Doktor Mom rasmini ko'rish

Tarkibi:

Xar bir 100 ml sirop kuruk ekstraktlar quyidagilarni saqlaydi: Muqaddas rayxon barglari, ildizi, urug‘i……………………………1000 mg Qizilmiya ildizi…………………………………………………..…… 600 mg Kukuma ildizpoyasi…………………………………………………….. 500 mg Dorivor imbir ildizpoyasi………………………………………….. 100 mg Adatxoda vasika barglari, ildizlari, gullari, po‘sti……………… 600 mg Hind ituzumining ildizlari, mevalari, urug‘i………………………200 mg Xochsimon qora andiz ildizi………………………………………….. 200 mg Kukebi qalampir mevalari……………………………………………. 100 mg Beberika terminaliyasi mevalari…………………………………….. 200 mg Barbados aloe barglari, sharbati, yumshoq joyi…………………….. 500 mg Levomentol………………………………………………………………60 mg yordamchi moddalar: saxaroza, glitserol, limon kislotasi monogidrati, natriy benzoati, natriy metilgidroksibenzoati, natriy propilgidroksibenzoati, sorbin kislotasi, buyovchi BQ Supra (xinolon sarig‘i va brilliant xavorangi bo‘yovchilarining aralshmasi), ananas xushbo‘yi, tozalanagan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

muqaddas rayxon barglari, ildizi, urug‘i; Qizilmiya ildizi; Kukuma ildizpoyasi; Dorivor imbir ildizpoyasi; Adatxoda vasika barglari, ildizlari, gullari, po‘sti; Hind ituzumining ildizlari, mevalari, urug‘i; Xochsimon qora andiz ildizi; Kukebi qalampir mevalari; Beberika terminaliyasi mevalari; Barbados aloe barglari, sharbati, yumshoq joyi; Levomentol.

Preparatning savdo nomi:

Doktor Mom®

Farmakalogik guruhi:

o‘simliklardan olinadigan balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

Dori shakli:

sirop

to‘q yashil rangli ananas hidli sirop.

o‘simliklardan olinadigan balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

R05CA10

Quruq yo‘tal yoki balg‘amni qiyin ajraluvchi yo‘tal bilan birga kechuvchi nafas yo‘llarning o‘tkir va surunkali kasallikarini (faringit, laringit, shu jumladan, “ma’ruzachi”, traxeit, bronxit) simptomatik davolashda qo‘llaniladi.

Bolalarga: 3 yoshdan 5 yoshgacha – ½ choy qoshiqdan (2,5 ml) kuniga 3 marta. 6 yoshdan 14 yoshgacha – ½ – 1 choy qoshiqdan (2,5- 5,0 ml) kuniga 3 marta. Kattalarga va 14 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 choy qoshiqdan (5,0- 10,0 ml) kuniga 3 marta. Davolash kursi – 2-3 hafta. Davolash kursining davomiyligini oshirish va takroriy davolash kurslarini o‘tkazish shifokor tavsiyasi bo‘yicha davom ettirish mumkin.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Suyultirilgan balg‘amni ajralib chiqishini buzilishi mumkinligi tufayli, yo‘talga qarshi preparatlar bilan vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Agar kasallik simptomlari saqlanib tursa va bemor xolatini yomonlashishi kuzatilsa, preparatni qabul qilishni to‘xtatiladi va shifokorga murojaat etiladi. Preparat saxaroza saqlaydi, shuning uchun qandli diabeti bo‘lgan, shuningdek gipokaloriyali parxezda bo‘lgan bemorlar buni inobatga olishlari kerak. Kattalarga va 14 yoshdan oshganlarga (5,0-10,0 ml) bir marotabalik doza 3,75-7,50 g saxaroza saqlaydi, 0,31-0,62 NB (non birligiga) mos keladi. Bola preparatni bilmasdan yoki atayin yutib yuborilsa, darxol tibbiy yordam ko‘rsatish uchun murojaat qilish zarur. Agar dori vositasi yaroqsiz xolga kelgan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa – uni oqava suvlarga yoki ko‘chaga tashlamang! Dori vositasini paketchaga joylang va axlat konteyneriga soling. Bu choralar atrof muxitni ximoya qilishga yordam beradi! Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Homilador va emizikli ayollarda preparatni qo‘llashning tajribasi yo‘kqigi tufayli, bu guruhga preparatni buyurish tavsiya qilinmaydi.

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retseptsiz

O‘simliklardan olingan sirop; yashil rangli polietilentereftalat 100 ml flakonlarda, alyumin yoki ilk ochish uchun tekshiruv plastik qopqoq bilan qadoqlangan. Bir flakon polipropilenli o‘lchov stakani (15 ml) bilan komplektda va qo‘llash uchun yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2,5 yil.