Doktor don plyusretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

10 ml ekstrakt quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: Preparat tarkibidagi faol moddalar asosan dorivor o‘simliklarning ekstraktlaridan iborat va sintetik kimyoviy moddalarni saqlamaydi. 170 mg tomirli adxatoda, 75 mg qizilmiya ildizi, 23 mg uzun qalampir, 6 mg hushbo‘y binafsha, 11 mg dorivor issop, 16 mg alpiniya galanga, 24 mg keng bargli kordiya, 22 mg dorivor gulxayri, 22 mg haqiqiy Zizifus (Unabi ko‘krak o‘ti), 35 mg dorivor Emblika. yordamchi moddalar: saxaroza, suvsiz limon kislotasi, glitserin, metilparaben, propilparaben, propilenglikol, qalampir yalpiz moyi, ionsizlantirilgan suv.

Preparatning savdo nomi:

Doktor don plyus

Farmakalogik guruhi:

o‘simliklardan olinadigan balg‘am ko‘chiruvchi, yo‘talga qarshi, dimlanishga qarshi va yallig‘lanishga qarshi vosita.

Dori shakli:

o‘simliklardan olinadigan sirop

Doktor don plyus har bir ingrediyentni tekshirish natijasida yaratilgan bo‘lib, ular turli etiologiyali mahsulotli yo‘talda davolovchi ta’sir ko‘rsatadi. Sirop doktor don plyus – bu sinchiklab tanlab olingan o‘simliklardan tashkil topgan optimal muvozanatlangan va samarali preparat bo‘lib, ular qiyin ajraladigan balg‘imli yo‘talda keng qo‘llanadi. Doktor don plyus – bu turli etiologiyali qiyin ajraladigan balg‘amli yo‘talni, jumladan nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklaridagi yo‘tal, shu jumladan o‘tkir respirator virusli kasalliklarda, pnevmoniyada, bronxitda, sinusitda, SORK (astma, surunkali bronxit, “chekuvchilar” yo‘tali), tuberkulyozda yo‘talni davolash uchun preparatdir. Doktor don plyus shirin va yoqimli ta’mga ega va barcha yosh guruhlarida keng ishlatiladi.

o‘simliklardan olinadigan balg‘am ko‘chiruvchi, yo‘talga qarshi, dimlanishga qarshi va yallig‘lanishga qarshi vosita.

yo‘tal va shamollashquyidagi kasalliklarda ko‘krak qafasidagi dimlanish va qiyin ajraladaigan balg‘amli yo‘talni bartaraf qilish uchun qo‘llanadi:nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali infektsiyalari: faringit, sinusit, trexeit, angina, o‘tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, astma, tuberkulez va o‘tkir respirator virusli infektsiyalardagi yo‘tal.tomoqni ta’sirlovchi quruq yo‘tal, “chekuvchilar” yo‘talida qo‘llaniladi.

Kattalar: 2 choy qoshiq (10 ml) dan kuniga 3-4 marta buyuriladi. Bolalar: 1 choy qoshiq (5 ml) dan kuniga 3-4 marta buyuriladi, 6 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar: ½ choy qoshiq (2,5 ml) dan kuniga 3-4 marta shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha buyuriladi.

Aniqlanmagan, biroq preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

Boshqa yo‘talga qarshi preparatlar, hamda balg‘amni chiqarilishini kamaytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Sirop saxaroza saqlaydi, buni qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda va gipokaloriyali parhezda hisobga olish kerak. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam.

3 yil.