Doktor Mom yo‘talga rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 pastilka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: quyidagilardan ajratib olingan quruq ekstraktlar: 15,0 mg………….qizilmiya ildizlari (glycyrrhiza glabra) 10,0 mg………….dorivor imbir izdizpoyalari (zengiber officinale) 10,0 mg………….dorivor emblika mevalari (embelica officinale) 5,0 mg……………levomentol yordamchi moddalar: – apelsinli pastilkalar uchun: 1618,0 mg saxaroza, 1037,0 mg suyuq dekstroza,                   1,5 mg glitserol, 20,0 mg limon kislotasi monogidrati, 5,0 mg metilparagidroksibenzoat, 0,5 mg propilparagidroksibenzoat, 4,07 mg apelsin aromatizatori, 0,012 mg yalpiz aromatizatori (yalpiz essentsiyasi), 0,125 mg quyosh shafag‘i sarig‘i bo‘yovchisi; – limonli pastilkalar uchun: 1618,0 mg saxaroza, 1037,0 mg suyuq dekstroza,                        1,5 mg glitserol, 25,0 mg limon kislotasi monogidrati, 5,0 mg metilparagidroksibenzoat, 0,5 mg propilparagidroksibenzoat, 3,75 mg limon moyi, 0,012 mg yalpiz aromatizatori (yalpiz essentsiyasi), 0,1mg xinolin sarig‘i bo‘yovchisi; – malinali pastilkalar uchun: 1618,0 mg saxaroza, 1037,0 mg suyuq dekstroza,                      1,5 mg glitserol, 5,0 mg metilparagidroksibenzoat, 0,5 mg propilparagidroksibenzoat, 6,25 mg malina aromatizatori, 0,1mg azorubin bo‘yovchisi; – qulupnayli pastilkalar uchun: 1618,0 mg saxaroza, 1037,0 mg suyuq dekstroza,                   1,5 mg glitserol, 18,0 mg limon kislotasi monogidrati, 5,0 mg metilparagidroksibenzoat, 0,5 mg propilparagidroksibenzoat, 7,5 mg qulupnay aromatizatori, 1,25 mg puntsoviy (Ponso 4R) bo‘yovchisi; – ananasli pastilkalar uchun: 1618,0 mg saxaroza, 1037,0 mg suyuq dekstroza, 1,5 mg glitserol, 2,0 mg limon kislotasi monogidrati, 5,0 mg metilparagidroksibenzoat, 0,5 mg propilparagidroksibenzoat, 0,1 mg yalpiz aromatizatori (yalpiz essentsiyasi), 6,25 mg ananas aromatizatori, 0,0625 mg BQ Supra bo‘yovchisi (brilliant ko‘ki va xinolin sarig‘i bo‘yovchilarining aralashmasi).

Preparatning savdo nomi:

Doktor Mom yo‘talga

Farmakalogik guruhi:

o‘simliklardan olinadigan balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

Dori shakli:

pastilkalar (apelsinli, limonli, malinali, qulupnayli, ananasli).

– apelsinli pastilkalar: dumaloq, ikki tomonlama qavariq to‘q sariq rangli pastilkalar. Pastilkalarda havo pufakchalarini bo‘lishiga va chetlarini notekisligiga yo‘l qo‘yiladi; – limonli pastilkalar: dumaloq ikki tomonlama qavariq ko‘kimtir-sariqdan sariq rangligacha bo‘lgan pastilkalar. Pastilkalarda havo pufakchalarini bo‘lishiga va chetlarini notekisligiga yo‘l qo‘yiladi; – malinali pastilkalar: dumaloq ikki tomonlama qavariq qizildan to‘q-qizil rangligacha bo‘lgan pastilkalar. Pastilkalarda havo pufakchalarini bo‘lishiga va chetlarini notekisligiga yo‘l qo‘yiladi; – qulupnayli pastilkalar: dumaloq ikki tomonlama qavariq qizildan olcha-qizil rangligacha bo‘lgan pastilkalar. Pastilkalarda havo pufakchalarini bo‘lishiga va chetlarini notekisligiga yo‘l qo‘yiladi; – ananasli pastilkalar: dumaloq ikki tomonlama qavariq yashil rangli tabletkalar. Pastilkalarda xavo pufakchalarini bo‘lishiga va chetlarini notekisligiga yo‘l qo‘yiladi.

o‘simliklardan olinadigan balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

R05CA10

“Quruq” yo‘tal bilan birga kechuvchi nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklarini (faringit, laringit, shu jumladan “ma’ruzachi” laringiti, traxeit, bronxit) simptomatik davolashda qo‘llanadi.

Kattalarga: og‘iz bo‘shlig‘ida 1 pastilkadan har 2 soatda sekin shimiladi. Maksimal sutkalik doza – 10 pastilka. Davolash kursi – 2-3 hafta.

Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, bolalarda (18 yoshgacha) (klinik ma’lumotlarning yo‘qligi tufayli) qo‘llash mumkin emas.

Yo‘talga qarshi preparatlar bilan, shuningdek balg‘amni hosil bo‘lishini kamaytiruvchi dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki bu suyulgan balg‘amni ajralib chiqishini qiyinlashtiradi.

Preparat qand saqlaydi, buni qandli diabeti bo‘lgan bemorlar, shuningdek past kaloriyali parhezda bo‘lgan shaxslar hisobga olishlari kerak. Agar dori vositasi yaroqsiz holga kelgan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa – uni oqava suvlarga yoki ko‘chaga tashlamang! Dori vositasini paketchaga joylang va ahlat konteyneriga soling. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi! Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash tavsiya qilinmaydi (klinik ma’lumotlarning yo‘qligi tufayli). Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishi haqida ma’lumotlar tushmagan.

Retseptsiz

Pastilkalar (apelsinli, limonli, malinali, qulupnayli, ananasli). – 4 pastilkadan alyumin stripda; 5 alyumin striplar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida; – 8 pastilkadan al/pvx blisterda; 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida; – 8 pastilkadan al/pvx blisterda; 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida; – 8 pastilkadan al/pvx blisterda; 2 blister ko‘pqavatli laminirlangan paketda. 1 paket qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida; – 8 pastilkadan al/pvx blisterda; 3 blister ko‘pqavatli laminirlangan paketda. 1 paket qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

5 yil.