritma 3 ml yoki 6 ml dan (A + B eritma) haftada 3 marta 4-6 hafta davomida yuboriladi. A ampuladagi eritmani sariq rangga bo‘yalishi preparatning samaradorligi va o‘zlashtirilishiga ta’sir qilmaydi. Preparatning inyektsion shaklini preparatning eritma tayyorlash uchun kukun shaklini qabul qilish bilan almashtirish mumkin. Glyukozamin o‘tkir og‘riq sindromini davolash uchun ko‘rsatilmagan. Simptomlarni yengillashishi (ayniqsa, og‘riq hislarini kamayishi) faqat bir necha hafta davomida davolangandan so‘ng, ba’zi hollarda esa undan ham ko‘proq vaqt davomida davolangandan so‘ng kuzatilishi mumkin. Buyrak va/yoki jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga preparatning dozasiga tuzatish kiritish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etilmagan, chunki muvofiq tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Dori vositasiga nisbatan nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanish tez-tezligini baholash mezonlari: juda tez-tez – ≥ 1/10; tez-tez – ≥ 1/100 dan £ 1/10 gacha; tez-tez emas – ≥ 1/1000 dan £ 1/100 gacha; kam hollarda – ≥ 1/10000 dan £ 1/1000 gacha; juda kam hollarda £ 1/10000; uchrash tez-tezligi ma’lum emas – mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida tez-tezligini baholash mumkin emas. ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – qorinda og‘riq, meteorizm, dispepsiya, diareya, qabziyat, ko‘ngil aynishi; nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, toliqish, uchrash tez-tezligi noma’lum – bosh aylanishi; immun tizimi tomonidan: uchrash tez-tezligi noma’lum – allergik reaktsiyalar; ko‘rish a’zolari tomonidan: uchrash tez-tezligi noma’lum – ko‘rishni buzilishi; teri va uning tuzilmalari tomonidan: tez-tez emas – eritema, qichishish, toshma; uchrash tez-tezligi noma’lum – sochlarni to‘kilishi; mahalliy reaktsiyalar: uchrash tez-tezligi noma’lum – yuborish joyida reaktsiyalar. Preparatning inyektsion shakli tarkibida lidokain saqlanadi. Ayrim hollarda ushbu komponent uchun xarakterli bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalar bo‘lishi mumkin: ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, juda kam hollarda – qusish bo‘lishi mumkin. Agar ushbu noxush samaralardan biri yomonlashsa yoki ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa noxush samara kuzatilsa, bu xaqida shifokorga xabar bering.

Ta’sir etuvchi moddaga yoki yordamchi moddalaridan birortasiga shaxsiy yuqori sezuvchanlik, qon ketishlarga moyillik bo‘lsa qo‘llash mumkin emas. Dona® preparatini mollyuskalarga allergiyasi bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas, chunki ta’sir etuvchi modda mollyuskalarning sovutidan (pantsir) olinadi, bunday patsiyentlar glyukozaminga allergik reaktsiyalarni, kasallikning simptomlarini zo‘rayishi bilan kechuvchi rivojlanishiga yanada moyil bo‘lishlari mumkin. Preparatning inyektsion shaklini tarkibiga quyidagi qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar: aritmiya, o‘tkir yurak yetishmovchiligi, shuningdek lidokainga yuqori sezuvchanlikka ega bo‘lgan yordamchi modda lidokain kiradi.

Preparatning tarkibidagi aralashmani boshqa inyektsion dori vositalari bilan birga qo‘llashdan saqlanish kerak. Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri yuzasidan maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Biroq glyukozaminning fizika-kimyoviy va farmakokinetik hususiyatlari inobatga olib, bunday o‘zaro ta’sirlarning potentsiali past deb taxmin qilish mumkin. Bundan tashqari glyukozamin sulfati odamdagi CYP450 asosiy fermentlarning hech birini faolligini susaytirmaydi ham, oshirmaydi ham. Aslida, preparat so‘rilish mexanizmlari uchun raqobatlashmaydi va so‘rilgandan so‘ng plazma oqsillari bilan bog‘lanmaydi, proteoglikanlarga endogen birikma sifatidagi kirishish yo‘li bilan metabolizmga uchraydilar yoki tsitoxrom fermentlar tizimini ishtirokisiz parchalanadilar, oqibatda boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’sir qilish ehtimoli kam. Biroq glyukozamin sulfat bilan bir vaqtda davolangan patsiyentlarda kumarin antikoagulyantlarning samarasini kuchayishi yuzasidan xabar berilgan. Shuning uchun bunday patsiyentlar uchun, koagulyatsiya ko‘rsatkichlarini yaxshilab nazorat qilish maqsadga muvofiqdir. Preparat nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar va glyukokortikosteroidlar bilan mutanosibdir.

Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanishi 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas, chunki bunday patsiyentlar uchun preparatning havfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Keksa odamlarda qo‘llanishi Hech qanday aniq farmakokinetik tadqiqotlar o‘tkazilmagan, ammo klinik tajribaga muvofiq keksa yoshdagi shaxslarni davolashda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Buyrak va (yoki) jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar Jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar orasida hech qanday maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Dori vositasining toksikologik va farmakokinetik hususiyatlari ko‘rsatilgan patsiyentlar uchun cheklanishlarni talab etmaydi. Biroq og‘ir darajadagi buyrak yoki jigar yetishmovchiligi patsiyentlarda preparatni shifokorning nazorati ostida qo‘llash kerak.

Homiladorlik yoki emizish vaqtida preparatni qo‘llashga nisbatan ma’lumotlar yo‘q, shuning uchun ushbu patsiyentlar toifasida preparatni qo‘llash mumkin emas.

25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilish hollari ma’lum emas. Doza oshirib yuborilgan hollarda nojo‘ya suv-elektrolitlar muvozanatini tiklashga yo‘naltirilgan simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.

Retsept bo‘yicha beriladi

Mushak ichiga yuborish uchun eritma 200 mg/ml. Jigarrang rangli tiniq 6 ampula (tarkibida ta’sir etuvchi moddani saqlagan A ampula) va tiniq rangsiz 6 ampula (ichida erituvchi bo‘lgan B ampula) PVX-konteynerda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.