Doksorubitsin bilan bog‘liq bo‘lgan kardiotoksiklik, boshqa antratsiklinlarni yoki boshqa potentsial kardiotoksik dori vositalarini (masalan, 5-ftoruratsil, tsiklofosfamid yoki paklitaksel) yoki yurak faoliyatiga ta’sir qiluvchi dori preparatlarini (masalan, kaltsiy kanallarining blokatorlari) ilgari olgan yoki xozirgi vaqtda yondosh davolashda olayotgan patsiyentlarda kuchayadi.
Agarda doksorubitsin yuqorida ko‘rsatilgan dori vositalari bilan birga qo‘llansa, yurak faoliyatini sinchiklab nazorat qilish kerak.
Trastuzumabni antratsiklinlar (masalan, doksorubitsin) bilan majmuada ishlatish, kardiotoksiklikning yuqori xavfi bilan bog‘liq.
Trastuzumab bilan davolash to‘xtatilganidan keyin shifokorlar iloji boricha 24 xafta davomida antratsiklinlar asosidagi davolashni ishlatishdan saqlanishlari kerak.
Antratsiklinlar qo‘llanganida patsiyentning yurak faoliyati sinchiklab nazorat qilinishi kerak.
Antratsiklinlar va trastuzumabni bir vaqtda ishlatish, yurak faoliyatini nazorati bilan qat’iy tahlillanuvchi klinik tekshirishlar bilan cheklangan bo‘lishi kerak.
Ilgari antratsiklinlarni olgan patsiyentlar uchun, trastuzumab bilan davolash kardiotoksiklik xavfini tug‘diradi, lekin bu xavf, trastuzumab va antratsiklinlar bir vaqtda qo‘llangandagiga qaraganda past.
Suyak ko‘migining faoliyatiga ta’sir qiluvchi dorilar (masalan, tsitostatiklar, sulfanilamidlar, xloramfenikol, fenitoin, amidopirin homilalari, antiretrovirusli preparatlar) bilan oldingi davolash, jiddiy gemopoetik buzilishlarga olib kelishi mumkin.
Zarurati bo‘lganda doksorubiinning dozasi o‘zgartirilishi kerak.
Doksorubitsin bilan davolashning toksik samaralari boshqa tsitostatiklar (masalan, tsitarabin, tsisplatin, tsiklofosfamid) bilan majmuaviy davolashda kuchayishi mumkin.
Doksorubitsinni amfoteritsin bilan qo‘shib yuborishdan saqlanish kerak, chunki bu yaqqol neyrotoksiklikka olib kelishi mumkin.
Doksorubitsin va ritonavir qo‘shib yuborilganida zardobda doksorubitsinning darajasini oshishi aniqlangan.
Doksorubitsinning gepatotoksikligi boshqa gepatotoksik vositalar (masalan,6-merkaptopurin) bilan qo‘llanganda kuchayishi mumkin.
Barbituratlar doksorubitsinning plazma klirensining tezlashishini chaqirish qobiliyatiga ega.
Siydik kislotasining chiqarilishini pasaytiruvchi dori vositalarini (masalan, sulfonamidlar va ayrim diuretiklar) bir vaqtda qo‘llash, giperurikemiyaga olib kelishi mumkin.
Tsiklosporin bilan qo‘shilganda, doksorubitsin gidroxloridining dozasini to‘g‘irlash talab etilishi mumkin.
Tsiklosporin bilan birga qo‘llanganida doksorubitsinning klirensi deyarli 50% ga pasayadi.
Doksorubitsinning AUC 55% ga, doksorubitsinolning AUC esa 350% ga oshadi.
Ushbu majmua uchun dozani 40% ga pasaytirish tavsiya etiladi.
Verapamilga o‘xshab, tsiklosporin CYP3A4 va R-glikoproteinni ingibitsiya qiladi; shu bilan o‘zaro ta’sirni va u bilan bog‘liq bo‘lgan noxush samaralarni tushuntirish mumkin.
Tsitoxrom R-450 ingibitorlari (masalan, tsimetidin) ham mumkin, extimol, tsiklosporin ta’sir qilishi taxmin qilingan mexanizmlarga o‘xshashlar orqali doksorubitsinning plazma klirensini pasaytiradi va AUC ni oshiradi; shuning uchun tsitoxrom R-450ingibitorlari noxush samaralarini kuchaytirish qobiliyatiga ega.
Va aksincha, R-450 tsitoxrom induktorlari (masalan, fenobarbital va rifampitsin) doksorubitsinning plazmadagi darajalarini oshiradi va, demak, uning samaradorligini kamaytirishi mumkin.
Doksorubitsin ahamiyatli darajada nurlantirishga sezuvchanlikni oshiradi (“radiosensibilizatsiya qiluvchi modda”) va ilgari nurlantirilgan soxada xayot uchun xavf tug‘diruvchi maxalliy yallig‘lanish reaktsiyalarni chaqirish qobiliyatiga ega.
Radioterapiyaning xar bir oldingi, yondosh yoki keyingi xoli, doksorubitsinning kardiotoksikligi yoki gepatotoksikligini oshirishi mumkin.
Bu shuningdek kardiotoksik yoki gepatotoksik dori vositalarini qo‘llash bilan yondosh davolashga xam bog‘liq.
Agarda doksorubitsin bilan davolashdan keyin tsiklofosfamidni yuborish kerak bo‘lsa, bu na faqat kardiotoksiklikni oshirishi, balki gemorragik tsistitni yomonlashtirishi ham mumkin.
Agarda paklitaksel doksorubitsindan oldin yuborilsa, bu doksorubitsinning va/yoki uning metabolitlarining plazmadagi kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Agarda antratsiklin paklitakselgacha yuborilsa, bu samara cheklanganroq xarakterga ega ekanligiga dalolat beruvchi ma’lumotlar bor.
Doksorubitsin bilan davolash, qon zardobida siydik kislotasining darajasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Shuning munosabati bilan siydik kislotasining darajasini pasaytiruvchi dori vositalari bilan dozani to‘g‘irlash talab qilinishi mumkin.
Doksorubitsin shuningdek digoksinning peroral biokiraolishini kamaytirish qobiliyatiga ega.
Doksorubitsin gidroxloridi bilan bir vaqtda qo‘llangandan keyin tutqanoqqa qarshi dori vositalarining (karbamazepin, fenitoin, valproat kabi) so‘rilishi pasayadi.
Doksorubitsin gidroxloridi bilan davolanish vaqtida patsiyentlarga faol vaktsinalarni qo‘llash bilan vaktsinatsiya qilinishiga ruxsat berilmaydi, ular shuningdek poliomiyelitga qarshi yaqinda vaktsinatsiyalangan shaxslar bilan muloqatdan saqlanishlari kerak.
Doksorubitsin geparin va 5-ftoruratsil bilan bog‘lanadi.
Shuning uchun ikkala moddalarning pretsipitatsiyasi va samaradorligini yo‘qolishi mumkin.