Dokstsefretsept bilan

Tarkibi:

Bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 100 mg yoki 200 mg tsefpodoksimga ekvivalent bo‘lgan tsefpodoksim proksetili AQSH F.; yordamchi moddalar: kaltsiy karmallozi, laktoza monogidrati, gidroksipropiltsellyuloza, natriy laurilsulfati, magniy stearati, oq opadray 03A28718#, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tsefpodoksim proksetil

Preparatning savdo nomi:

Dokstsef

Farmakalogik guruhi:

antibiotik (tsefalosporinlar guruhi).

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun tabletkalar; suspenziya.

antibiotik (tsefalosporinlar guruhi).

J01DA33

Tsefpodoksim davolash sohasida (100-400 mg) to‘g‘ri chiziqli farmakokinetikani namoyon qiladi. Ichga qabul qilinganidan so‘ng preparatning taxminan 50% tizimli so‘riladi. Ovqat qabul qilish 200 mg preparat qabul qilinganidan so‘ng AUC, och qoringa qabul qilgandagiga qaraganda 21-33% ga yuqori bo‘lgan. In vitro sharoitda tsefpodoksim minimal metabolizmni namoyon qilgan. Tsefpodoksimning protein bilan bog‘lanish hajmi zardobda 22-33% va plazmada 21-29% ni tashkil qiladi. Plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasi (Smax) 200 mg bir martalik dozani qabul qilinganidan 2-3 soatdan keyin 2,1-3 mg/l ni tashkil qiladi. Keksa va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda Smax 4 mg/l ni tashkil qiladi. Tsefpodoksim organizmda, shu jumladan teri qoplamlari, bodomsimon bezlar va o‘pkalarda yaxshi taqsimlanadi. Jigar tsirrozi bo‘lgan patsiyentlarda so‘rilishi pasayadi, chiqarilishi esa o‘zgarmaydi. O‘rtacha va og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligida preparatning chiqarilishini pasayishi kuzatiladi. Tsefpodoksim asosan siydik bilan chiqariladi. Siydik bilan chiqarilish davrini uzayishi preparatning dozasiga bog‘liq. Buyrak yetishmovchiligining (kreatinin klirensi <50 ml/min) o‘rtacha va og‘ir darajasida tsefpodoksimni chiqarilishi pasaygan. Agar keksa patsiyentlarda buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lmasa, ularda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Sezgir mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infektsiyalarda qo‘llanadi: quyi nafas yo‘llarining infektsiyalari – pnevmoniya, surunkali bronxitni zo‘rayishi;jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar: o‘tkir asoratlanmagan uretral yoki tsevrikal gonoreya, ayollardagi o‘tkir asoratlanmagan ano-rektal infektsiyalar;teri va uning tuzilmalarining infektsiyalari: teri va teri tuzilmalarining asoratlanmagan infektsiyalari;yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari: o‘tkir otitlar, faringitlar va/yoki tonzillitlar;siydik yo‘llarining infektsiyalari: siydik yo‘llarining asoratlanmagan infektsiyalari (tsistitlar).

Tsefpodoksim yoki tsefalosporin qatori antibiotiklariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Aminoglikozidlarni ko‘pchilik grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan o‘zaro samarasini kuchaytiradi. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar va boshqa trombotsitlar agregatsiyasini ingibitori qon ketishini ehtimolini oshiradi, halqali diuretiklar va nefrotoksik preparatlar buyrak faoliyatini buzilishini rivojlanish xavfini oshiradi. Probenitsid bilan o‘zaro ta’sir qilmaydi. Mikroblarga qarshi vositalar bilan farmatsevtik nomutanosib.

Homiladorlikda va emizish davrida, buyrak yetishmovchiligida qo‘llanganida alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri: ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saklansin va yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin ishlatilmasin.

Tabletkalar: +25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda. Quruq kukun: Zich yopilgan konteynerda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Tayyorlangan suspenziya: Sovutgichda +2+8ºS haroratda, ko‘pi bilan 14 kun davomida.

Retsept bo‘yicha

Dokstsef 100/200: 10 tabletka o‘ramda. Dokstsef 50/100: 50 mg 75 ml li flakonda, bir flakon o‘lchov qopqoqchasi va dozalovchi plastik shprits va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida; 100 mg flakonda, bir flakon o‘lchov qopqoqchasi va dozalovchi plastik shprits va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida;

Dokstsef 100: 36 oy. Dokstsef 200: 24 oy. Dokstsef 50: flakon 75 ml: 24 oy. Dokstsef 100: flakon 150 ml: 24 oy.